qo‘shiladigan tovarlar (ish, xizmat) qiymati uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan soliq summasining
ayirmasiga teng. Bu tartib qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchi barcha korxona va tashkilotlarga
taalluqli.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘langan summa
qo‘shilgan holda sotib olinish qiymati bo‘yicha hisobda aks ettiriladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘iga
tortiladigan va tortilmaydigan tovar sotadigan, ish va xizmatlar bajaradigan korxonalar hamda
O‘O‘S bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan korxonalar, ko‘rsatilgan tovarlarni oluvchi shaxsga schyot-
faktura rasmiylashtirishga majburdirlar. Schyot-faktura yo‘riqnomada ko‘rsatilgan shakl bo‘yicha
yozilishi shart.
Xaridorlarga jo‘natilgan tayyor mahsulotlarga O‘O‘S hisoblanganida quyidagicha
provodka beriladi:
D-t 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»
K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar».
O‘O‘S summasi byudjetga o‘tkazib berilganida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar»
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».
Dostları ilə paylaş: