qadar (sotilishi, boshqa hisob guruhiga o‘tkazilishi) yoki ushbu
hisob guruhida hech qanday
o‘zgarish bo‘lmasa – yil oxiriga bo‘lgan ozuqa-kunlar soni aniqlanadi. So‘ng umumiy xarajat
summasidan qo‘shimcha mahsulotlar qiymati chegirib tashlanadi. Agar toylar ishchi ot sifatida
foydalanilgan bo‘lsa, bajargan ishlar bir ish kunining normativ qiymati bo‘yicha
baholanib,
aniqlangan summa umumiy xarajatlardan chegirib tashlanadi. Qolgan xarajatlar summasini
muayyan hisob guruhi bo‘yicha ozuqa kunlar soniga taqsimlash yo‘li bilan bir ozuqa-kun tannarxi
aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich toylarning muayyan guruhida boqilgan kunlarisoniga ko‘paytirilib
ularning o‘sish tannarxi aniqlanadi.
Qimizchilik biyalar ferma sining
asosiy mahsuloti biya suti, qimiz va biyasidan
ajratilmagan qulunlardir. Biya va ayg‘irlarni asrash xarajatlaridan qo‘shimcha
mahsulotlar
qiymatini chegirib tashlab qolgan summa qimiz bilan qulunlarga quyidagicha taqsimlanadi:
Sut – 1 sentner – 1,0; 6-9 oylik 1 bosh qulun – 6,0.
Qimiz olinmaydigan yilqichilikda bir bosh qulun tannarxi biya va ayg‘irlarni asrash
xarajatlaridan qo‘shimcha mahsulotlar qiymatini chegirib tashlanib qolgan summani qulunlar bosh
soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Tuyachilikda tug‘ilgan bir bosh bo‘taloqning tannarxi urg‘ochi tuyalarning 120 ozuqa-kuni
qiymati bilan aniqlanadi. Bir bosh bo‘taloqning moyasidan ajratish vaqtidagi tannarxini aniqlash
uchun yil boshiga qolgan tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlariga joriy yildagi bo‘taloqni
tuyalarning bo‘talog‘i ajratilgunga qadar qilingan saqlash xarajatlarini qo‘shib, olingan summadan
katta yoshdagi tuyalar bajargan ishlar, olingan sut, jun va qo‘shimcha mahsulotlar qiymati hamda
kelgusi yilga o‘tkaziladigan tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari qiymati chegirib tashlanadi
va qolgan summa bo‘taloqlar bosh soniga bo‘linadi.
Bo‘taloqlar o‘sishining tannarxi ham yilqichilikdagi kabi aniqlanadi. Lekin bu ishda ayrim
xususiyatlar mavjud. Tuyalar ikki yilda bir marta bolalaydi va ularning bo‘g‘ozlik davri 13
oygacha cho‘ziladi. Shuning uchun ham tuyalarning bir yillik asrash
xarajatlari tugallanmagan
ishlab chiqarish xarajatlari sifatida kelgusi yilga qoldiriladi.
Dostları ilə paylaş: