Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik
11.4-jadval Bahorgi issiqxonada yetishtirilgan mahsulotlar tannarxini kalkulyatsiyalash Ekin turlari
Ko‘rsatkichlar
Bodring
Pomidor
Barra piyoz
Hammasi
yer maydoni, m
2
1000
1100
1000
3100
Vegetatsiya davri, kun
120
100
42
X
Kvadrat-metr kunlar
12000
111000
42000
272000
Bevosita xarajatlar (urug‘lik-ko‘chat
va h.)
80000
58000
194000
332000
Bilvosita (taqsimlanadigan) xarajatlar
-
-
-
4129500
1kv.m tannarxi, so‘m
-
-
-
1332
Xarajatlarning
ekin
turlariga
taqsimlanishi
1800000
1700000
629500
4129500
Jami xarajat, so‘m
1880000
1758000
823500
4461500
Olingan mihsulot, kg
1253
976
1830
X
1kg mahsulot tannarxi, so‘m
1500
1801
450
X
Issiqxonalardan olingan mahsulotlar standart va nostandart mahsulotlarga ajratilib, kirim
qilinadi.
Nostandart mahsulotlar mavjud bo‘lganida xarajatlarni ushbu sifat guruhlari o‘rtasida
(ularning tannarxini alohida hisoblash maqsadida)umum belgilangan tartibda, ya'ni
mahsulotlarning bozor bahosi bo‘yicha aniqlangan qiymatiga mutanosib amalga oshiriladi.
Ta'kidlash joizki, qishki issiqxonalarda yil oxiriga tugallanmagan ishlab chiqarish summalari
qolishi mumkin. Bu holda uni aniqlash va shu bilan barcha xarajatlarni olingan mahsulotlar va yil
oxiriga o‘stirishda mahsulotlar o‘rtasida taqsimlash zarurati vujudga keladi. Tugallanmagan ishlab
chiqarishni baholash umum belgilangan tartibda amalga oshiriladi, ya'ni vegetatsiya jurnali
ma’lumotlariga muvofiq parvarishlanayotgan ekinlar bo‘yicha kvadrat-metr-kunlar soni va ekish
Materiallari qiymati hisob-kitob qilinadi. Shunga asosan tugallanmagan ishlab chiqarishga
taalluqli xarajatlar aniqlanadi.
Sabzavot mahsulotlari yetishtirish uchun parniklardan foydalanilganda issiqxonalardagi
kabi, urug‘lik va ko‘chat Materiallari qiymati bevosita parvarishlanayotgan ekinlarga olib boriladi.
Qolgan xarajatlar esa rom-kunlar soniga mutanosib taqsimlanadi.
Rom-kunlar mazkur ekin turi uchun ishlatiladigan romlar sonini uning vegetatsiya davri
(kunlar soni)ga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Parniklarda yil davomida romooborotlar
bo‘lishi mumkin. Shuning uchun amaldagi qoidalarda taqsimlanadigan xarajatlarni yil bo‘yicha
umumiy yillik va siklli xarajatlar bo‘yicha ajratish ko‘zda tutilgan.
Siklli xarajatlar ga tuproq tashib keltirish,parniklarni bioyoqilg‘i bilan to‘ldirish va boshqa
xarajatlar kiradi. Ular faqat ramooborot yetishtirilgan mahsulotlarga tegishli bo‘ladi (odatda, 1
maygacha bo‘lgan davrda). Bu ko‘proq ko‘rsatilgan davrdan so‘ng tabiiy issiqlik yetarli darajada
bo‘lishi va keyingi romooborotlarda bioyoqilg‘idan foydalanishga zarurat yo‘qligi bilan
izohlanadi.
Yillik xarajatlar - bu tegishli ekinlarni parvarishlash bilan bog‘liq sarf-xarajatlar. Ular har
qanday romooborotga bir xil me’yorda olib boriladi.
Shunday qilib, parniklarda birinchi romooborotda sabzavot mahsulotlari yetishtirish
bo‘yicha umumiy xarajatlar summasi bevosita, siklli va umumiy yillik xarajatlarga, keyingi
romooborotlarda yetishtirilgan mahsulotlarga doir xarajatlar bevosita va umum yillik xarajatlarga
bo‘linadi. Parnikda yetishtirilgan sabzavot mahsulotlari tannarxini hisoblash metodikasini fermer