1.2. Xo‘jalik hisobida qo‘llaniladigan o‘lchovlar
Xo‘jalik yurituvchi subekt faoliyati to‘g‘risidagi axborotlar, agar barcha hisobga olingan resurslar
va xo‘jalik jarayonlari hisob o‘lchovlarida ifodalansa, axborotdan foydalanuvchilar extiyojini qondiradi.
Hisob o‘lchovlari
– xo‘jalik resurslari va jarayonlarini o‘lchash va hisoblash asosida xo‘jalik
yurituvchi subektning har xil extiyojlari uchun ko‘rsatkichlarni shakllantiradigan o‘lchov birliklari.
Xo‘jalik mablag‘larini va jarayonlarini hisobda miqdoriy aks ettirish uchun
natural
,
mehnat
va
pul
o‘lchov
laridan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: