(guruhi)
ming
so‘m
ming so‘m
ming so‘m
Standart
olma
80
60000
4800000
80
2471040
30888
Nostandar
t olma
30
40000
1200000
20
617760
20592
Jami
110
X
6000000
100
3088800
X
Shundan urilgan 2 s olma qo‘shimcha mahsulot sifatida chegirib tashlanib, qolgan 30
sentnerining tannarxi Kalkulyatsiyalanishi lozim. Jami xarajat summasidan qo‘shimcha mahsulot
qiymati (40000 so‘m) chegirib tashlanganidan so‘ng qolgan summa (3231800 so‘m) alohida
mahsulot turlari (olma va qalamcha ko‘chat) o‘rtasida belgilangan koeffitsientlar bo‘yicha
taqsimlanadi. Olmaga tegishli xarajat summasi (3088800 so‘m) esa standart va nostandart
olmalarning bozor baholari bo‘yicha qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanib, 1 sentnerining
tannarxi aniqlanadi (11.8-jadval). Ushbu misolda mahsulotlar tannarxini aniqlashning
kombinatsiyalashgan uslubi qo‘llanilgan. Ushbu uslub qo‘shimcha mahsulotlar qiymatini
chegirish, koeffitsientli va mutanosib taqsimlash usullaridan iborat.
11.3.7. Dehqonchilik mahsulotlarining rejadagi va haqiqiy tannarxlari o‘rtasidagi
farqlarni tuzatish (korrektirovka qilish)
Dehqonchilik mahsulotlarining haqiqiy tannarxi aniqlanganidan so‘ng yil oxiriga
sarflanmay qolgan urug‘lik, yem-xashak, tovar mahsulotlar hamda sotilgan, qayta ishlangan,
chorva mollariga va boshqa ehtiyojlar uchun sarflangan mahsulotlar qayta baholanadi ya'ni
ularning reja tannarxi haqiqiy tannarxiga tenglashtiriladi.
Mahsulotlarning haqiqiy va reja tannarxi o‘rtasidagi farqlar quyidagicha hisobdan
o‘chiriladi: butun korxona bo‘yicha mahsulotlarning har bir turi bo‘yicha rejadagi va haqiqatdagi
xarajat summalari taqqoslanadi va natijada taqsimlanishi lozim bo‘lgan umumiy farq topiladi;
mahsulot turlari bo‘yicha umumiy farqni korrektirovka qilinishi kyerak bo‘lgan mahsulot
miqdoriga bo‘lib, mahsulot birligiga qancha tejash yoki oshiqcha sarflash to‘g‘ri kelishi
aniqlanadi; aniqlangan summalar mahsulotlarning turlari bo‘yicha ishlatilgan va xo‘jalikda
qoldirilgan miqdorlariga ko‘paytiriladi va shu mahsulotlar aks ettirilgan schotlarga qo‘shimcha
o‘tkazish (oshiqcha sarflanganda) yoki storno qilinishi (tejalganda) kyerak.
Mahsulotlarning reja va haqiqiy tannarxlari o‘rtasidagi tafovutlar boshqacha usulda ya'ni
tafovutlarning mahsulotlar reja tannarxiga nisbatan foizda hisoblangan hissalari bo‘yicha ham
hisobdan o‘chirilishi mumkin. Bu usulda reja va haqiqiy tannarx o‘rtasidagi tafovut quyidagicha
hisobdan o‘chiriladi: har bir analitik schot bo‘yicha yil davomida kirimga olingan mahsulotlarning
reja tannarxini ularni yetishtirishga ketgan haqiqiy xarajatlar bilan taqqoslanadi va bunday
taqqoslash asosida taqsimlanishi lozim bo‘lgan farq topiladi; topilgan farqlar mahsulotlarning reja
tannarxiga nisbatan foizlarda aniqlanadi; ishlatilgan va xo‘jalikda qoldirilgan mahsulotlarning reja
tannarxi hisoblab chiqarilgan foizga ko‘paytiriladi va korrektirovka qilinishi lozim bo‘lgan summa
aniqlanadi.
Mahsulotlar reja va haqiqiy tannarxlari o‘rtasidagi tafovutlarning jami ma’lumotlari ekin
turlari (bir xil ekin guruhlari) bo‘yicha «Dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarish xarajatlari va
mahsulot chiqishini hisobga olish qaydnomasi»
10
ga o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: