Texnik ekinlar.
Paxta, zig‘ir (uzun tolali), zig‘ir (kalta tolali), qandlavlagi, kungaboqar,
soya, tamaki. Turlar bo‘yicha texnik ekinlar -kanop, jut. Efir-moy va boshqa texnik ekinlar.
Texnik ekinlar urug‘liklari (har bir ekin bo‘yicha alohida).
Kartoshka, ochiq yerga ekiladigan sabzavotlar va poliz ekinlari.
Kartoshka, karam,
bodring, pomidor, osh lavlagi, piyoz, sarimsoq. Ochiq yerga ekiladigan boshqa sabzavot ekinlari
(petrushka, sholg‘om, turp, salat, shpinat, ukrop va boshqalar). Xo‘raki poliz ekinlari. Sabzavot
ekinlari urug‘liklari (har bir ekin bo‘yicha). Poliz ekinlari urug‘liklari. Sabzavotchilik yordamchi
tarmoq bo‘lgan ixtisoslashmagan xo‘jaliklarda xarajatlar ochiq yerda ekiladigan barcha
sabzavotlar bo‘yicha yalpisiga yuritiladi.
Yopiq yerga ekiladigan sabzavotchilik.
Qishki issiqxonalar (ko‘k piyoz, bodring, pomidor,
salat, rediska va boshqalar). Bahorgi issiqxonalar (ko‘k piyoz, bodring, pomidor, salat, seldyerey,
karam, pomidor ko‘chatlari va boshqalar). Himoyalangan boshqa yerlar (ko‘k piyoz, bodring,
pomidor, salat, seldyerey, karam, pomidor ko‘chatlari va boshqalar). Shampinon xonalar
(qo‘ziqorinlar, shampinon miseliylari).
Yem-xashak ekinlar, pichanzor va yaylovlar.
Xashaki ildizmevalar (xashaki lavlagi,
xashaki sholg‘om, sabzi va boshqalar). Molga oziq uchun qand lavlagi. Xashaki ildizmevalilar
urug‘liklari. Xashaki poliz ekinlari. Silos uchun jo‘xori. Silos ekinlari (jo‘xoridan tashqari).
Ekilganbir yillik o‘tlar. Ko‘k oziq sifatida kuzgi don ekinlari. Ko‘k o‘g‘it ekinzorlari (lyupin va
boshqalar). Ekin o‘rib olingan yerga ozuqabop ekilgan ekinlar (xashaki lavlagi, xashaki sholg‘om
va boshqalar). Madaniy pichanzorlar. Tabiiy pichanzor va yaylovlar.
Meva, rezavor meva va boshqa ko‘p yillik daraxtlar.
Urug‘li ekinlar: olma, nok, behi,
do‘lana, na'matak va boshqa urug‘li, danakli ekinlar. Danakli ekinlar: olxo‘ri, olcha, gilos, o‘rik,
shaftoli va boshqalar. Rezavor mevali ekinlar: qulupnay, malina, smorodina, maymunjon va
boshqalar. Yong‘oq mevali ekinlar. Subtropik ko‘chatlar. Sitrus ekinlari. Tokzorlar. Gulchilik.
Mevazor ekinlar pitomniklari. Daraxt va buta navlari pitomnigi. Manzarali ekinlar pitomnigi.
Sabzavotchilik tarmog‘i yordamchi xaraktyerda bo‘lgan ixtisoslashmagan xo‘jaliklarda
xarajatlar hisobi ekinlar guruhi (po‘choq urug‘li, danakli urug‘lar, rezavorlar) bo‘yicha yoki yalpi
tarmoq - bog‘dorchilik bo‘yicha yuritiladi.
Keyingi yillarda qishloq xo‘jalik korxonalarida melioratsiya borasida katta ishlar
qilinmoqda. Buxgalteriya hisobida lalmi va sug‘oriladigan yerlardagi dehqonchilik bo‘yicha
xarajatlar qat'iy chegaralanadi. Shuning uchun yuqorida keltirilgan tasnif bo‘yicha birinchi guruh
hisob obektlarining barchasi to‘rt guruh: muntazam sug‘oriladigan yerlar, shartli sug‘oriladigan
yerlar, quritilgan yerlar, lalmi yerlar bo‘yicha chegaralanadi. Demak, xo‘jaliklarda ayni bir
ekinning o‘zi sug‘oriladigan va lalmi yerlarga ekilgan bo‘lsa, ular bo‘yicha xarajatlar hisobi turli
obektlar bo‘yicha chegaralanadi. Lalmi yerlardagi xarajatlar tarkibida sug‘orilgan yerlarda
mahsulot yetishtirish xarajatlari alohida ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: |