Tuzatilmaydigan yaroqsizlik
yaroqsizlik to‘g‘risidagi dalolatnoma
yoki
yaroqsizlik
to‘g‘risidagi qaydnoma
bilan rasmiylashtirilib, unda yaroqsizlikning bir qancha faktlari qayd
qilinadi.
Dalolatnomada yaroqsizlik tavsifi, uning sababi, yaroqsizga chiqarilgan mahsulot miqdori,
yaroqsizlik aybdori, yaroqsiz mahsulot tannarxi, aybdor shaxslardan undirilishi lozim bo‘lgan
summa, yaroqsizlikdan yo‘qotishlar hamda yaroqsizga chiqarilgan mahsulotlar qabul qilinganligi
to‘g‘risida omborchi yoki qabul qilgan sex belgisi ko‘rsatiladi.
Dalolatnoma texnik nazorat bo‘limining xodimi, usta va sex boshlig‘i
tomonidan tuziladi va
buxgalteriyaga topshiriladi. U yerda yaroqsiz mahsulotning tannarxi hisoblab chiqariladi.
Dalolatnoma xo‘jalik yurituvchi subekt rahbari tomonidan tasdiqlanib, unda yaroqsizlikdan
ko‘rilgan zararni hisobdan chiqarish – aybdor shaxsdan undirish yoki ishlab chiqarishga olib
borish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Tuzatilmaydigan yaroqsizlikdan kelib chiqqan yo‘qotishlar uning tannarxidan yaroqsizga
chiqarilgan buyumlarning ishlatish mumkin bo‘lgan bahosi bo‘yicha qiymati va
aybdor
shaxslardan undiriladigan summalarni chegirib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Tuzatilmaydigan ichki yaroqsizlik tannarxi belgilangan xarajat moddalari bo‘yicha haqiqiy
xarajatlardan tashkil topadi. Bunda «ishlab chiqarishni tayyorlash va o‘zlashtirish xarajatlari»,
«yaroqsizlikdan kelib chiqadigan yo‘qotishlar», «boshqa ishlab chiqarish xarajatlari» moddalari
hisobga olinmaydi. Buyumlar soni ko‘p bo‘lgan korxonalarda yaroqsizlik
odatda reja yoki
normativ tannarxdan kelib chiqqan holda baholanadi.
Tuzatiladigan ichki yaroqsizlik tannarxi tuzatish uchun sarflangan xom-ashyo, Materiallar
va yarim tayyor mahsulotlar hamda tuzatishda band bo‘lgan xodimlarning ish haqi, ijtimoiy
sug‘urta ajratmalari va umumishlab chiqarish xarajatlarining tegishli ulushidan kelib chiqqan
holda aniqlanadi.
Tuzatiladigan ichki yaroqsizlikdan yo‘qotishlar uning tannarxidan aybdor shaxslardan
undiriladigan summalarni chegirib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Tashqi yaroqsizlik qiymati yaroqsizga chiqarilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi,
xaridorlar tomonidan ushbu mahsulotni
sotib olish xarajatlari, hamda yaroqsizga chiqarilgan
mazhsulotlarni almashtirishdagi transport xarajatlari yoki iste'molchining yaroqsizga chiqarilgan
mahsulotni tuzatish xarajatlaridan tashkil topadi.
Ishlab chiqarishdagi yaroqsizlikdan yo‘qotishlar to‘g‘risidagi axborotlar 2610-«Ishlab
chiqarishgdagi yaroqsiz mahsulotlar» schotida umumlashtiriladi. 2610-schotning debetida
aniqlangan yaroqsizlikka doir xarajatlar hamda kafolatli ta'mirlash xarajatlari aks ettiriladi. Bu
schotning kreditida esa yaroqsizlikdan ko‘rilgan yo‘qotishlarni kamaytiradigan summalar
(yaroqsizga chiqarilgan mahsulotlarning ishlatish imkoni bo‘lgan bahodagi qiymati, aybdor
shaxslardan undiriladigan summalar, ishlatilishi natijasida yaroqsizlik vujudga kelgan, mol
yetkazib beruvchilar tomonidan yetkazilgan sifatsiz Materiallar yoki yarim tayyor mahsulotlar
uchun undiriladigan summalar va h.k.) hamda yaroqsizlikdan ko‘rilgan yo‘qotishlar sifatida ishlab
chiqarish xarajatlariga olib boriladigan summalar aks ettiriladi.
2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar» schoti bo‘yicha analitik hisob
korxonaning alohida bo‘linmalari,
mahsulot turlari, xarajat moddalari va yaroqsizlik sabablari
bo‘yicha yuritiladi.
Aniqlangan yaroqsizlik va kafolatli ta'mirlash bo‘yicha xarajatlarga 2610-«Ishlab
chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar» schoti debetlanganda quyidagi schotlar kreditlanishi mumkin:
1000-«Materiallarni hisobga oluvchi schotlar» (1010-1090) – yaroqsizlikni tuzatishga sarflangan
Materiallar qiymatiga;
2010-«Asosiy ishlab chiqarish», 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish» schotlari – asosiy va
yordamchi ishlab chiqarishda aniqlangan, tuzatilmaydigan yaroqsizlikdan yo‘qotishlar hisobdan
chiqarilganda;
2110-«O‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar» schoti – o‘zida ishlab chiqarilgan
yarim tayyor mahsulotlarning yaroqsizligi aniqlangan va hisobdan chiqarilganda;
2510-«Umum ishlab chiqarish xarajatlari» schoti – umum ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli
ulushi yaroqsiz mahsulot tannarxiga qo‘shilganda;
2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schoti – yaroqsizga chiqarilgan mahsulotlar o‘rniga
xaridorlarga jo‘natilgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxi;
6010-"Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar" – mol yetkazib
beruvchilardan yaroqsizlikni tuzatishda va kafolatli ta'mirlash bo‘yicha
olingan xizmatlar
summasiga;
6520-"Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar" schoti – yaroqsizga chiqarilgan mahsulotlar
bilan bog‘liq xarajatlar bo‘yicha davlat maqsadli fondlariga qlingan ajratmalar summasiga;
6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» schoti – yaroqsizlikni tuzatishda
ishtirok etgan xodimlarga mehnat haqi hisoblanganda;
4220-4290, 6970-schotlar – yaroqsizga chiqarilgan mahsulotlarni qaytarish bilan bog‘liq xarajatlar
hisobdor shaxslar zimmasidan hisobdan o‘chirilganda;
6990-«Boshqa majburiyatlar» schoti – iste'molchilarning yaroqsizlikni tuzatishga doir xarajatlari
bilan bog‘liq sarflar summasiga.
2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar» schoti kreditlanganda quyidagi schotlar
debetlanadi:
1000-«Materiallarni hisobga oluvchi schotlar» (1010-1090) – yaroqsizlikni tuzatish chog‘ida
qolgan Materiallar kirimi va tuzatilmadigan yaroqsizlik ishlatish mumkin bo‘lgan bashoda
hisobdan chiqarilganda;
2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schoti, 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish» schoti –
yaroqsizlikdan ko‘rilgan yo‘qotishlar asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlarning mahsulotlari,
ish va xizmatlari tannarxiga qo‘shilganda;
9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schoti – o‘tgan yillardagi yaroqsizlikdan ko‘rilgan
yo‘qotishlar hisobdan chiqarilganda.
Dostları ilə paylaş: