Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Cho‘chqachilik mahsulotlari tannarxini hisoblash



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

 
11.5.3. Cho‘chqachilik mahsulotlari tannarxini hisoblash 
Cho‘chqachilik tarmog‘ida tannarx hisoblash obektlari quyidagilar hisoblanadi: «Asosiy 
poda» hisob guruhi bo‘yicha qo‘shilgan tirik vazn, «2 oylikdan 4 oylikkacha bo‘lgan cho‘chqalar», 
«4 oylikdan katta cho‘chqa bolalari» va «boquvdagi katta yoshli cho‘chqalar» hisob guruhi 
bo‘yicha - qo‘shilgan va umumiy tirik vazn. 
Onasidan ajratish paytida 2 oyga to‘lgan cho‘chqa bolalarining tannarxini aniqlash uchun 
«Asosiy poda» hisob guruhi bo‘yicha qilingan haqiqiy xarajatlar jami summasidan qo‘shimcha 
mahsulotlar (go‘ng, qil) qiymati normativ bahoda baholanib chegirib tashlanadi. Qolgan summaga 
onalaridan ajratilmagan cho‘chqa bolalarining yil boshiga bo‘lgan balans qiymati qo‘shilib hosil 
bo‘lgan summani yil davomida onasidan ajratilmagan cho‘chqa bolalarining umumiy tirik vazniga 
(o‘lganlarining vazni chegirib tashlanib) taqsimlanadi. 
Onasidan ajratilgan bir bosh cho‘chqa bolasining tannarxini hisoblash uchun har sentner 
tirik vazn tannarxini ularning umumiy vazniga ko‘paytirib, hosil bo‘lgan summa onasidan 
ajratilgan cho‘chqa bolalari tannarxini hisoblashda tekshiriluvchi va bir martalik ona cho‘chqalarni 
saqlash xarajatlari ham hisobga olinadi (cho‘chqalar qochirilgandan boshlab ularni saqlash 
xarajatlari asosiy poda hisobiga o‘tkaziladi). 
Boshqa hisob guruhlari bo‘yicha tirik vazn, umumiy tirik vazn va qo‘shilgan tirik vazni 
tannarxini hisoblash qoramolchilikdagi kabi amalga oshiriladi. 
11.5.4. Qo‘ychilik va echkichilik mahsulotlari tannarxini hisoblash 
Qo‘ychilik va echkichilik mahsulotlarining tannarxi asosiy podadagi va yosh qo‘y 
echkilarni parvarishlash hamda ularning junini qirqish bilan bog‘liq xarajatlardan iborat. Bu 
tarmoqda quyidagi mahsulotlar tannarx obektlari bo‘lib hisoblanadi: jun-go‘sht va go‘sht – jun 
yetishtirishga ixtisoslashtirishgan qo‘ychilikda – jun, qo‘shilgan hamda tirik vazni: 
qorako‘lchilikda - qorako‘l tyeri, jun, joriy yilda tug‘ilgan qo‘zilar va oldingi yillardagi 
qo‘zilarning o‘sgan vazni. 
Go‘sht va jun yo‘nalishidagi qo‘ychilikdan quyidagi yordamchi mahsulotlar olinadi: 
shirdon, sut, nobud bo‘lgan va o‘lik tug‘ilgan qo‘zilar tyerisi, go‘ng va boshqalar. 


Qorako‘lchilikda bulardan tashqari, barra go‘shti bo‘lishi mumkin. 
Qo‘ychilikning barcha tarmoqlaridan olingan mahsulotlar tannarxini hisoblashda hisobot 
yilida qilingan xarajatlardan qo‘shimcha mahsulotlar qiymati normativ xarajatlar asosida 
baholanib chegirib tashlanadi. Qolgan xarajatlar summasi olingan asosiy mahsulot turlariga 
mutanosib ravishda taqsimlanadi. 
Tug‘ilgan qo‘zilar tannarxini hisoblashda asosiy podaga qilingan jami xarajatlardan 
(qo‘shimcha mahsulot qiymati chegirib tashlangandan qolgani) quyidagi miqdorda ajratib 
mahsulot birligiga (qo‘zilar bosh soniga) taqsimlanadi: jun-go‘sht va go‘sht – jun yo‘nalishidagi 
qo‘ychilikda – 10%, romanov qo‘ychiligida – 12% va qorako‘lchilikda – 15%. 
Umumiy xarajatdan qo‘zilar tannarxiga o‘tkaziladigan summa chiqarib tashlangandan 
so‘ng qolgan summa qo‘ychilikdan olingan boshqa asosiy mahsulotlarning (1s ortgan vazn va 1 s 
jun) realizatsiya bahosi bo‘yicha qiymatiga mutanosib taqsimlanadi. Tegishli summa esa mahsulot 
miqdoriga bo‘linib, uning o‘lchov birligi tannarxi aniqlanadi. 
Qo‘ychilikdan olingan ayrim mahsulotlar bir qancha qo‘shimcha xarajatlarni talab etadi. 
Bular jun qirqish xarajatlari, junlarni saralash, joylash, markalash va jun qirqish punktlarining 
xarajatlaridan iborat. Qorako‘l tyeri olishda esa qo‘zilarni so‘yish, dastlabki ishlov berish, 
saralash, markalash xarajatlaridan tashkil topadi. Bunday xarajatlar alohida analitik schotlarda 
hisobga olinib, tannarx hisoblashda bevosita jun va tyerilar tannarxiga o‘tkaziladi. 
Qo‘zilarning sovlig‘idan ajratish paytidagi 1 sentner ortgan tirik vaznining tannarxi, 
ularning tug‘ilgan paytdagi tannarxiga parvarishlash xarajatlari va yil davomida chetdan 
keltirilgan qo‘zilar qiymatini qo‘shib qo‘zilarni sovlig‘idan ajratish vaqtidagi joriy yilga tegishli 
bo‘lgan vazniga (nobud bo‘lgan qo‘zilar vazni ham qo‘shilgan holda) bo‘lish yo‘li bilan 
aniqlanadi. 
Echkichilikda ham olingan nasl, tirik vazn va jun tannarxi qo‘ychilikdagi kabi tartibda 
(qorako‘lchilikdagidan tashqari) aniqlanadi. 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin