Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə213/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

Ombordagi mahsulot 
deganda, ishlab chiqarishning barcha ishlov operatsiyalaridan o‘tib, 
texnika nazorati bo‘limi tomonidan omborga benuqson deb qabul qilingan va asosan sotishga 
mo‘ljallangan tovar mahsuloti tushuniladi. 
Jo‘natilgan mol (tovar)lar
deb, xaridorlarga yoki iste’molchilarga jo‘natilgan, lekin uning 
uchun xaridorlar tomonidan hali puli to‘lanmagan yo‘ldagi mahsulotga aytiladi. 
Ma’sul saqlashga qabul qilingan mol (tovar)lar
deb, xaridorlarga jo‘natilgan tovar 
mahsulot har xil sabablarga ko‘ra (sifatiga ko‘ra xaridorning talabini qondirmaydigan,
xaridorlarga adashib borib qolgan, ya’ni bir korxonaning o‘rniga ikkinchi korxonaga 
shartnomadan tashqari borib qolgan tovarlar va shu kabilar) sotib olish uchun qabul qilinmay 
qolgan bo‘lishi mumkin. Bunday mahsulotni tegishli korxonalar o‘z javobgarligiga qabul qilib 
olib, darhol bu mollarni yuboruvchi korxonaga xabar qiladilar. Shuning uchun bunday mollar 
mas’ul saqlashga qabul qilingan mollar deb yuritiladi. Bunga qo‘shimcha ravishda ko‘rgazmada 
qo‘yilgan tayyor mahsulotni ham kiritish mumkin. Chunki ko‘rgazmada qo‘yilgan tayyor 
mahsulot ham korxonada ishlab chiqarilgan va sotilishi kerak bo‘lgan mahsulotlardir. 
12.2. Tayyor mahsulotni baholash va uning nomenklaturasi 
Mahsulot (ish, xizmat) odatda ma’lum bir qiymatda baholanadi va sotiladi. 
Baho
– qiymatning puldagi ifodasidir. Uning asosini u yoki bu mahsulotni tayyorlash bilan 
bog‘liq ijtimoiy zaruriy mehnat tashkil qiladi.
Tayyor mahsulot (ish, xizmat) ning sotish qiymatini belgilashda «Tovar-moddiy zahiralar» 
nomli 4-son BHMAdan foydalaniladi. 4-sonli BHMAning 7-bandiga binoan tayyor mahsulotlar 
eng kam bahoda baholanishi kerak: tannarxda yoki sof sotilish qiymatida. 
Hisobot davri oxirida mahsulotning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxini aniqlash mumkin. 
Lekin mahsulotlarning ishlab chiqarilishi har kuni sodir bo‘ladi, shu sababdan joriy hisobda 
mahsulotni shartli bahoda baholash kerak. Tayyor mahsulotlarning operativ hisobi ishlab chiqarish 
reja tannarxida yoki shartnoma bahosida yoxud chakana bahoda yuritiladi. 
Ushbu standartda mahsulot (ish, xizmatlar)ning sotilishi (21-22 bandlar) tartibi 
quyidagicha bayon qilingan: 
Materiallar va mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishda foydalanadigan boshqa xom-
ashyo, agar ulardan tayyorlangan mahsulot bozor (kundalik) narxida sotilsa, qiymatidan past 
narxda arzonlashtirilmaydi. Biroq agar omborda mavjud bo‘lgan narxdagi materialdan 
tayyorlangan tayyor mahsulotning tannarxi sotish sof qiymatidan oshib ketsa, materiallar sotish 
sof qiymatigacha arzonlashtiriladi. Bunday vaziyatlarda materiallar qiymatini o‘lchashning 
mavjud shakllaridagi eng yaxshisi bo‘lishi mumkin. 
Sotishning sof qiymati - ishlab chiqarishni tugallash va mahsulotni sotish bilan bog‘liq 
bo‘lgan butlash xarajatlarini chiqarib tashlagan holda TMZni sotishning hisob-kitob narxidir. 
Demak, mazkur BHMAdagi baholashga muvofiq, agar korxona ishlab chiqargan 
mahsulotining tannarxi mahsulotni sotish rejasidan yoki bozordagi joriy narxlaridan oshib ketsa, 
korxona o‘zining mahsulotini sotish sof qiymatigacha arzonlashtirishi mumkin. Lekin quyidagi 


hollarda tayyor mahsulot sotishning sof qiymatidan arzon baholanishi mumkin: 
6.
Zahiralarni sotish narxi arzonlashganda; 
7.
Zahiralarga zarar yetganda; 
8.
Zahiralar to‘la va qisman eskirganda. 
Korxonalarda mahsulotning reja va haqiqiy tannarxini hisobot davri yakunida tartibga 
solish kerak. Haqiqiy tannarx hisobot davri oxirida aniqlanadi. Reja tannarx esa oldindan 
belgilanadi. Hisobot davri oxirida haqiqiy tannarx reja tannarxdan kam yoki ko‘p bo‘lishi mumkin. 
Tayyor mahsulotlar qaysi hisobvaraqlarda hisobga olingan bo‘lsa, og‘ishishlar ham shu 
hisobvaraqlarda tejalgan bo‘lsa - qizil storno usulida, ortiqcha xarajat bo‘lsa – oddiy siyohda aks 
ettiriladi. 
Tayyor mahsulot harakati hisobini to‘g‘ri tashkil qilish korxona tomonidan ishlab 
chiqiladigan buyum turlari nomining ro‘yxati - nomenklaturasidan foydalanish katta ahamiyatga 
ega. Uni tuzish asosida tayyor mahsulotni turkumlash, ya’ni ushbu korxonada ishlab 
chiqariladigan bir mahsulot turini boshqa mahsulotdan ajratib turuvchi ma’lum belgilari yotadi. 
Nomenklatura ro‘yxatini tuzishda asos qilib quyidagi belgilar olinadi: model, fason, artikul, marka 
va hokazo. Har bir mahsulot turiga nomenklatura raqami biriktiriladi va u har xil sonlardan iborat 
bo‘ladi. Mahsulot nomenklaturasidan (ro‘yxatdan) korxonaning quyidagi xizmatlarida 
foydalaniladi: 

dispetcherlik xizmat turi mahsulot ishlab chiqarish grafigining bajarilishini nazorat 
qiladi; 

tsexlar ishlab chiqarilgan mahsulot assortimentini qilishda, omborga tayyor mahsulotni 
topshirishda yuk xati yozish uchun foydalanadi; 

marketing bo‘limi - jo‘natish bo‘limi shartnomalarini bajarish imkoniyatlarini nazorat 
qilish uchun; 
buxgalteriya - tayyor mahsulotning analitik hisobini yuritishda umumiy ma’lumotlar va 
hisobotlar tuzish uchun foydalaniladi. 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin