Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Kartoshka, sabzavot va poliz ekinlari mahsulotlarining tannarxini hisoblash



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

11.3.4. Kartoshka, sabzavot va poliz ekinlari mahsulotlarining tannarxini hisoblash 
O‘simlikchilik tarmog‘ining oziq-ovqat mahsulotlari orasida kartoshka, sabzavot va poliz 
mahsulotlari alohida ahamiyatga ega. Ushbu mahsulotlarning ma'lum qismi yangiligicha iste'mol 
qilinadi. Sabzavotlarning katta qismi konsyervalash, quritish, tuzlash va boshqa yo‘llar bilan qayta 
ishlanadi. 
Kartoshkaning tannarxini hisoblash uchun jami qilingan xarajatlardan kartoshka 
palagining normativ qiymati chegirib tashlanib, qolgan summa olingan standart va nostandart 
mahsulotlar o‘rtasida. ularning sotish bahosi bo‘yicha aniqlangan qiymatiga mutanosib taqsimlash 
yo‘li bilan aniqlanadi. Masalan,fermer xo‘jaligida kartoshka yetishtirish uchun 1242000 so‘mlik 
xarajat qilingan. Kartoshka palagining normativ qiymati 22000 so‘m. Standart va nostandart 
kartoshkaga taqsimlanadigan xarajat summasi 1220000 so‘m. 1 sentner standart va nostandart 
kartoshka tannarxini hisoblash quyidagi amalga oshiriladi (6.1-jadval). 
11.1-jadval 
Kartoshka tannarxini hisoblash 
Mahsulot 
nomi 
Miq-
dori, 
s. 
1s. bozor 
bahosi 
(so‘m) 
Sotish 
bahosi 
bo‘yicha 
kiymati 
(so‘m) 
Jami qiymati 
dagi ulushi, % 
Xarajat 
summasi 
(so‘m) 

sentnern
ing 
tannar-
xi 
(so‘m) 
Standart 
kartoshka 
86 
68000,0 
5848000 
89,7 
5037552 
58576 
Nostandart 
kartoshka 
22 
30500,0 
671000 
10,3 
578448 
26293 
Jami 


6519000 
100,0 
5616000 

Ochiq yerdagi sabzavotlarni yetishtirish mavsumiy xususiyatga ega. Shu boisdan bozorni 
yangi sabzavotlar bilan yil davomida uzluksiz ta'minlash maqsadida xususiy mulkchilikka 
asoslangan yopiq yerdagi sabzavotchilik rivojlanmoqda. Ta'kidlash joizki, ochiq yerdagi va yopiq 
yerdagi sabzavotchilik tashkiliy-texnologik jihatdan bir-birlaridan sezilarli darajada farq qilib, bu 


o‘z navbatida ularning tannarxini hisoblashda turli usullarni qo‘llashni taqozo etadi. 
Sabzavotlar yetishtirish bilan asosan sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari 
shug‘ullanadilar. Lekin ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi, assortimenti, tannarxi va 
samaradorlik ko‘rsatkichlari fermer xo‘jaliklari bo‘yicha sezilarli darajada farq qiladi. Yirik 
ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida mazkur ishlab chiqarish muhim hisoblanib, asosiy sabzavot 
mahsulotlari katta maydonlarda etishtiriladi.Bunday fermer xo‘jaliklari ichki bozorni 
sabzavotchilik mahsulotlari bilan ta'minlash va chetga eksport qilish bilan ham shug‘ullanadilar. 
Ular odatda, shahar atrofida joylashgan bo‘lib, mahsulotlarni iste'molchilarga etkazish xarajatlari, 
ushbu mahsulotlar tez buziluvchan bo‘lganligi bois, yo‘qotishlar ham qisqaradi. Ixtisoslashmagan 
fermer xo‘jaliklarida sabzavotchilik mahsulotlari xo‘jalikning ichki ehtiyojlarini qondirish va 
qisman bozorda sotish uchun ishlab chiqariladi. 
Sabzavotchilikda har xil mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada farq qiladi. 
Chunki bozorda ularga bo‘lgan talab va mahsulotlarning tayinlanishi ham turlicha. Shu munosabat 
bilan ochiq yerdagi sabzavotchilik asosiy ekinlar (karam, bodring, pomidor, lavlagi, sabzi, 
sarimsoqpiyoz)va boshqa sabzavot ekinlariga (petrushka, salat, shpinat, ukrop) bo‘linadi. 
Ushbu sabzavot mahsulotlarining ahamiyati, yetishtirish hajmi va fermer xo‘jaliklarining 
ixtisoslashganligini hisobga olgan holda sabzavot ekinlari bo‘yicha xarajatlarni hisobga olish 
obektlari belgilanadi. Sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida xarajatlar har bir 
asosiy ekin turi bo‘yicha alohida va boshqa ekinlar bo‘yicha bir butunligicha, ixtisoslashmagan 
fermer xo‘jaliklarida esa ochiq yerdagi barcha sabzavot ekinlari bo‘yicha butunligicha hisobga 
olinadi. Bu o‘z navbatida Kalkulyatsiya obektlari va har xil ekinlar mahsulotlarining tannarxini 
hisoblash tartibini belgilashda tegishli yondashuvlarni taqazo etadi. Masalan, ixtisoslashgan 
fermer xo‘jaliklarida sabzavotchilik mahsulotlari har bir asosiy ekin turi bo‘yicha alohida, boshqa 
ekinlar bo‘yicha butunligicha hisoblanadi. Ixtisoslashmagan xo‘jaliklarda esa ochiq yerdagi 
barcha sabzavot mahsulotlari tannarxi bir butunligicha hisoblanadi. 
Odatda sabzavot ekinlaridan bir turdagi mahsulotlar olinadi. Ayrim hollardagina palak, 
karam bargi, to‘liq rivojlanmagan karam boshlari foydalanilishi mumkin. Bunday mahsulotlar 
qo‘shimcha hisoblanadi va ko‘k massa tannarxi bo‘yicha baholanadi (agar kirim qilinsa). Shunday 
qilib, alohida ekin turi, ekinlar guruhi butun quyi tarmoq bo‘yicha asosiy sabzavot mahsulotlari 
tannarxi uni parvarishlash uchun qilingan barcha xarajatlardan qo‘shimcha mahsulot qiymatini 
(agar u mavjud bo‘lsa) chegirib, aniqlanadi. 
Sabzavotchilik mahsulotlarini kirim qilishda ular standart va nostandart mahsulotlarga 
bo‘linib, bu keyinchalik mazkur mahsulotlar har bir guruhining tannarxini alohida hisoblash uchun 
zarur axborotlar bilan ta'minlaydi. Bizning fikrimizcha, standart va nostandart mahsulotlar 
tannarxini alohida hisoblash uchun asosiy mahsulotga tegishli xarajatlar ushbu mahsulot guruhlari 
bo‘yicha ularning bozor bahosiga asosan aniqlangan qiymatiga mutanosib taqsimlanishi zarur. 
Fikrimizni tasdiqlash uchun fermer xo‘jaligida yetishtirilgan sabzavotchilik mahsulotlari 
tannarxini hisob-kitobini keltiramiz (6.2-jadval). 
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 1s standart sabzavot mahsulotlari haqiqiy 
tannarxi 261,0 ming so‘m, 1s nostandart sabzavot tannarxi esa 117,0 ming so‘mni tashkil etgan. 
1s standart sabzavot sotishdan 189,0 ming so‘m (450,0-261,0), nostandart sabzavot sotishdan 83 
ming so‘m (200,0-117,0) foyda olingan. Demak, fermer standart mahsulotlar ulushini ko‘paytirish 
va sotish bahosini yanada oshirish imkoniyatlarini izlashi lozim. Sabzavotchilikka 
ixtisoslashmagan fermer xo‘jaliklarida sabzavotchilik mahsulotlari ularning turlari bo‘yicha 
hisoblanishi mumkin. Bunda hisobga olingan xarajatlarning asosiy mahsulotlarga tegishli qismi 
ularning bozor bahosi bo‘yicha aniqlangan qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 
Ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida «boshqa sabzavot mahsulotlari» guruhiga kiruvchi ekinlardan 
olingan mahsulotlar tannarxi ham shu tartibda aniqlanadi. 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin