Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Mustaqil o‘rganish uchun savollar



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə359/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

Mustaqil o‘rganish uchun savollar: 
1)
Buxgalteriya hisobi schyotlari deb nimaga aytiladi? 
2)
Buxgalteriya hisobi schyotlari qaysi buxgalteriya hisobining milliy standarti bilan 
tartibga solinadi? 
3)
Buxgalteriya hisobi schyotlari necha qism va bo‘limni o‘z ichiga oladi, ularni aytib 
bering? 
4)
Aktiv schyotlar deb qanday schyotlarga aytiladi? 


371 
5)
Passiv schyotlar deb qanday schyotlarga aytiladi? 
6)
Tranzit schyotlar deb qanday schyotlarga aytiladi? 
7)
Kontr-aktiv schyotlar deb qanday schyotlarga aytiladi? 
8)
Kontr-passiv schyotlar deb qanday schyotlarga aytiladi? 
9)
Ikki yoqlama yozuv deb nimaga aytiladi? 
10)
Sintetik schyotlar bo‘yicha oborot vedomostining mazmunini tushuntirib 
bering? 
2.2-mashq. Dastlabki hujjatlarni to‘lg‘azish 
«Turon» agrofirmasi sabzavotchilik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga 
ixtisoslashgan. Xo‘jalikning joylashgan manzili: Toshkent viloyati, Qibray tumani, O‘nqo‘rg‘on 
qishlog‘i. 
Hisob raqami №: 20346200150840021301 Turonbankning Toshkent viloyat Qibray tumani 
bo‘limida. 
Turon agrofirmasi raisi-B.B.Tolibov. 
Bosh buxgalter- D.SH.Abdullayev 
Bosh agronom – R.A.Sattorov 
Bosh zootexnik – B.S.Ibragimov 
Buxgalter – T.Y.Qosimov 
Bosh injener – R.X.Yunusov 
Ekspeditor – I.S.Aliyev
Ustaxona mudiri – S.A.Nabiyev 
Ekspeditor – A.A.Aripov 
Dispetcher – P.G.Nazarov 
Mexanik – I.T.Baxromov 
Ombor mudiri – B.T.Tursunov. 
Изоҳ
: машқни бажараётганда етишмаган айрим зарур реквизитларни 
мустақил ҳолда белгиланг.
 
1-guruh uchun: 
Ishonchnomani to‘ldirish 
Quyidagi ma’lumotlar asosida tovarlarni olish uchun ishonchnoma to‘ldiring, 
ishonchnomaning asosiy rekvizitlarini va uning qaysi guruhga tegishliligini aniqlang:
Ishonchnoma «Turon» agrofirmasi vakili – ekspeditor Aliyev Islom 
Safarovichga (pasport seriyasi CV №7450045, 17.10.1998 yil Toshkent viloyati 
Qibray tumani IIB tomonidan berilgan) «O‘zagrokimyota’minot» AJ Toshkent viloyati 
bo‘limidan 2 tonna mineral o‘g‘it olish uchun 3.12.20....da berilgan. 
Ekspeditor Aziz Alimovich Aripovga (pasport seriyasi CV №2310653, 
17.10.2000 yil Toshkent viloyati Zangiota tumani IIB tomonidan berilgan) «Sabo» 
MCHJdan (Buxoro shahrida joylashgan) qurilish materiallari olib kelish 4.12.20....da 
berilgan. 
 
2-guruh uchun: 
Kassa kirim va kassa chiqim orderlarini to‘ldirish hamda kassir hisobotini tuzish 
Quyidagi ma’lumotlar asosida kassa kirim orderini to‘ldiring, uning asosiy 
rekvizitlarini yozing va hujjatlar klassifikatsiyasi bo‘yicha guruhini aniqlang.
02.12.20.....ga kassirning hisoboti. 02.12.20.....ga kassadagi qoldiq – 10 470 
so‘m.
02.12.20.....dagi muomalalar: 
T.T.Karimovdan realizatsiyadan tushum kirim qilindi – 23 250 so‘m.


372 
Xizmat safari va ish haqi uchun naqd pul olindi – 200 860 so‘m 
I.S.Aliyevga xizmat safari uchun hisobi beriladigan pul berildi – 15 000 so‘m 
A.A.Aripovga xizmat safari uchun – 60 000 so‘m 
№5-vedomost bilan ish haqi tarqatildi – 125 860 so‘m 
Kassadagi pul e’lon hujjati bo‘yicha bankka topshirildi – 33 720 so‘m
Yuqoridagi muomalalar bo‘yicha dastlabki hujjatlarni to‘lg‘azing va ularga 
asoslanib kassir hisobotini tuzing hamda xo‘jaldik muomalalariga buxgalteriya 
provodkasini tuzing.
3-guruh uchun: 
Xizmat safari guvohnomasi va bo‘nak hisobotini tuzish 
Belgilangan shaklda Buxoro shahriga xizmat safariga borib kelish uchun xizmat 
safari guvohnomasini va bo‘nak hisobotini tuzing.
Xizmat safari guvohnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi: 
Toshkentdan ketdi – 04.12.200_, Buxoroga keldi – 04.12.200_, Buxorodan ketdi 
– 8.12.20...., Toshkentga keldi – 8.12.20..... 
Taqdim qilindi:
1) biletlar: Toshkent – Buxoro – 7 200 so‘m, Buxoro – Toshkent – 7 200 so‘m; 
2) 04.12.20.....dan 9.12.20..... kunlari uchun mehmonxona xarajatlari - 5600 
so‘m (sutkasiga). 
3. Sutkalik xarajatlari belgilangan normativ bo‘yicha. 
4. Transport xarajatlari – 7 800 so‘m (biletlari ilova qilingan). 
Xodimga xizmat safari uchun 60000 so‘m berilgan. 
2.3-mashq. Buxgalteriya hujjatlarini turkumlash. 
Quyida keltirilgan hujjatlarni tayinlanishi, tuzish joyi va aks ettirish usuliga ko‘ra 
turkumlang:
1-guruh uchun: 
1-variant
Avans hisoboti
Kassir hisoboti
Tovar-transport yuk xati
Limit-zabor kartasi
Kassa kirim orderi
To‘lov vedoosti
To‘lov topshiriqnomasi 
Inventarizatsiya ro‘yxati
Qiymatliklarni 
tekshirish 
natijasi 
dalolatnomasi 
Asosiy vositalarni qabul qilish-
topshirish dalolatnomasi 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin