287
Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan soliq solinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‘ining soliq solish ob’ekti bo‘lmaydi.
Soliq solinadigan baza jami daromaddan kelib chiqib, soliq solishdan
ozod qilingan daromadlar
chegirilgan holda aniqlanadi.
Agar soliq to‘lovchining daromadidan uning ixtiyoriga ko‘ra, sud yoki boshqa organlarning qaroriga
binoan biron bir ushlab qolishlar amalga oshirilsa, bunday ushlab qolishlar soliq solinadigan
bazani kamaytirmaydi.
Jismoniy shaxsning chet el valyutasida ifodalangan daromadlari daromadlar amalda olingan sanada
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy
valyutada qayta hisoblab chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida chet ellik jismoniy shaxslarga O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomalari hisobga olingan holda soliq solinadi.
Chet ellik jismoniy shaxslardan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish o‘zarolik
printsipi bo‘yicha tugatilishi yoki cheklanishi mumkin.
Chet ellik jismoniy shaxslar bilan bitimlar tuzish chog‘ida bunday
bitimlarning shartlariga
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni amalga oshiradigan soliq to‘lovchilar hamda boshqa shaxslar
chet ellik jismoniy shaxslarning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha xarajatlarini
o‘z zimmasiga olishini nazarda tutadigan soliq haqidagi izohlar kiritilishiga ruxsat berilmaydi.
Chet ellik jismoniy shaxsning – O‘zbekiston Respublikasi rezidentining daromadlariga
belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinadi.
O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomasini qo‘llash huquqiga ega bo‘lgan
O‘zbekiston Respublikasi norezidentining O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan
daromadlaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i byudjetga to‘langan
taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining bunday norezidenti to‘langan
jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‘ini soliq majburiyati bo‘yicha da’vo muddati mobaynida byudjetdan
qaytarib olish huquqiga ega. Bunda O‘zbekiston Respublikasi norezidenti jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qilish to‘g‘risidagi yoki uning summasini kamaytirish
to‘g‘risidagi
iltimos bayon etilgan arizani, shuningdek quyidagi hujjatlarni O‘zbekiston
Respublikasining davlat soliq xizmati organiga taqdim etadi:
O‘zbekiston Respublikasi bilan ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish to‘g‘risida xalqaro
shartnomaga ega bo‘lgan davlatning rezidenti ekanligini rasmiy jihatdan tasdiqlovchi hujjatni;
olingan daromadlarni tasdiqlovchi hujjatni;
O‘zbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan
tashqarida O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan
daromadlardan jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘langanligi to‘g‘risidagi tegishli xorijiy davlatning vakolatli
organi tomonidan tasdiqlangan hujjatni.
O‘zbekiston Respublikasining davlat soliq xizmati organi arizani uch oy muddatda ko‘rib
chiqadi va taqdim etilgan hujjatlar ishonchli bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston
Respublikasining
norezidentiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasini byudjetdan qaytaradi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi g‘ayriqonuniy qo‘llanilgan bo‘lsa,
O‘zbekiston Respublikasining davlat soliq xizmati organi O‘zbekiston Respublikasi norezidentiga
asoslangan rad javobini yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan, jismoniy shaxslardan – O‘zbekiston
Respublikasining rezidentlaridan olinadigan daromad solig‘i summalari O‘zbekiston
Respublikasida soliq to‘lashda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq
hisobga olinadi.
Dostları ilə paylaş: