Mehnat vositalari sarfini hisobga olish hujjatlari dehqonchilik tarmog‘ida foydalanilgan
mehnat vositalari bo‘yicha xarajatlar, xususan hisoblangan amortizatsiya ajratmalari aks ettiriladi.
Bunga amortizatsiyani hisoblash va taqsimlash bo‘yicha turli hisob-kitoblar: yil boshidagi holatiga
ko‘ra asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalar hisob-kitobi kelib (52-shakl) tushgan va
chiqib ketgan asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari hisob-kitobi (60-shakl), bir oylik
amortizatsiya ajratmalarini hisoblash qaydnomasi (62-shakl), dehqonchilik tarmog‘idagi asosiy
vositalari bo‘yicha hisoblangan amortizatsiyasi taqsimlash qaydnomasi (63-shakl).
Bu guruh bilan asosiy vositalarni joriy ta'mirlash bo‘yicha hujjatlar uzviy boglangan.
Bularga mashinalarni ta'mirlash uchun defektlar qaydnomasi (130-shakl), joriy ta'mirlash
xarajatlarini taqsimlash qaydnomasi taalluqlidir.
Mahsulotlar chiqishini hisobga olish bo‘yicha hujjatlar: don, texnik ekinlar,
sabzavot,
meva, ozuqa kabi dehqonchilik tarmogi mahsulotlarini kirim qilish qayd etiladi. Bularga: don
ekinlari bo‘yicha – don va boshqa mahsulotlarni daladan jo‘natish qaydnomasi (77-shakl),
mahsulotni daladan olib chiqish yo‘llanmasi (77-a-shakl), donni talonli hisobga olish usulida
talonlar (77-b,77-v,77-g-shakl), don va boshqa mahsulotlarni qabul qilish reestri (78-shakl), donni
tarozibon tomonidan qabul qilish reestri (78-a-shakl), don va boshqa mahsulotlar harakati
qaydnomasi (80-shakl); kartoshka, sabzavot, meva, rezavor meva va boshqa ekinlar bo‘yicha -
qishloq xo‘jalik mahsulotining kelib tushish qaydnomasi (82-shakl),
yopiq yerga ekilgan
mahsulotning kelib tushish qaydnomasi (83-shakl), bog‘dorchilik mahsulotlarini kelib tushish
qaydnomasi (84-shakl); ozuqa ekinlari bo‘yicha – dag‘al va shirali ozuqalarni qabul qilish
dalolatnomasi (92-shakl), yaylov ozuqalarini kirim qilish dalolatnomasi (93 va 93-a-shakllari)
kiradi. Dehqonchilik tarmog‘ida xarajatlarni hisobga olish bo‘yicha ham, mahsulotlar chiqishini
hisobga olish bo‘yicha ham ko‘p miqdordagi xilma-xil hujjatlardan foydalaniladi. Har bir guruh
hujjatlaridagi ma’lumotlar ularga ishlov berilganda ma'lum belgilariga ko‘ra hujjatlarning
harakatlanishi va ishlatilish tavsifiga ko‘ra bir tizimga solinadi. Mehnat sarflari hisobga olinadigan
hujjatlarning ma’lumotlari ish haqi hisoblash va to‘lash uchun har
bir xodim hamda xodimlar
toifasi bo‘yicha ish haqi fondidan foydalanishni nazorat qilish maqsadida umumlashtiriladi.
Mehnat predmetlarini hisobga olinadigan hujjatlarning ma’lumotlari moddiy javobgar shaxslar
hamda moddiy qiymatlarning kelib tushishi va sarflanishi yo‘nalishlari bo‘yicha bir tizimga
solinadi. Mehnat vositalarining sarflanishi hisobga olinadigan hujjatlarning ma’lumotlari bir
turdagi asosiy vositalar guruhlari va turlari hamda asosiy vositalardan foydalanish yo‘nalishlari
bo‘yicha bir tizimga solinadi. Mahsulotlar chiqishi hisobga olinadigan hujjatlar ma’lumotlari
mahsulot turlari, moddiy javobgar shaxslar, mahsulotning kelib tushish va sarflanish yo‘nalishlari
bo‘yicha bir tizimga solinadi.
Shuningdek, dehqonchilik sohasidagi barcha hujjatlarning ma’lumotlari xarajatlarni
hisobga olish obektlari – ish turlari hamda ekinlar (ekin guruhlari) bo‘yicha albatta bir tizimga
keltiriladi. Bunday bir tizimga keltirishda maxsus ishlab chiqilgan jamg‘arma qaydnomalar va
jurnallardan foydalaniladi. Masalan, yuqorida aytib o‘tilgan mehnat sarflari to‘g‘risidagi va
boshqa ayrim hujjatlarning ma’lumotlari yuqorida ko‘rib
chiqilgan, ta'mirlash ustaxonasidan
foydalanish, jamg‘arma qaydnomasi (73-shakl) hamda ish va boshqa xarajatlarni hisobga olish
jurnalida (37-shakl) to‘planadi.
Ish va xarajatlarni hisobga olish jurnallari ishlab chiqarish bo‘linmalarida yuritiladi. Ularda
har bir ekin (ekinlar guruhi), bajariladigan ishlar va hisobning boshqa obektlari uchun taxmin
qilinayotgan yozuvlar miqdoriga ko‘ra sahifalar ajratiladi. U yoki bu ekinga taalluqli ish turlari
texnologik kartaga muvofiq tarzda yoziladi. Har bir hisob obekti bo‘yicha bajarilgan ishlarning
hajmi naturada hamda shartli
etalon gektarga aylantirib, ishlangan vaqt soatlarda va hisoblab
o‘tkazilgan to‘lov (traktorchilar va boshqa xodimlar bo‘yicha alohida-alohida), yoqilg‘i sarfi
(norma bo‘yichava haqiqiysi), yorug‘lik va ekish Materiallarining sarfi va boshqa xarajatlar qayd
etiladi. Ish va xarajatlarni hisobga jurnali dastlabki hujjatlar asosida, ta'mirlash
ustaxonasi
xarajatlari bo‘yicha esa ta'mirlash ustaxonasidan foydalanish jamg‘arma qaydnoma (37-a-shakl)
asosida qilinadi.
Dehqonchilik tarmog‘ida qilingan xarajatlar va yetishtirilgan mahsulotlar 2010-
«Dehqonchilik» schotida hisobga olinadi.
Bu schot debetida mahsulot yetishtirish uchun qilingan xarajatlar hisobga olinsa, kreditida
esa yetishtirilgan mahsulotlarning reja tannarxida baholanganqiymati va yil oxirida reja tannarxi
bilan haqiqiy tannarx o‘rtasidagi tafovut aks ettiriladi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari yil oxirida ushbu schot debetida qoldiq tarzida
aks ettirilib, yillik balansda ko‘rsatiladi.
Boshqaruv buxgalteriya hisobini tashkil etishda xo‘jalik bo‘yicha xarajat obektlarini to‘g‘ri
belgilab olish muhim ahamiyatga ega. Dehqonchilikda xarajat obektlari bo‘lib ekin turlari yoki
guruhlari, ishlar, taqsimlanadigan xarajat turlari va boshqa obektlar hisoblanadi.
Dehqonchilikda xarajatlar va olingan mahsulotlarning analitik hisobi “O‘simlikchilik
xarajatlari va mahsulotlari chiqishini hisobga olish qaydnomasi”da yuritiladi.
Ushbu qaydnoma ma’lumotlari xarajat limitlariga rioya qilinishini nazorat qilish hamda
butun xo‘jalik bo‘yicha analitik va sintetik hisobni tashkil etish uchun foydalaniladi. Qaydnomada
xarajatlar har oyda o‘simliklar (o‘simlik guruhlari) va tegishli xarajat moddalari bo‘yicha bir oylik
va yil boshidan o‘sib boruvchan tartibda aks ettirib boriladi.
Ayrim o‘simliklarni parvarishlash uchun qilingan xarajatlarni hisobga olishga
mo‘ljallangan analitik schotlardan tashqari, mustaqil hisob obektlarini aks ettirish uchun quyidagi
analitik schotlar ochiladi: «O‘simlikchilikda ishlatilgan asosiy vositalar bo‘yicha taqsimlanmagan
amortizatsiya ajratmalari», «o‘simlikchilikda ishlatilgan asosiy vositalarning taqsimlanadigan
joriy ta'mirlash xarajatlari», «taqsimlanadigan sug‘orish xarajatlari», «sho‘r yuvish xarajatlari» va
h.k. Bu analitik schotlarda o‘simlik turlari (o‘simlik guruhlari) ga bevosita o‘tkazib bo‘lmaydigan
tegishli xarajatlar yil davomida to‘planib boradi.
O‘simlik va ish turlari bo‘yicha guruhlangan jami ma’lumotlar
oy oxirida ishlarni va
xarajatlarni hisobga olish jurnali (37-shakl) dan qaydnomaga o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: