285
Yerlarning turlari
Maydon,
ga
Me’yoriy qiymati, ming so‘m
Soliq
stavkasi,
%
Soliq
summasi,
so‘m
(satr 4 x
satr
5/100 x
1000)
1 ga
Jami maydonning
(satr 2 x satr 3)
1
2
3
4
5
6
Yerlarning
umumiy
maydonidan soliqqa
tortilmaydigan
yerlar
- jami:
shu jumladan:
23
x
2693,0
2
53860
Yangi tutzorlar bilan
band bo‘lgan yerlar
20
103,6
2072,0
x
x
Sport inshootlari bilan
band bo‘lgan yerlar
3
207,2
621,0
x
x
Soliqqa tortilmaydigan yerlarning me’yoriy
qiymatidan kelib chiqib, soliqqa tortilmaydigan
yerlarga to‘g‘ri keladigan soliq summasi 53860 so‘mni tashkil etadi.
Byudjetga to‘lanadigan yagona yer solig‘ining summasi
yerlarning umumiy maydoniga
hisoblangan soliq summasining soliq to‘lanmaydigan yerlar (amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq
soliq to‘lanmaydigan yerlar) hisoblangan soliq summasining farqi sifatidan aniqlanadi.
Byudjetga to‘lanadigan soliq summasi 3627890 so‘mni (3681750 - 53860) tashkil etadi.
26.4 Yagona yer solig‘i bo‘yicha soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va soliqni to‘lash
tartibi
Yagona yer solig‘ini to‘lash tartibini qo‘llash uchun soliq to‘lovchi har yili joriy soliq
davrining 1 fevraliga qadar soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat
soliq xizmati organlariga
o‘tgan soliq davrida qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlashning umumiy hajmida
qishloq xo‘jaligi mahsulotining o‘zi yetishtirgan va qayta ishlagan ulushi ko‘rsatilgan
ma’lumotnomani taqdim etadi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlashning umumiy hajmida qishloq
xo‘jaligi mahsulotining o‘zi yetishtirgan va qayta ishlagan ulushini
aniqlashda ushbu Kodeksning
132-moddasida nazarda tutilgan boshqa daromadlar hisobga olinmaydi.
Agar o‘tgan soliq davri yakunlari bo‘yicha yagona yer solig‘i to‘lovchi belgilangan shartlarga
javob bermasa, soliq to‘lovchi joriy soliq davrining boshidan boshlab umumbelgilangan
soliqlarni yoki yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tishi kerak.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga kiradigan soliq to‘lovchi belgilangan shartlarga
javob bermay qo‘ygan soliq davridan keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay davlat soliq xizmati
organiga soliq solish tartibini tanlash to‘g‘risida yozma bildirish taqdim etadi. Soliq to‘lovchining
yozma bildirishni belgilangan muddatda taqdim etmaganligi uning byudjet
bilan hisob-kitoblarni
belgilangan tartibda amalga oshirishga roziligi deb hisoblanadi.
Yagona yer solig‘ini to‘lashdan umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tgan soliq to‘lovchi
ushbu Kodeksda nazarda tutilgan yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, obodonlashtirish
va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq
bo‘yicha u umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tgan soliq davrining birinchi choragi uchun joriy
to‘lovlarni to‘lashdan ozod qilinadi.
286
Umumbelgilangan soliqlarni yoki yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tgan yagona yer solig‘ini
to‘lovchi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq faqat navbatdagi soliq
davri boshidan boshlab yana yagona yer solig‘ini to‘lashga o‘tishga haqlidir.
Qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar, shuningdek qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi
ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba-eksperimental xo‘jaliklari va ta’lim muassasalarining o‘quv-
tajriba xo‘jaliklari faoliyatning yagona yer solig‘ini to‘lash tatbiq etiladigan qismi bo‘yicha soliq
solishning boshqacha tartibini tanlash huquqiga ega emas.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lmagan faoliyat
turlarini amalga oshirishda yagona yer solig‘i to‘lovchi mazkur faoliyat turlari bo‘yicha
alohida-
alohida hisob yuritishi shart.
Soliq solish tartibini tanlash huquqi saqlab qolingan mikrofirmalar va kichik korxonalar
faoliyatning boshqa turlari bo‘yicha korxonalarning tegishli toifalari
uchun belgilangan stavkalar
bo‘yicha yagona soliq to‘lovi to‘lashi mumkin. Mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga
kirmaydigan soliq to‘lovchi umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tishi kerak.
Yagona yer solig‘ini to‘lovchilar uchun boshqa daromadlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotini
yetishtirish va qayta ishlash bilan bog‘liq daromadlar sifatida qaraladi hamda ularga soliq solinmaydi,
birgalikdagi faoliyatdan olingan daromadlar bundan mustasno.
Birgalikdagi faoliyatdan olinadigan daromadlarga yagona yer solig‘i to‘lovchida
dividendlarga soliq solish uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha soliq solinadi.
Yagona yer solig‘i summasi soliq solinadigan bazaga qarab:
er uchastkalarining normativ qiymati va yagona yer solig‘ining belgilangan stavkasidan;
er
uchastkalarining maydonidan, yer uchastkasi joylashgan yer va yer uchastkasining sifat
tavsifini (bonitet ballini) nazarda tutadigan tuzatish koeffitsienti e’tiborga olingan holda belgilangan
stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Yagona yer solig‘ining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati
organiga joriy soliq davrining 1 mayigacha taqdim etiladi.
Yil davomida berilgan yer uchastkalari uchun yagona yer solig‘i yer uchastkasi berilganidan
keyingi oydan boshlab to‘lanadi. Yer uchastkasi olib qo‘yilgan (kamaytirilgan) taqdirda, yagona yer
solig‘ini to‘lash yer uchastkasi olib qo‘yilgan (kamaytirilgan) oydan boshlab to‘xtatiladi
(kamaytiriladi).
Yer uchastkasining tarkibi va maydoni yil davomida o‘zgargan, shuningdek yagona yer solig‘i
bo‘yicha imtiyozlarga bo‘lgan huquq vujudga kelgan (tugatilgan) taqdirda, soliq to‘lovchilar davlat
soliq xizmati organlariga hisobot yilining 1 dekabrigacha yagona yer solig‘ining aniqlik kiritilgan
hisob-kitobini taqdim etishlari shart.
Yagona yer solig‘ini to‘lash quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
hisobot yilining 1 iyuligacha – yillik soliq summasining 20 foizi;
hisobot yilining 1 sentyabrigacha – yillik soliq summasining 30 foizi;
hisobot yilining 1 dekabrigacha – soliqning qolgan summasi.
Dostları ilə paylaş: