xilma-xilligi foydalanuvchilarning tarkibi bilan ham bog‘liq (1.6-rasm).
Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari umumiy konsepsiyasiga muvofiq hisob axborotlaridan
foydalanuvchilar: xizmatchilar, mol yetkazib beruvchilar, kreditorlar, investorlar, xaridorlar, hukumat,
jamoatchilik hisoblanadi.
1.6-rasm. Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilarning turkumlanishi
Bunday axborotdan foydalanuvchilar ikkita katta guruhga:
ichki foydalanuvchilar
va
tashqi
foydalanuvchilar
ga bo‘linadi.
Birinchi guruh
ichki foydalanuvchilar
ni tashkil etadi. Keng ma'noda ularga korxona ma'muriyati,
uning menejyerlari va nihoyat korxona xodimlari kiradi. Korxona ma'muriyati boshqaruv qarorlarini qabul
qilishning barcha bosqichlarida: biznes-reja tuzish, nazorat va boshqaruv funksiyasining o‘zining
samaradorligini baholashda hisob axborotlaridan foydalanadi.
Bevosita moliyaviy manfaatdor bo‘lgan tashqi foydalanuvchilar
– bu qarz beruvchilar, kreditorlar,
mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar, bo‘lg‘usi aksiyadorlar, ularning konsultantlari.
Tashqi foydalanuvchilarni eng avvalo quyilgan kapitalning qoplanishi qiziqtiradi: qarzlar
qaytarilishi, foizlarni ham qo‘shgan holda; tovarlar shartnoma bahosining to‘lanishi; dividendlarning
olinishi; ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga quyishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligi va h.k. Mol yetkazib
beruvchilar va boshqa tijorat kontragentlari sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar uchun pul mablag‘larining
o‘z vaqtida olinishi to‘g‘risida shak-shubhasiz xulosaga kelishga imkon beradigan hisob axborotlarini
olishdan manfaatdordirlar.
Bevosita moliyaviy manfaatdor bo‘lmagan tashqi foydalanuvchilar
– bu birinchi navbatda soliq
organlari. Ularning asosiy vazifasi soliqlar va boshqa to‘lovlar (bojxona to‘lovlari, jarimalar va boshqalar)
ni yig‘ishdan iborat.
Moliya bozorining ishtirokchilari – investorlarni emitent qimmatli qog‘ozining daromadliligi
(kotirovkasi), asosan aksiya sotib olish bilan bog‘liq risk (tavakkalchilik) darajasi qiziqtiradi. Aksiyalar va
boshqa qimmatli qog‘ozlarning sotilish va sotib olinish bahosi o‘rtasidagi farqqa, vositachilik xizmatlari
ko‘rsatishda uning ishtirokchilari o‘z moliyaviy natijalarini shakllantiradi. Emitentning qimmatli
qog‘ozlariga bo‘lgan talab va taklif uning moliyaviy barqarorligiga bog‘liq holda aniqlanadi.
Moliya bozorining professional ishtirokchilari, moliyaviy barqarorlik darajasini, mulkdorlarning
fond birjasida ro‘yxatga olingan va e’lon qilingan moliyaviy hisobotlaridagi ma’lumotlar asosida
aniqlashlari mumkin.
Davlat organlari – bu mamlakat iqtisodiyotini boshqaruv organlari (Iqtisodiyot vazirligi, Moliya
vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat statistika komiteti va b.) bo‘lib,
ular hisob va moliyaviy axborotlarni milliy iqtisodiyotning tarmoqlari va alohida ishlab chiqarishlarning
rivojlanishini bashorat qilish, nisbatlarni va o‘sish sur'atini aniqlash, yalpi daromadni hisob-kitob qilish va
boshqa shunga o‘xshash statistik ko‘rsatkichlarni hisob-kitob qilishga zarur bo‘lgan me’yorda o‘rganish
bilan shug‘ullanadilar.
Moliyaviy manfaati bo‘lmagan buxgalteriya hisobi axborotidan foydalanuvchilar
guruhiga
auditorlik tashkilotlari, kasaba uyushmalari, yollangan shaxslar, davlat muassasalari va shu kabilarni
Dostları ilə paylaş: