Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə273/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

22.4.
 
O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosati. 
O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatining huquqiy asoslari davlat mustaqilligining 
dastlabki kunlaridan boshlab yaratila boshlangan. O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 31 
avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi qonunda 
O‘zbekistonning bundan buyon o‘zining mustaqil moliya-soliq siyosatini olib borishi ko‘rsatib 
o‘tildi. Qolaversa davlatning soliq siyosati asosi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham o‘z 
ifodasini topgan. 
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab soliqlar sohasida o‘ndan ortiq qonunlar qabul 
qilindi. Jumladan: 1992 yil 15 fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Korxonalar, 
tashkilotlar va birlashmalar soliqlari to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet El 
fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmaganlarning solig‘i to‘g‘risida”gi Qonunlari, ularga kiritilgan 
o‘zgartirishlar hamda qonunlar asosida ishlab chiqilgan yo‘riqnomalar va tartiblar bo‘ldi. 1993 yil 7-
mayda esa “Mahalliy soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul 
qilindi. 
Soliqlarning huquqiy asosini jamlab ko‘rsatuvchi hujjat 1997 yil 24 aprelda O‘zbekiston 
Respublikasining Soliq Kodeksi qabul qilindi. 1997 yilning avgust oyida O‘zbekiston 
Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. 
2008 yil yanvar oyidan Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi qabul qilindi. 
Umuman siyosat deganda davlatning ilgaridan rejalashtirilib, aniqlab va huquqiy me’yorlar 
asosida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yig‘indisi tushuniladi. Soliq bo‘yicha ishlarni tashkil 
qilish ham shu to‘g‘ridagi davlat siyosati bilan yuritiladi. Davlatning soliq siyosati uning iqtisodiy-
moliya siyosatining ajralmas tarkibiy qismidir va unga bog‘liq holda olib boriladi, chunki soliq 
munosabatlari moliya munosabatlarining muhim tarkibiy qismidir. 
Soliq siyosati davlatning soliq sohasidagi barcha tadbirlarini rejalashtirish, qonun, farmon va 
qarorlar ijrosini ta’minlash hamda uni tashkil qilishdagi ishlab chiqilgan chora-tadbirlar yig‘indisidir. 
Shunday ekan, faqat mustaqil davlatgina o‘zining mustaqil soliq siyosatiga ega bo‘ladi va uni amalga 
oshiradi. Davlat soliq siyosatini ishlab chiqish moliya-iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadi. 
Davlat soliq siyosati respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirish, ijtimoiy himoyalangan, erkin bozor 
iqtisodiyotini boshqarishga har tomonlama ta’sir ko‘rsatadi. 
Davlat soliq siyosatini ishlab chiqayotganda mavjud soliqlarni yoki yangi kiritilishi 
mo‘ljallangan soliqlarning mohiyati, ahamiyati, kelib chiqishi va rivojlanishtarixini chuqur o‘rganishi 
lozim. Ayniqsa, yangi soliqlar chiqarilayotganda ular ilmiy asoslangan bo‘lishi, yirik amaliyotchi 
mutaxassislar va jamoatchilik o‘rtasida erkin bahslashuv asosida biror qarorga kelishi zarur. Bu yerda 
hech qachon bir sohaning mutaxassislari fikri bilangina chegaralanib qolmaslik kerak, chunki soha 
mutaxassislari o‘z manfaatlarini ko‘proq ko‘zlab, umumdavlat manfaatlarini ular ko‘ra olmasliklari 
yoki bila olmasliklari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosati respublika iqtisodiy 
rivojlanishining besh tamoyilining ustivor yo‘nalishlari asosida yuritilmoqda. Respublika davlat soliq 
siyosatini anna shu tamoyillardan kelib chiqib soliq sohasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. 
Soliq siyosatining ikki yo‘nalishi mavjud. 
1.
Korxona va tashkilotlarga nisbatan soliq siyosati. Eng avvalo, korxona va tashkilotlarning 
bozor iqtisodiyoti sharoitidagi erkinligini hisobga olish. Ularni moliyaviy mustaqilligi, erkin baho 
belgilashlariga to‘sqinlik qilmaslik va byudjetga soliq to‘lovlari belgilanayotda faqat demokratik 
asosda soliqlarni undirishni tashkil etish zarurdir. 


228 
2.
Soliq siyosatida aholining turli xil guruhlariga nisbatan xilma-xil yondashish zarurdir. 
Nochor, kam ta’minlanganlarga iloji boricha soliqlardan ko‘proq imtiyozlar berish va kam kuch 
sarflab ko‘p daromad oluvchi yoki boshqa yengil daromad topuvchilarga nisbatan yuqori 
progressiyali soliq stavkalarini qo‘llashdan iboratdir. 
Soliq siyosatining strategiyasi va taktikasini ishlab chiqilgan bo‘lishi zarur. Strategiya uzoq 
yillarga mo‘ljallangan, soliq munosabatlaridagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha chora-tadbirlarning 
majmuasini ko‘rsatuvchi uzoq yillik rejadir. Taktikada esa soliq strategiyasining har bir ma’lum davr 
(yil, chorak)da amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq tadbiriy choralar ko‘rsatiladigan qisqa muddatli 
rejadir. Taktika strategiyadan kelib chiqishi lozim. 
Mustaqillik davrida soliq siyosatiga e’tibor bersak, davlat

birinchidan, soliq tushumlarining umumiy summasida egri soliqlar salmog‘ini oshirib 
bormoqda; 

Ikkinchidan, resurslar soliqlari solmog‘ini oshirib borish; 

Uchinchidan, butun respublika soliq idoralarini yuqori darajali komp’yuter bilan ta’minladi; 

To‘rtinchidan, soliq og‘irligini pasaytirib borish siyosati; 

Beshinchidan, davlatimiz soliq siyosatida yuridik shaxslarni eksportga mahsulot ishlab 
chiqarish va bu orqali erkin ayriboshlanadigan valyutalarining respublikamizga kirib kelishi 
ta’minlanadi; 

Oltinchidan, yuridik shaxslarning mehr-shavqat fondlariga xarajatlari va nogironlarni ishga 
joylashtirishlari har tomonlama rag‘batlantiriladi; 
Yettinchidan, kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun ixchamlashtirilgan soliq tizimi joriy etilib 
ularning faoliyatidan manfaatdor bo‘lishlik qiziqtiriladi. 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin