obekti bo‘lib hisoblanadi.
Dehqonchilik mahsulotlari tannarxini aniqlashda mahsulotni qayergacha yetkazib berish
(franko) xarajatlari qo‘shilishini bilish muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda belgilangan tartibga
asosan mahsulotlarni quyidagi joylarga yetkazib berish (franko) xarajatlar qo‘shib hisoblanadi:
a) g‘alla, paxta, kungaboqar urug‘i-franko-dala (xirmon yoki daladan mahsulot
yig‘iladigan boshqa joy);
b) somon, pichan-franko-saqlash yoki qaytadan ishlov berish joy;
B) kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari mahsulotlari, lavlagi va boshqa ildiz mevalar-franko-
saqlash joyi;
g) qand lavlagi (fabrikada qayta ishlanadigan) – franko-dala;
d) parnik issiqxona sabzavoti-franko-ombor yoki franko-qabul punkti;
e) silosbop ko‘k massa-franko siloslash joy;
j) vitaminlashtirilgan o‘t uni tayyorlash uchun o‘rilgan ko‘k massa – franko oziq
tayyorlaydigan joyi.
Demak, mahsulotni iste'molchilar (tayyorlov tashkiloti, dehqon bozori, agar xo‘jalik
yetkazib berayotgan bo‘lsa, bolalar muassasalari va shu kabilar)ga yetkazib berish xarajatlari
dehqonchilik mahsulotining tannarxiga kiritilmaydi.
Mahsulotni saqlash joylari (ombor, oziq saqlanadigan joylar)gacha yetkazib berish
xarajatlari tannarxga kiritiladi, ya'ni ular yil davomida 2011-schotining debetida aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: