Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 MAVZU. TAYYOR MAHSULOTLAR VA TOVARLAR HISOBI



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə212/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

 
12 MAVZU. TAYYOR MAHSULOTLAR VA TOVARLAR HISOBI 
12.1. Tayyor mahsulot (ishlar, xizmatlar) va uni hisobga olish vazifalari
Tayyor mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish xalq xo‘jaligi va aholining ehtiyojlarini 
ta’minlashga qaratilgan har bir korxona ishlab chiqarish faoliyatining yakunlovchi bosqichi 
hisoblanadi. 
Tayyor mahsulot
deb - korxonadagi barcha ishlov operatsiyalaridan o‘tib bo‘lgan, tayyor 
holga keltirilgan belgilangan davlat standarti va texnikaviy shartlarning barcha talablariga javob 
beradigan hamda texnika nazorati bo‘limi tomonidan qabul qilingan yoki buyurtmachilarga 
topshirilgan mahsulotga aytiladi. Uning tarkibiga buyurtmachi korxonalar uchun bajarilgan ish, 
xizmatlar hamda ushbu korxonaga qarashli ishlab chiqarishdan tashqari xo‘jaliklar uchun 
bajarilgan ish va xizmatlar ham kiradi. 
Korxona mahsulotni iste’molchilar bilan tuzilgan shartnomalar reja topshiriqlari asosida 
bozor talablarini o‘rganish kabi masalalarga katta e’tibor bergan holda ishlab chiqaradi.
Sanoat mahsuloti natura va qiymat ko‘rsatkichida hisobga olinadi. Natura ko‘rsatkichlari 
mahsulotni ularning tabiiy xususiyatlariga qarab, miqdori, soni va og‘irligini tavsiflab beradi, bu 
ko‘rsatkichlardan tayyor mahsulotni miqdoriy jihatdan hisobga olish uchun foydalaniladi. Tayyor 
mahsulot (ish, xizmat) ni natura ko‘rsatkichlarining puldagi ifodasi uning qiymat ko‘rsatkichini 
ifodalaydi. 
Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish tizimida tayyor mahsulot, uni ortib 
jo‘natish vazifalariga quyidagilar kiradi: 
1.
Mahsulot (ish, xizmat) sotilishi bilan bog‘liq bo‘lgan hamma xo‘jalik operatsiyalarini 
hisobda to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirish; 
2.
Mahsulot (ish, xizmat) sotishda shartnomalar bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatish; 
3.
Sotilgan mahsulotning assortiment va hajmi bo‘yicha hamda sotish rejasining 
bajarilishini nazorat qilish; 


4.
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan davr xarajatlarini o‘z vaqtida 
aniq hisob-kitob qilish; 
5.
Sotilgan mahsulot uchun olingan tushumni aniq hisob-kitob qilish, foyda summasini 
to‘g‘ri aniqlash va boshqalar. 
Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi korxonaning bir maromda ishlashiga, ombor 
xo‘jaligi va mahsulot sotishni to‘g‘ri tashkil qilishga, xo‘jalik operatsiyalarining hujjatlarda o‘z 
vaqtida rasmiylashtirilishiga bog‘liqdir. 
«Tovar-moddiy zahiralar» nomli 4-son BHMAga muvofiq (5.3-band) 
tayyor mahsulot
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda bo‘lgan aktivlar hisoblanadi va ular xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektning kundalik faoliyatida sotish uchun mo‘ljallangan tayyor mahsulot, tovarlar sifatida 
korxonaning tovar-moddiy zahiralari tarkibiga kiradi. 
Tayyor mahsulotni hisobga olish shu mahsulotning ishlab chiqarishdan olinishi, uning 
harakati, sotilishi va xaridorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni aks ettiradi.

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin