6
jami
mahsulot,
so‘m
496700
0
49670
00
2240440
224044
0
7207440
11.5. Chorvachilik mahsulotlarining tannarxini hisoblash
Yil oxirida chorvachilik mahsulotlari tannarxini hisoblashdan oldin 2012-«Chorvachilik»
schoti bo‘yicha hisob ma’lumotlari puxta tekshiriladi. Har bir chorva turi (guruhi) bo‘yicha
umumiy xarajatlar va yil davomida olingan mahsulotlarning umumiy summasi aniqlanadi. Bunda
xarajatlar hisob obektlari bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlanishi, kishi-soatlar, ozuqa-kunlar va ozuqa
birliklari to‘g‘ri hisobga olinishi, chorvachilikning ayrim tarmoqlari (parrandachilik, baliqchilik,
asalarichilik, tuyachilik) bo‘yicha tugallanmagan ishlab chiqarish hajmining to‘g‘ri aniqlanishi,
olingan
asosiy, yondosh va qo‘shimcha
mahsulotlar miqdori hamda qiymatining to‘g‘ri aks
ettirilishga e'tibor berish zarur.
Chorvachilikda asosiy mahsulotlar: sut, jun, tuxum, nasl, tirik vazn, umumiy tirik vazn va
boshqalar tannarx hisoblash obektlari bo‘lib hisoblanadi. Ko‘pchilik tarmoqlarda bir vaqtning
o‘zida o‘zaro bog‘liq mahsulotlarning bir qancha turlari olinadi. Sut yo‘nalishidagi qoramollardan
sut va nasl; qo‘ychilikdan – jun, nasl, qo‘shilgan vazn; parrandachilikdan – tuxum, go‘sht va
boshqalar olinadi. Shu sababli xarajat obektlari bilan tannarx hisoblash obektlari bir-biridan farq
qiladi va natijada xarajatlarni mahsulot turlariga to‘g‘ri taqsimlash zarurati tug‘iladi.
Chorvachilikda qo‘shimcha mahsulotga go‘ng, parranda axlati, jun-tivit, pat, tyeri hamda nobud
bo‘lgan hayvonlardan olingan nimtalangan go‘sht va boshqalar kiradi.
Go‘ngning tannarxi muayyan sharoitidagi uni yig‘ishtirish va to‘shamalarning normativ
xarajatlari hamda go‘ng chiqarish va saqlash xarajatlari asosida aniqlanadi.
Chorvachilikning asosiy tarmoqlari bo‘yicha mahsulotlar tannarxini hisoblash tartibini
ko‘rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: