Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə357/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

 
3-guruh uchun: 
1.5-mashq. Quyidagi buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilarni guruhlarga 
ajrating. 
Bosh buxgalter, menejerlar (boshqaruvchilar), mol yetkazib beruvchilar va 
pudratchilar, omborchi, kassir, ta’sischilar, banklar, soliq inspeksiyasi, statistika organi,
xaridorlar.
Ichki 
foydalanuvchilar 
Tashqi foydalanuvchilar 
Bevosita moliyaviy 
manfaatdor 
Bilvosita moliyaviy 
manfaatdor 
Moliyaviy 
manfaatdor 
bo‘lmagan 


366 
 
1.6-mashq. Quyida berilgan aktivlar (xo‘jalik mablag‘lari) va passivlar (xo‘jalik 
mablag‘lari manbalari)ni guruhlang: 
 
1. Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar 
bo‘yicha qarz 
9. Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari
2. Soliqlar bo‘yicha qarz 
10. Tayyor mahsulotlar
3. Hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘lari 11. Ustav kapitali
4. Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan 
schyotlar
14. Moddiy zararlar bo‘yicha xodimlarning 
qarzlari
5. Xaridorlardan olingan bo‘nak(avans)lar
12. Ofis jihozlari
6. Transport vositalari
13. Taqsimlanmagan foyda
7. Patentlar
15. Ehtiyot qismlar
8. Ko‘p yillik ekinlar
16. Tovarlar 
Guruhlash natijalarini quyidagi jadvalda aks ettiring va sharhlang. 
Aktivlar (xo‘jalik mablag‘lari) 
Passivlar (xo‘jalik mablag‘lari manbalari)
Uzoq muddatli aktivlar 
Joriy aktivlar
Uzoq muddatli aktivlar 
Joriy aktivlar
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Mustaqil o‘rganish uchun savollar: 
Xo‘jalik hisobida qo‘llaniladigan o‘lchovlarni ayting? 
Hisobning turlari, ularning farqlari va umumiyligi nimalardan iborat? 
Buxgalteriya hisobining asosiy qoidalarini ta’riflang? 
Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilar haqida tushuncha bering? 
Buxgalteriya hisobining boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqasini ayting?
O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini tashkil etishni tartibga soluvchi meyoriy-huquqiy 
hujjatlarni aytib bering? 
Buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? 
Buxgalteriya hisobining predmetini ta’riflang. 
Buxgalteriya hisobining obyektlari nimalardan iborat? 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt mablag‘lari (aktivlar) ni guruhlashning mohiyati nimadan 
iborat? 
Mablag‘lar manbalari (passivlar) ni guruhlashning mazmunini ta’riflang? 


367 
Buxgalteriya hisobi metodining mohiyati va uning elementlari qanday? 
“Blits-so‘rov” uchun savollar: 
1) “Buxgalteriya balansi” mazmunini aytib bering? 
2) Buxgalteriya balansining turlari va tasniflanishi haqida tushuncha bering? 
3) Xo‘jalik muomalasi ta’sirida balansda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni aytib bering? 
4) Buxgalteriya schyotlari hamda ularning turlari haqida tushuncha bering? 
“Sindikat guruhlar”da yechish uchun test savollari. 
1-guruh uchun: 
1. Buxgalteriya balansi aktivi tarkibi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? 
A) Uzoq muddatli aktivlar, joriy aktivlar 
V) O‘z mablag‘lari manbalari, majburiyatlar 
S) Asosiy aktivlar, xususiy kapital 
D) O‘z mablag‘ining manbalari, qisqa muddatli aktivlar 
2. Buxgalteriya hisobining schyotlari ta’rifi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? 
A) Buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar 
va majburiyatlarning holati to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborotlarni shakllantirish; 
samarali boshqaruv maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarni umumlashtirish; 
moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish 
V) Aktivda ko‘payish va aktivda kamayish; passivda ko‘payish va passivda kamayish; 
aktiv va passiv bir xil summaga ko‘payadi; aktiv va passiv bir xil summaga kamayadi 
S) xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larning manbalari va xo‘jalik jarayonlarini nazorat 
qilish va boshqarish uchun, ularni joriy tartibda hisobga olish, guruhlash va bir tizimga 
keltirish usuli 
D) Ikki yoqlama yozuv usulida yuritish, uzluksizlik, aniqlik, hisoblash, oldindan ko‘ra 
bilish, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi, hisobot davri daromadlari va
xarajatlarining muvofiq kelishi va boshqalar 
3. Ikki yoqqlama yozuv deb nimaga aytiladi? 
A) Hisobot davri oxirida schyotda qoladigan qoldiq 
V) Aktiv schyotning debet tomoniga joriy davrda yozilgan summalarning yig‘indisi 
S) Passiv schyotning kredit tomoniga joriy davrda yozilgan summalarning yig‘indisi 
D) Xo‘jalik muomalasi ta’sirida summaning bir schyotning debet, ikkinchi schyotning 
kredit tomonida o‘zaro aloqadorlikda aks ettirilishi 
2-guruh uchun: 
1. Buxgalteriya balansi passivi tarkibi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? 
A) Asosiy aktivlar, xususiy kapital 
V) O‘z mablag‘ining manbalari, qisqa muddatli aktivlar 
S) Uzoq muddatli aktivlar, joriy aktivlar 
D) O‘z mablag‘lari manbalari, majburiyatlar 


368 
2. Aktiv schyotlar deb nimaga aytiladi? 
A) xo‘jalik mablag‘larining manbalarini hisobga oladigan schyotlar 
V) xo‘jalik mablag‘lari va jarayonlarini hisobga oladigan schyotlar 
S) Xususiy kapitalni hisobga oladigan schyotlar 
D) Majburiyatlarni hisobga oladigan schyotlar 
3. Sintetik schyotlar deb nimaga aytiladi? 
A) xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larning manbalari va xo‘jalik muomalalari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni faqat pul o‘lchovida hisobga oladigan schyotlar 
V) xo‘jalik mablag‘lari va mablag‘larning manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni faqat 
mehnat o‘lchovida hisobga oladigan schyotlar 
S) xo‘jalik mablag‘lari, manbalar va xo‘jalik muomalalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 
faqat natura o‘lchovida hisobga oladigan schyotlar 
D) xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larning manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hech 
qanday o‘lchovlarsiz hisobga oladigan schyotlar 
3-guruh uchun: 
1. Buxgalteriya balansidagi tip o‘zgarishlari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? 
A) Aktivda ko‘payish va passivda kamayish; aktiv va passiv bir xil summaga 
kamayadi; aktiv va passiv bir xil summaga ko‘payadi 
V) Aktivda ko‘payish va aktivda kamayish; passivda ko‘payish va passivda kamayish; 
aktiv va passiv bir xil summaga ko‘payadi; aktiv va passiv bir xil summaga kamayadi 
S) Passivda kamayish va aktivda ko‘payish; aktivda ko‘payish va aktivda kamayish; 
passivda ko‘payish va passivda kamayish 
D) Aktiv va passiv bir xil summaga ko‘payadi; aktiv va passiv bir xil summaga 
kamayadi; aktivda ko‘payish va passivda kamayish; passivda ko‘payish va aktivda 
kamayish 
2. Passiv schyotlar deb nimaga aytiladi? 
A) xo‘jalik mablag‘larining manbalarini hisobga oladigan schyotlar 
V) xo‘jalik mablag‘lari va jarayonlarini hisobga oladigan schyotlar 
S) Uzoq muddatli aktivlarni hisobga oladigan schyotlar 
D) Joriy aktivlarni hisobga oladigan schyotlar 
3. Analitik schyotlar deb nimaga aytiladi? 
A) xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larning manbalari va xo‘jalik muomalalari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni faqat pul o‘lchovida hisobga oladigan schyotlar 
V) xo‘jalik mablag‘lari va mablag‘larning manbalari to‘g‘risida to‘la tavsif beradigan 
va ularni pul, natura va mehnat o‘lchovida hisobga oladigan schyotlar 
S) xo‘jalik mablag‘lari, manbalar va xo‘jalik muomalalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 
faqat natura o‘lchovida hisobga oladigan schyotlar 
D) xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larning manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hech 
qanday o‘lchovlarsiz hisobga oladigan schyotlar 
2.1-mashq. 20__ yil 1 aprel holatiga “Turon” agrofirmasida buxgalteriya hisobi 
ma’lumotlari bo‘yicha quyidagi schyotlarda qoldiq (saldo) lar mavjud:


369 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin