hisobga kiradi) realizatsiya narxlarida qaymog‘i olingan sut qiymati chiqarib tashlanadi va qolgan
xarajatlar summasi qaymoqdan olingan asosiy mahsulot soniga tegishli bo‘ladi.
Ikkinchi bosqichda sariyog‘ tannarxi hisoblab chiqiladi. Buning uchun taqsimlangan
qo‘shimcha sarflarni ham hisobga olingan holda qayta ishlashda hisobga olingan xarajatlar
summasidan qo‘shimcha mahsulot – ayronning belgilangan narxlardagi
qiymati chiqarib
tashlanadi va qolgan xarajatlar summasi olingan asosiy mahsulot – sariyog‘ga tegishli bo‘ladi.
Xarajatlarni alohida hisobga olish mavjud bo‘lgan boshqa qayta ishlashlar bo‘yicha ham
mahsulot tannarxi mana shunday yo‘l bilan aniqlanadi (pishloq, yog‘li tvorog, quyultirilgan sut
ishlab chiqarish).
Sutni qayta ishlab chiqarishda sut xom-ashyosining (sut, qaymoq, yog‘i olingan sut) sarfini
va tayyor mahsulotning chiqishini doimiy nazorat qilish muhim ahamiyatga ega.
Sut va sut
mahsulotlarini qayta ishlash qaydnomalari
(124-shakl) mana shu maqsadda yuritiladi. Ularda
xronologik izchillikda qayta ishlov berishga kelgan sut mahsuloti, qayta ishlashdan keyin olingan
sut mahsulotlari nomi, ularning soni va yog‘ning miqdorini qayd qilinadi. Qaydnomaning orqa
tomoni ish vaqtini hisobga olish va ish haqini hisoblab chiqish uchun foydalaniladi. Sutni qayta
ishlashdan olingan mahsulotlar sarfi ham mana shu yerda aks ettiriladi.
Bunda mahsulotning
qayerga, kimga berilganligi, hujjatning tartib nomyeri, soni, yog‘ining miqdori ko‘rsatiladi.
Qaydnoma asosida har kuni xom ashyo sarfi va tayyor mahsulotning chiqishi nazorat qilinadi.
Dostları ilə paylaş: