1090
6. Auditorlik xizmatiga to‘lovlarning aks ettirilishi
9420
6990
7. Yuqori organni asrab turish uchun ajratma qilinishi
9420
6120
8. Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi bo‘yicha
zararning aks ettirilishi
9430
9210
9. Soliq organlarining qaroriga binoan jarima hisoblanilishi
9430
6410
10. Shartnoma shartlarini buzganlik uchun jarima hisoblanilishi
9430
6960
11. Hisobot davri oxirida davr xarajatlarining
yakuniy moliyaviy natijaga
o‘tkazilishi
9900
9410,
9420,
9430,
9440,
9450
20.4. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromadlar va xarajatlar hisobi
«
Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ga binoan moliyaviy faoliyatdan olinadigan
daromadlarga quyidagilar kiradi:
- olingan royaltilar va sarmoya transferti;
- O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar
faoliyatida ulush qo‘shgan holda qatnashishdan olingan daromad, aktsiyalar bo‘yicha dividendlar va
obligatsiyalar hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektga tegishli qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar;
- mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing to‘lovini olish);
- valyuta schyotlari, shuningdek chet el valyutalaridagi muomalalari bo‘yicha ijobiy kurs tafovutlari;
- sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, sho‘‘ba korxonalarga va hokazolarga) mablag‘larni
qayta
baholashdan olingan daromadlar.
Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar soliqqa tortishda yalpi daromadga
kiritilmaydi.
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromadlar hisobi «Asosiy xo‘jalik
faoliyatidan olinadigan
daromadlar» nomli 2-son BHMS, «Lizing hisobi» nomli 6-son BHMS, «Moliyaviy investitsiyalar
hisobi» nomli 12-son BHMSlar bilan tartibga solinadi.
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha olinadigan daromadlar uchun quyidagi schyotlar ochilishi
mumkin:
9510-«Royaltidan olingan daromadlar»
9520-«Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar»
9530-«Foiz ko‘rinishidagi daromadlar»
9540-«Kurs farqlaridan olingan daromadlar»
9550-«Moliyalanadigan lizingdan olinadigan daromadlar»
9560-«Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar»
9590-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa daromadlar».
Ushbu schyotlar tranzit bo‘lib, passiv xarakterga ega. Ularning
kredit oborotida tegishli
manbalar hisobidan moliyaviy foydaning ko‘payishi, debet oborotida esa ularning hisobdan
chiqarilishi aks ettiriladi.
9510-«Royaltidan olingan daromadlar» schyotida royalti va kapital transferti bo‘yicha olingan
daromadlar aks ettiriladi.
Royaltidan olingan daromadlarga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4850-«Royalti bo‘yicha olishga tegishli schyotlar»
K-t 9510-«Royaltidan olingan daromadlar».
9520-«Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar» schyotida O‘zbekiston Respublikasi hududida
va chet ellarda ulush qo‘shish yo‘li bilan boshqa korxonalar faoliyatida
qatnashishdan olingan
daromadlar, aktsiyalar bo‘yicha dividendlar aks ettiriladi.
Dividendlar bo‘yicha olinadigan daromadlarga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4840-«Olinadigan dividendlar»
K-t 9520-«Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar».
9530-«Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar» schyotida uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar
bo‘yicha hisoblangan foizlar aks ettiriladi. Foizlar hisoblanganida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4830-«Olinadigan foizlar»
K-t 9530-«Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar».
9540-«Kurs farqlaridan olingan daromadlar» schyotida valyuta schyotlari, shuningdek xorijiy
valyuta muomalalari bo‘yicha ijobiy kurs farqlaridan olingan daromadlar aks ettiriladi.
9550-«Moliyalanadigan lizingdan daromadlar» schyotida mulkni
uzoq muddatli ijaraga
berishdan olingan daromad aks ettiriladi.
Moliyalanadigan lizing bo‘yicha joriy yilda olinadigan daromad summasiga quyidagicha
provodka beriladi:
D-t 6230-«Muddati uzaytirilgan daromad» - joriy qismi
K-t 9550-«Moliyalanadigan lizingdan daromadlar»
Moliyaviy lizing bo‘yicha asosiy vositalarni ijaraga berishdan olingan daromad summasiga
quyidagicha provodka beriladi:
D-t 7290-«Boshqa muddati uzaytirilgan majburiyatlar»
K-t 9550-«Moliyalanadigan lizingdan daromadlar».
Uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatidan
ortiq baholangan farq summasiga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 0610, 5810
K-t 9560-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa daromadlar».
9590-schyotda moliyaviy faoliyatning boshqa turlaridan olingan foyda aks ettiriladi.
Hisobot davri yakunida 9510, 9520, 9530, 9540, 9550, 9560, 9590-schyotlarning
kredit
oborotidagi summalar yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkaziladi.
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarga quyidagilar kiradi:
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan hisob stavkalari darajasida va
ulardan ortiqcha olingan qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha,
shu jumladan
to‘lov muddati o‘tgan va uzaytirilgan ssudalar bo‘yicha to‘lovlar;
- mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo‘yicha foizlarni to‘lash xarajatlar;
- chet el valyutasi bilan muomalalar bo‘yicha salbiy kurs tafovutlaridan zararlar;
- sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, sho‘‘ba korxonalarga va hokazolarga) mablag‘larni qayta
baholashdan ko‘rilgan zararlar;
- o‘z qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq xarajatlar;
- moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan salbiy diskont.
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni hisobda aks ettirish
uchun quyidagi schyotlar
ochilgan:
9610-«Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar»
9620-«Kurs farqlaridan zararlar»
9630-«Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha xarajatlar»
9690-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar».
Ushbu schyotlar tranzit bo‘lib, aktiv schyot xarakteriga ega. Ularning debet oborotlari sodir
bo‘lgan moliyaviy xarajatlarni, kredit oboroti esa ularning hisobdan chiqarilishini ko‘rsatadi.
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar hisobi «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan
daromadlar» nomli 2-son BHMS, «Lizing hisobi» nomli 6-son BHMS, «Moliyaviy investitsiyalar
hisobi» nomli 12-son BHMSlar bilan tartibga solinadi.
Dostları ilə paylaş: