Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

 
 
10.3. Nomoddiy aktivlar kirimini hisobga olish 
Nomoddiy aktivlarni buxgalteriya hisobida hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar 
ochilgan: 
0410-«Patentlar, nou-xau va litsenziyalar» 
0420-«Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari» 
0430-«Dasturiy ta’minot» 
0440-«Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqi» 
0450-«Tashkiliy xarajatlar» 
0460-«Franshizalar» 
0470-«Mualliflik huquqlari» 
0480-«Gudvill» 
0490-«Boshqa nomoddiy aktivlar». 
Nomoddiy aktivlarning kirim qilinishi quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi:

Korxona tomonidan yaratilishi; 

Boshqa korxonalardan sotib olish; 

Tekinga olish; 

Nomoddiy aktivni muassislar tomonidan korxonaning ustav kapitaliga ularning ulushi tarzida 
yoki aktsiyalarning haqini to‘lash hisobiga kiritish. 
Nomoddiy aktivlarni kirim qilishda quyidagi hujjatlar rasmiylashtiriladi: 

Nomoddiy aktivlar korxona tomonidan yaratilganida - nomoddiy aktivni barpo etish 
to‘g‘risidagi shartnoma; korxona rahbarining barpo etilgan ob’ekt to‘g‘risidagi hujjatlarga 
maxfiylik maqomini berish va bu hujjatlardan foydalanuvchilar doirasini cheklab qo‘yish yo‘li 
bilan ob’ektni nou-xau sifatida xizmat yoki tijorat siri rejimini ta’minlash to‘g‘risidagi muhofaza 
hujjati; ob’ektni barpo etishga ketgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar; ob’ektni kirim qilib olish 
to‘g‘risidagi dalolatnoma va baholash dalolatnomasi; 

Pulga sotib olingan taqdirda - huquqlar berilganligi to‘g‘risidagi shartnoma, amalga oshirilgan 
to‘lovlarni tasdiqlovchi hujjatlar, qabul qilib olish dalolatnomasi; 



Tekinga olingan taqdirda - huquqlar berilganligi to‘g‘risidagi shartnoma, qabul qilib olish 
dalolatnomasi va baholash dalolatnomasi; 

Nomoddiy aktivni muassislar tomonidan korxonaning ustav fondiga ularning ulushi tarzida 
yoki aktsiyalarning haqini to‘lash hisobiga kiritilganida - ta’sis hujjatlari, qabul qilib olish 
dalolatnomasi va baholash dalolatnomasi. 
Tegishli shartnomalar asosida korxona mutaxassislari va chetdan jalb etilgan mutaxassislar 
kuchi bilan barpo etilgan nomoddiy aktivlar ob’ektlari 0830-«Nomoddiy aktivlarni sotib olish» 
hisobvarag‘ining krediti bilan korrespondentsiyada 0410-0490-hisobvaraqlar debeti bo‘yicha 
haqiqiy tannarxiga qarab nomoddiy aktivlar sifatida kirim qilinadi. 
Boshqa korxona va shaxslardan sotib olingan nomoddiy aktivlar 0830-«Nomoddiy 
aktivlarni sotib olish» hisobvarag‘ining krediti bilan korrespondentsiyada 0410-0490-
hisobvaraqlar debeti bo‘yicha kirim qilinadi. 
Misol. «Bobur» hissadorlik jamiyati 2001 yil sentyabr oyida qiymati 500000 so‘mlik 
dasturiy ta’minotni o‘zga tashkilotdan sotib oldi va uni balansga qabul qilib oldi. Ushbu 
muomalaga hisobda quyidagicha provodka beriladi: 

Nomoddiy aktiv xarid qilindi: 
D-t 0830-«Nomoddiy aktivlarni sotib olish» - 500000 so‘m
K-t 6990-«Boshqa majburiyatlar» - 500000 so‘m. 

Nomoddiy aktiv balansga qabul qilindi: 
D-t 0430-«Dasturiy ta’minot» - 500000 so‘m 
K-t 0830-«Nomoddiy aktivlarni sotib olish» -500000 so‘m. 
Boshqa korxona yoki jismoniy shaxslardan tekinga, shuningdek, hukumat organlarining 
subsidiyasi sifatida olingan nomoddiy aktivlar 8530-«Tekinga olingan mol-mulk» hisobvarag‘i 
bilan korrespondentsiyada 0410-0490-hisobvaraqlar debeti bo‘yicha kirim qilingan sanada ekspert 
yo‘li bilan, bozor qiymati bo‘yicha belgilangan bahoda aks ettiriladi. 
Ta’sischilar ustav fondiga ulush sifatida kiritgan yoki aktsiyalar haqini to‘lash hisobiga 
bergan nomoddiy aktivlarni kirim qilish 4610-«Muassislarning ustav sarmoyasiga ulushlar 
bo‘yicha qarzlari» hisobvarag‘i krediti hamda 0410-0490-hisobvaraqlar debetida aks ettiriladi. 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin