28 MAVZU. YAGONA SOLIQ TO`LOVI VA IJTIMOIY JAMG`ARMALARGA
MAJBURIY TO`LOVLAR
28.1. Kichik korxonalar uchun ixchamlashgan soliqqa tortish tizimiga o‘tishning
ahamiyati va yagona soliq to‘lovchilar.
O‘zbekiston Respublikasi oldida turgan qator ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni yechishda, shu
jumladan, bozorlarni tovarlar va xizmatlar bilan to‘ldirishda, aholining ish bilan bandligini
ta’minlashda bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lmish kichik
biznesning ahamiyati beqiyosdir.
O‘zbekistonda kichik biznesni rivojlantirishda davlatning katta yordami tufayli kichik biznes
korxonalari o‘zining katta imkoniyatlarini ishga solishi mumkin. Ularga davlat yordam berishi,
kafolatlashdan tashqari ixchamlashgan soliqqa tortish tizimiga o‘tishga ruxsat berishlik — ularni
tashkil qilish, moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ixchamlashgan soliq tizimining ahamiyati juda kattadir. Bu faqat soliqlarning
ixchamlanganligida emas, balki hisob xodimlari uchun vaqg va pul xarajatini kamaytirish, soliqlar va
yig‘imlardan tqlanadigan moliyaviy jazolarni kamaytirish imkonini beradi.
Kichik korxonalar uchun ilgarigi umumdavlat va mahalliy soliqlar, yig‘imlar o‘rniga yagona
soliqning o‘rnatilishi soliq hisobi tuzishni osonlashtirdi, ilgarigi ko‘p soliq hisoblari va
dalolatnomalar o‘rniga yagona soliq hisobi beriladigan bo‘ldi.
Aktsizga tortilgan tovarlar ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar aktsiz solig‘ani ham
to‘laydilar.
Kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lashga o‘tish ixtiyoriydir. Bunda O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Kichik korxonalar uchun ixchamlashgan soliqqa tortish
tizimiga o‘tishni qo‘llash" to‘g‘risidagi +aroriga amal qilinadi (1998 yil 15 aprel, 159-son).
Ixchamlashtirilgan soliq to‘lashga o‘tgan kichik korxonalar uchun quyidagi to‘lovlarni to‘lash
tartibi saqlanib qolingan:
—
aktsiz solig‘i;
—
boj to‘lovlari;
—
davlat boji;
—
byudjetdan tashqari fondlarga to‘lovlar (pensiya fondi, bandlik va yo‘l fondlari);
—
birja bitimlari yig‘imi;
—
maxsus tovarlarni sotish huquqi olish litsenziya yig‘imi;
—
mahalliy
auktsionlar
va
lotoreyalar
o‘tkazish
huquqi
olish litsenziya yig‘imi;
—
savdo qilish huquqi olish yig‘imi;
306
—
avtotransport turar joyi yig‘imi;
Korxonada ishlovchilar soni cheklangan me’yordan oshmagan yuridik shaxslar yagona soliq
to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadi. Bunga faoliyat ko‘rsatuvchi hamma mulkiy shakldagi korxonalar
kiradi. Demak, kichik korxona me’yori faqat ishlovchilar sonigagina qaralib, ishlab chiqarilgan
mahsulot hajmini va daromad mikdori e’tiborga olinmaydi. Shu yerdan ko‘rinib turibdiki, davlat ko‘p
mahsulot ishlab chiqaruvchi, ishlar, xizmatlar bajaruvchi kichik korxonalarni iqtisodiy
rag‘batlantiradi.
Savdo tashkilotlari faoliyat turiga qarab ulgurji, cha-kana savdo va ovqatlanish korxonalariga
bo‘linadi. Ular statistika idoralarida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘ladilar. Ularning har biriga o‘sha
ro‘yxatdan kod belgilangan. Ularning kodi 71000 — 72100 gachadir.
Mulk shakliga qarab: xususiy, aktsiyadorlik va davlat savdo tashkilotlariga bo‘linadi.
Demak, savdo tashkilotlarini soliqqa tortish masalalarini yechishda korxonalarning kodi va
faoliyat turiga e’tibor beriladi.
Savdo tashkilotlarida muomala xarajatlarini kamaytirishga qiziqishni oshirish maqsadida
ularning soliqlarini ixchamlashtirish, soliqparning to‘liq tushishini tashkil qilish uchun O‘zbekiston
Respublikasining "Savdo va ijtimoiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish ti-zimini
takomillashtirish to‘g‘risida" degan Farmoni qabul qilindi.
Shu Farmonga binoan savdo va ijtimoiy ovqatlanish korxonalari 1999 yil 1 yanvardan boshlab
umumdavlat va mahalliy soliqlar va yig‘imlar to‘lashdan ozod etildi:
Yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar quyidagilardir:
1) mikrofirmalar va kichik korxonalar:
2) xodimlarning sonidan qat’i nazar:
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari;
xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar;
lotereyalar tashkil qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish doirasidagi yuridik shaxslar.
Yagona soliq to‘lovi quyidagi mikrofirmalar va kichik korxonalarga tatbiq etilmaydi:
aktsiz solig‘i to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqaruvchi va yer qa’ridan foydalanganlik uchun
soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchi mikrofirmalar va kichik
korxonalarga;
yagona yer solig‘i va qat’iy belgilangan soliq to‘lash nazarda tutilgan faoliyat doirasidagi
mikrofirmalar va kichik korxonalarga;
mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchisi bo‘lgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga xodimlarining soni bo‘yicha qonun hujjatlarida
belgilangan mezonga mos keladigan yuridik shaxslar kiradi. Bunda:
xodimlarning soni hisobot yili uchun xodimlarning o‘rtacha yillik sonidan kelib chiqqan holda
aniqlanadi;
xodimlarning o‘rtacha yillik sonini aniqlashda o‘rindoshlik, pudrat shartnomalari va boshqa
fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar bo‘yicha ishga qabul qilingan xodimlarning, shuningdek
unitar (sho‘‘ba) korxonalarda, vakolatxonalar va filiallarda ishlayotganlarning soni ham hisobga
olinadi;
yuridik shaxslarni mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga kiritishda yuridik shaxsning
asosiy faoliyat (ixtisosligi) turiga to‘g‘ri keladigan xodimlar sonining mezoni qabul qilinadi.
Soliq solish maqsadida savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari jumlasiga savdo faoliyati,
umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat o‘tgan hisobot yili yakunlari bo‘yicha asosiy faoliyat turi
bo‘lgan yuridik shaxslar kiradi.
Quyidagilarga savdo faoliyati sifatida qaralmaydi:
o‘zi ishlab chiqargan mahsulot bo‘lgan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan ularni
mustaqil yuridik shaxs bo‘lmagan firma do‘konlari orqali realizatsiya qilish;
vositachi, ishonchli vakil tomonidan vositachilik, topshiriq shartnomasi bo‘yicha tovarlarni
realizatsiya qilish, shu jumladan davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilish;
307
tayyorlov va ta’minot-sotish faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar tomonidan tovarlarni
realizatsiya qilish.
Umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat deganda kulinariya, shuningdek boshqa oziq-ovqat
mahsulotini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularni iste’mol qilishni tashkil etish bo‘yicha
faoliyat tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: |