11.4.1. Chorvachilik tarmog‘i tavsifi, hisobining vazifalari va uslubiy asoslari
Chorvachilik tarmog‘i aholining sut, go‘sht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga,
sanoatning esa xom-ashyoga bo‘lgan talabini qondiradi. Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligida
islohotlarning chuqurlashtirish natijasida chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari,
mas'uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) va xususiy chorvachilik korxonalari rivojlanmoqda.
Ushbu tarmoq rivojlanishidagi bunday yo‘nalish mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish,
mehnat
unumdorligini oshirish mahsulot sifatini yaxshilash va tannarxini arzonlashtirishga imkon
yaratmoqda.
Chorvachilik o‘simlikchilik bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligining muhim tarmog‘i bo‘lib,
uning tarkibiga sut va go‘sht yo‘nalishidagi qoramolchilik, qo‘ychilik, cho‘chqachilik, yilqichilik,
parrandachilik, asalarichilik, quyonchilik,
ipakchilik, baliqchilik va boshqalar kiradi. O‘z
navbatida bu tarmoqlarning har biri mahsulotning ayrim turlarini yetishtirishga ixtisoslashgan
holda muayyan ishlab chiqarishlarni: qoramolchilik – sut chorvachiligini hamda mol go‘shti,
parrandachilik – tuxum hamda parhez go‘sht yetishtirishni o‘z ichiga oladi.
Shunga ko‘ra, chorvachilikdagi xarajatlar ishlab chiqarish sohalari va turlari bo‘yicha
farqlanadi. Bu esa buxgalteriya hisobida o‘z aksini topishi kyerak.
Boshqa sohalarda bo‘lgani kabi chorvachilikda ham ishlab chiqarish xarajatlari xilma-xil.
Ular turli xildagi moddiy xarajatlarni (ozuqa, biopreparatlar, dori-darmonlar, turli Materiallar va
hokazolar), sarflangan mehnat, asosiy vositalarning eskirishi va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Demak, buxgalteriya hisobi chorvachilik xarajatlarini ularning turlari bo‘yicha qat'iy
hisobga
olishni ta'minlashi kyerak.
Chorvachilikda mablag‘larning doiraviy aylanishi dehqonchilikdagiga qaraganda muhim
farq va xususiyatlarga ega. Tarmog‘da ishlab chiqarishning texnologik jarayoni muomalalarning
bir maromda sodir bo‘lishi va bir xilligi bilan o‘simlikchilikdagidan farq qiladi. Bu xususiyatlar
albatta, tabiiyki, xarajatlarni hisobga olishni tashkil etishga ta’sir ko‘rsatadi.
Chorvachilikda, odatda, mablag‘lar sarflanishi va mahsulotlar olish davrlarida uzulishlar
uzoq davom etmaydi. Shu bois, joriy yildagi barcha xarajatlar mazkur kalendar yilida ishlab
chiqarilgan mahsulotlarga tegishli bo‘ladi. Demak, buxgalteriya
hisobida chorvachilik
xarajatlarini, dehqonchilikdagi singari, yondash yillarga ajratish zaruriyati yo‘q. Chorvachilikdagi
barcha xarajatlar joriy yil mahsulotlari uchun qilinadigan xarajatlar hisobga olinadigan schotlarda
aks ettiriladi.
Chorvachilikda dehqonchilikdagi singari bajariladigan ishlar ham xilma-xil bo‘lmaydi.
Bunda ishlab chiqarishning texnologik jarayoni bajariladigan ishlar (oziqlantirish, mollarga qarash
va mahsulot olish)ning bir xilligi bilan tavsiflanadi. Bu ishlarning hammasi, odatda, uzluksiz
davom etadi va vaqt bo‘yicha qat'iy chegaralanmaydi. Demak, buxgalteriya hisobida xarajatlarni
mana shu belgilar bo‘yicha bo‘limlarga ajratish uchun ehtiyoj yo‘q.
Nihoyat, chorvachilikda
ishlab chiqarish jarayoni, odatda, bir joyga jamlangan bo‘ladi.
Masalan, sut ishlab chiqarish sutchilik majmuilarida va hokazo. Shunday ekan, buxgalteriya
hisobida xarajatlarni ayrim ishlab chiqarish bo‘linmalari bo‘yicha
hisobga olishga ham ehtiyoj
yo‘q.
Shunday qilib, chorvachilikda ishlab chiqarish xarajatlarini yondash yillar, ish turlari va
ba'zan ishlab chiqarish bo‘linmalari kabi muhim belgilar bo‘yicha alohida-alohida hisobga olishga
ehtiyoj yo‘q. Xarajatlarni chegaralash va tegishli yakuniy ma’lumotlar olish, odatda, ikki
yo‘nalishda amalga oshiriladi:
- ishlab chiqarishning asosiy turlari va chorva mollarining asosiy guruhlari bo‘yicha;
- xarajatlarning asosiy turlari bo‘yicha;
Ayrim hollarda masalan, qorako‘lchilik va parrandachilikda xarajatlar hisobi bo‘linmalari
alohida tashkil etilishi mumkin.
Xarajatlarni ishlab chiqarish turlari va chorva mollarining guruhlari bo‘yicha hisobga olish
analitik hisob obektlarini to‘g‘ri tashkil etish hisobiga ta'minlanadi. Analitik hisob obektlari
chorvachilikning asosiy tarmoqlari bo‘yicha, tarmoq ichida esa ishlab
chiqarishning har bir
turibo‘yicha yoki chorvamollarining guruhi bo‘yicha ochiladi.
Xarajatlarni asosiy turlari bo‘yicha hisobga olish hisob registrlarini tegishli tarzda tuzish
orqali ta'minlanadi. Xarajatlarni hisobga olish ko‘p grafali shakldagi registrlarda xarajatlarning har
bir tarmog‘iga alohida grafa ajratilgan holda olib boriladi.
Chorvachilik xarajatlarni hisobga olishda har xil uslublardan foydalanish ehtiyoji paydo
bo‘lmaydi. Barcha zarur ma’lumotlar analitik hisob va hisob registrlarini odatdagicha tuzish orqali
olinadi.
Chorvachilik xarajatlari hisobining olishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
xarajatlarni ishlab chiqarish turlari va chorva mollarning guruhlari bo‘yicha iqtisodiy
asoslangan holda ajratish;
yetishtiriladigan mahsulotning tannarxi shakllanadigan barcha xarajatlarni iqtisodiy jihatdan
bir turdagi element va tarmoqlar bo‘yicha aniq ajratib chiqish;
chorvachilikdan olingan mahsulotlarni o‘z vaqtida, aniq va to‘liq aks ettirish;
xo‘jalikning bo‘linmalari bo‘yicha xarajatlarni aniq aks ettirish;
asosiy, yondash va qo‘shimcha mahsulotlar tannarxini iqtisodiy asoslangan holda hisoblash.
Dostları ilə paylaş: