Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBOTLARI



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə262/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

21
MAVZU. BUXGALTERIYA HISOBOTLARI 
21.1. Hisobotning mohiyati va ahamiyati 
Korxonaning joriy faoliyati ma'muriyat tomonidan boshqaruv funksiyalarini safarbar qilish 
yo‘li bilan amalga oshirilib, uning natijalari buxgalteriya hisobi tizimida aks ettiriladi. Xo‘jalik 
yurituvchi subekt tomonidan ma'lum vaqt oralig‘ida amalga oshirilgan xo‘jalik muomalalari 
to‘g‘risidagi axborotlar tegishli hisob registrlarida umumlashtiriladi va guruhlangan holda ulardan 
buxgalteriya hisobotlariga o‘tkaziladi. Buxgalteriya hisobini huquqiy-me’yoriy tartibga solish 
tizimida hisobot korxonaning mulkiy va moliyaviy ahvoli hamda moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona tizimi sifatida qaraladi. Hisobotlar ma'lum hisobot davri uchun 
belgilangan shakllar bo‘yicha tayyorlangan buxgalteriya hisobi axborotlari asosida tuziladi. O‘z 
navbatida hisobot davri – bu korxona moliyaviy hisobotini tuzishi lozim bo‘lgan davr. 
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunning 18-moddasiga muvofiq moliyaviy hisobotning 
hisobot davri 1 yanvardan 31 dekabrga qadar bo‘lgan kalendar yil deb belgilangan. Yangidan tashkil 
etilgan yuridik shaxslar uchun ular yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan sanadan boshlab, yuridik 
shaxs hisoblanmaydigan subektlar uchun esa ular tegishli davlat organlarida ro‘yxatga olingan 
sanadan boshlab, o‘sha yilning 31 dekabrigacha bo‘lgan davr birinchi hisobot yili deb hisoblanishi 
belgilangan.
Agar xo‘jalik yurituvchi subekt joriy yilning 1 oktyabridan keyin ro‘yxatga olingan bo‘lsa, 
uning uchun birinchi hisobot yili keyingi yilning 31 dekabrida tugaydi. 
Xo‘jalik yurituvchi subektni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgungacha amalga oshirilgan xo‘jalik 
muomalalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar uning birinchi yildagi hisobotiga kiritiladi.
Hisob axborotlarini umumlashtirishning bunday tartibi avvalo korxonaning o‘zi uchun zarur 
va muayyan korxona moliya-xo‘jalik faoliyatini aniqlashtirish hamda ayrim hollarda unga tuzatish 
kiritish bilan bog‘liq.
Shuning uchun buxgalteriya hisobotining mazmuni axborotdan foydalanuvchilarning 
mulklar, moliyaviy ahvol, foyda va zararlar ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotlarni baholashiga ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan, istalgan faktlarni ochib berishi lozim. Bunday axborotlardan 
foydalanuvchilar rahbarlar, ta'sischilar, ishtirokchilar va korxona mulkining egalari hisoblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subekt faoliyati, mulkiy ahvoli va moliyaviy barqarorlik darajasi 
to‘g‘risidagi hisobotning mazmuni kapital quyishdan manfaatdor bo‘lgan investorlarda ham uchun 
qiziqish uyg‘otadi.

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin