konsignatsiya
deyiladi.
Konsignatorni - konsignatsiya savdosini tashkil qilish topshirig‘ini bajarishni o‘z
zimmasiga oluvchi, biroq tovarning egasi hisoblanmagan shaxsni taqdirlash
miqdori va tartibi
konsignatsiya shartnomasida sotiladigan tovar qiymatining muayyan foizi ko‘rinishida yoki eng
kam narx bilan sotish narxi o‘rtasidagi farq ko‘rinishida beriladi.
Korxonalar tomonidan konsignatsiya shartlari asosida olinadigan tovarlar 004-
«Komissiyaga olingan tovarlar» balansdan tashqari hisobvarag‘ida hisobga olinishi kerak.
Konsignatsiya muomalalarini hisobga olish Adliya vazirligi tomonidan 1999 yilning 21
yanvarida ro‘yxatga olingan Moliya vazirligining «Konsignatsiya
operatsiyalari buxgalteriya
hisobining xususiyatlari to‘g‘risidagi»
tushuntirishi, «Tovar-moddiy zahiralar» nomli 4-son
BHMA hamda Moliya vazirligi, Davlat Soliq O‘o‘mitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi,
Markaziy bank tomonidan 2001 yil 7 noyabrda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi, statistika va
boshqa hisobotda xorijiy valyuta muomalalarini aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»
bilan
tartibga solinadi.
Konsignatsiya asosida amalga oshiriladigan muomalalarda daromaddan ajratma va O‘O‘S
to‘lash alohida xususiyatlarga ega. Buni quyidagi muomalalarda ko‘rib chiqamiz.
1. Faoliyatning asosiy yo‘nalishi bo‘yicha daromad (foyda) solig‘i va O‘O‘Sni
to‘lovchilar.
- Konsignatsiya tovarining kelib tushish paytida hisoblangan va to‘langan O‘O‘S
summasiga:
D-t 4410-«Soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari»
K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik».
D-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik»
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».
- Bojxona bojlari va aktsiz solig‘ini hisoblab yozish va to‘lash:
D-t 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar»
K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik».
D-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik»
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».
Tovarlarni shartnomaviy bahoda sotish:
D-t 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»
K-t 9020-«Tovarlarni sotishdan olingan daromad».
- Tovar invoysi va BYuD bo‘yicha konsignant daromadi va konsignant daromadi qiymatiga (agar
bu shartnoma shartlarida ko‘zda tutilgan bo‘lsa) sotish kuniga bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy bankining rasmiy kursi bo‘yicha:
D-t 9120-«Sotilgan tovarlar tannarxi»
K-t 6990-«Boshqa majburiyatlar».
Bir vaqtning o‘zida 004-«Komissiyaga qabul qilingan tovarlar» hisobvarag‘idan
konsignatsiya tovari qiymati hisobdan chiqariladi.
- Tovarni sotishdan tushgan tushumni kirim qilish:
D-t 5110-«Hisob-kitob schyoti»
K-t 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar».
- Konsignatorning yalpi daromadi summasiga:
D-t 9020-«Tovarlarni sotishdan olingan daromad».
K-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija».
- Sotish hajmiga hisoblangan O‘O‘S summasiga:
D-t 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»
K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar».
- Bojxonada avval to‘langan O‘O‘Sni hisobga olish:
D-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar»
K-t 4410-«Soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari».
- Byudjetga to‘langan O‘O‘S summasiga:
D-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar»
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».
- Davr xarajatlarini hisobdan chiqarish:
D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»
K-t 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar».
Dostları ilə paylaş: