Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Yuridik shaxslarning moliya yilidagi xarajatlari va ularni tarkibi



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə275/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

 
23.2. Yuridik shaxslarning moliya yilidagi xarajatlari va ularni tarkibi. 
Soliq to‘lovchining xarajatlari soliq solinadigan foydani aniqlash paytida chegirib tashlanadi. 
Asoslangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar, qonun hujjatlariga va (yoki) soliq 
to‘lovchining hisobga olish siyosatiga muvofiq rasmiylashtirilgan zararlar ham soliq to‘lovchining 
xarajatlari bo‘ladi. 
Soliq to‘lovchining xarajatlari haqiqatda qaysi soliq davrida amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha 
davrda chegirib tashlanadi. Agar ayni bir xil xarajatlar xarajatlarning bir nechta moddasida nazarda 
tutilgan bo‘lsa, soliq solinadigan foydani hisoblashda mazkur xarajatlar faqat bir marta chegirib 
tashlanadi. 


233 
Soliq to‘lovchi sarflagan va qiymati chet el valyutasida ifodalangan xarajatlar qiymati milliy 
valyutada ifodalangan xarajatlar bilan jamlab hisobga olinadi. Mazkur xarajatlarni qayta hisoblash 
soliq to‘lovchi tomonidan buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga 
oshiriladi. 
Soliq to‘lovchining xarajatlari chegirib tashlanadigan va chegirib tashlanmaydigan 
xarajatlarga bo‘linadi. 
Chegirib tashlanadigan xarajatlar quyidagilardir: 
1) moddiy xarajatlar; 
2) mehnatga haq to‘lash xarajatlari; 
3) amortizatsiya xarajatlari; 
4) boshqa xarajatlar; 
5) kelgusida soliq solinadigan foydadan chegirib tashlanadigan hisobot davridagi xarajatlar. 
Quyidagilarga soliq to‘lovchining xarajati sifatida qaralmaydi: 
1) vositachilik, topshiriq shartnomasi yoki vositachilik xizmatlari ko‘rsatish uchun 
boshqa shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilishi munosabati bilan, shuningdek komitent yoki 
boshqa ishonch qog‘ozi bergan shaxs uchun vositachi va (yoki) boshqa ishonchli shaxs tomonidan 
qilingan xarajatlarga haq to‘lash hisobiga vositachi va (yoki) boshqa ishonchli shaxs tomonidan 
topshirilgan mol-mulk tarzidagi to‘lovlar, agar bunday xarajatlar tuzilgan shartnomalarning 
shartlariga muvofiq vositachi yoki boshqa ishonchli shaxsning yoxud boshqa ishonch bildiruvchining 
xarajatlari tarkibiga kiritilishi lozim bo‘lmasa; 
2) soliq to‘lovchi emitent tomonidan topshirilgan, aktsiyadorlar o‘rtasida aktsiyadorlar 
umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan o‘zlariga tegishli aktsiyalar miqdoriga mutanosib ravishda 
taqsimlanadigan aktsiyalarning qiymati yoxud emitentning ustav fondi (ustav kapitali) ko‘paytirilgan 
taqdirda aktsiyalarni aktsiyadorlar o‘rtasida taqsimlashda dastlabki aktsiyalar o‘rniga berilgan yangi 
aktsiyalarning nominal qiymati bilan aktsiyadorning dastlabki aktsiyalarining nominal qiymati 
o‘rtasidagi farq; 
3) boshqa yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yoki oddiy shirkatga hissa 
sifatida berilgan mol-mulk, mulkiy huquqlar qiymati. 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin