Tayyor mahsulotning sotilishida sotish bahosining aks ettirilishiga quyidagicha provodka
beriladi:
D-t 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»
K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar»
K-t 9010-«Mahsulot sotishdan olingan daromad».
4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» hisobvarag‘i aktiv bo‘lib,
uning saldosi xaridor va buyurtmachilarning korxonadan sotilgan mahsulot (ish, xizmat) lar
bo‘yicha qarzini ko‘rsatadi, debet oboroti hisobot oyida topshirilgan mahsulot, bajarilgan ish va
ko‘rsatilgan xizmatlarning sotish qiymatini, kredit oboroti esa hisobot oyida xaridorlar tomonidan
to‘langan summani ko‘rsatadi.
Xaridorlarga yuklab jo‘natilgan mahsulotlar harakatining hisobi 16-qaydnomaning 2-
bo‘limida yuritiladi. Yuklab jo‘natilgan va sotilgan mahsulotlarning hisobvaraqlari bo‘yicha
sintetik hisob 11-jurnal-orderda yuritiladi. Bu jurnal-order 2810, 9410, 9010, 9020, 9030, 9210,
9220, 4010-hisobvaraqlarning kredit oborotlarini va 9010, 9020, 9030-hisobvaraqlarning analitik
ma’lumotlarini yozish uchun mo‘ljallangan. 11-jurnal-order 15 va 16-vedomostlarning analitik
ma’lumotlariga asosan to‘ldiriladi.
Hisobot davri yakunida 9010, 9020, 9030-hisobvaraqlar yopiladi:
D-t 9010, 9020, 9030-hisobvaraqlar
K-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija».
Shu bilan birga sotilgan mahsulotning tannarxi ham hisobot davri yakunida yakuniy
moliyaviy natijaga o‘tkaziladi:
D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»
K-t 9110, 9120, 9130.
Dostları ilə paylaş: