Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

Nomoddiy aktivlar
– moddiy-ashyoviy shaklga ega bo‘lmagan, xo‘jalik yurituvchi subekt 
tomonidan, xo‘jalik faoliyatida foydalanish maqsadida nazorat qilinadigan, shuningdek uzoq vaqt (bir 
yildan ko‘p) ishlatish uchun mo‘ljallangan mol-mulk obektlari. Shuningdek, nomoddiy aktivlar quyidagi 
talablarga javob berganida aktiv deb olinadi: aktiv ta’rifini qondiradigan; o‘lchanadigan; ahamiyatga molik 
bo‘lgan; ishonchli bo‘lgan; kelgusida iqtisodiy naf keltiradigan; ajratiladigan, ya'ni uni ishlatiladigan ishlab 
chiqarishdan alohida foydalanish mumkin bo‘lgan hollarda.
Nomoddiy aktivlarga patentlar, litsenziyalar, «nou-xau», savdo markalari, tovar belgilari, sanoat 
namunalari, dasturiy ta’minot, gudvill, tashkiliy xarajatlar, franshizalar, mualliflik huquqlari, xizmat 
ko‘rsatish belgilari va boshqalar kiradi.
Korxonaning 
joriy aktivlari
ga tovar-moddiy zaxiralari, kelgusi davr xarajatlari va kechiktiritilgan 
qarzlar, olinadigan schotlar (debitor qarzlar), pul mablag‘lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqalar 
kiradi.
Xo‘jalik yurituvchi subekt aktivlari tarkibida joriy aktivlarning ro‘yxati keng va xilma-xil bo‘lib, 
ular doimo aylanishda bo‘lganligi sababli uzoq muddatli aktivlarga qaraganda nisbatan yuqori likvidli 
hisoblanadi. Joriy aktivlarning naqd pulga aylantirish oson bo‘lgan qismi yuqori likvidli deyiladi.
Ishlab chiqarish sohasidagi mablag‘larning ikkinchi qismini mehnat buyumlari tashkil etadi. Bular 
kishi mehnati yo‘naltiriladigan mablag‘lardir. Mehnat buyumlari tarkibiga urug‘lik ko‘chatlar, em-xashak, 
yosh chorva mollari va boquvdagi mollar, yordamchi Materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, ehtiyot 
qismlar, yoqilg‘ilar, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr sarflari va boshqalar kiradi. Mehnat 
buyumlari ishlab chiqarishi jarayonida qatnashib mehnat vositalaridan farq qilgan holda, bir ishlab 
chiqarish jarayonida o‘z qiymatini yangidan yaratilgan mahsulotning tannarxiga to‘liq o‘tkazadi. Mehnat 
buyumlarining pulda ifodalangan yig‘indisi aylanma ishlab chiqarish mablag‘lari deb ataladi.
Tovar-moddiy zaxiralari korxonaning ishlab chiqarish zaxiralari va tugallanmagan ishlab chiqarish 
sohasidagi aylanma mablag‘laridan tashkil topadi. Ishlab chiqarish sohasidagi aylanma mablag‘lari 
quyidagilarga bo‘linadi: ishlab chiqarish zaxiralari – o‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari, urug‘lik 
va ko‘chatlar, ehtiyot qismlar va ta'mirlash Materiallari, neft mahsulotlari, qattiq yoqilg‘i, minyeral 
o‘g‘itlar, zaharli ximikatlar, hunarmandchilik va yordamchi ishlab chiqarishdagi qayta ishlovchi vositalar, 
idish va idish Materiallari, boshqa Materiallar, ta'mirlashga va boshqa asosiy faoliyat ehtiyoji uchun 
ishlatiladigan qurulish Materiallari, tugallanmagan ishlab chiqarish – kelgusi yillar hosili uchun qilingan 
xarajatlar, chorvachilikdagi ishlab chiqarish xarajatlari, hunarmandchilik va yordamchi ishlab 
chiqarishdagi xarajatlar, ustaxonalarning tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari, kelgusi davr sarflari. 
Zaxiralar, kapital quyilmalar va ta'mirlash xarajatlari (qurilma va Materiallar) tugallanmagan kapital 


qurilish, kapital tuzatish xarajatlari kapital quyilmalar va kapital ta'mirlashdagi aylanma mablag‘lar 
qatoriga kiradi. 
Ishlab chiqarilgan mahsulotning tovar qismi (ya'ni sotishga mo‘ljallangan qismi), pul mablag‘lari 
debitorlar bilan hisoblashuvdagi va muomala jarayoniga xizmat qiluvchi mablag‘lar muomala sohasidagi 
mablag‘larni tashkil etadi. 
Sotgan mahsulotlari uchun korxonalar pul oladilar va bu pullardan ishlab chiqarish vositalari 
(Materiallar, urug‘lik, neft mahsulotlari) sotib olish, ish haqi berish uchun, davlat budjeti bilan hisoblashish 
uchun va boshqa maqsadlarda foydalanadilar. Korxonaning pul mablag‘lari bankning hisoblashuv schoti 
va maxsus schotlarida yoki kassada saqlanadi. Korxona ixtiyorida mahsulot sotishdan va xizmat 
ko‘rsatishdan tushgan pullardan tashqari ishlab chiqarishni kengaytirishni budjetdan moliyalashtirish yoki 
mavsumiy sarflarni qoplash ko‘rinishidagi pul mablag‘lari ham bo‘ladi. 
Sotilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun pul mablag‘lari kelib tushishi 
amalda mahsulot sotilgan yoki xizmat bajarilgan vaqtidan kechikib sodir bo‘ladi. Sotilgan mahsulot yoki 
ko‘rsatilgan xizmat uchun mazkur korxonaga qarzdor bo‘lgan korxonalar yoki ayrim shaxslar 
debitorlar

qarzning o‘zi esa, (hisoblashuvdagi mablag‘lar) 
debitor qarz
deb ataladi. 
Shunday qilib, korxonaning muomala sohasidagi mablag‘lari amaliyotda tayyor mahsulotlar (tovar) 
ko‘rinishida omborlarda, pul mablag‘lari kassada yoki hisoblashuvda (debitor qarz) bo‘lishi mumkin. 
Mablag‘lar mavjudligi va joylashuvi xo‘jalikning iqtisodini to‘liq tavsiflay olmaydi. Buning uchun 
ularning manbalarini bilish zarur. 
Xo‘jalik mablag‘lari tashkil topish manbalari va tayinlanishiga ko‘ra korxonaning 
o‘z mablag‘lari 
manbalari
va 
majburiyatlari
yoki qarzga olingan mablag‘lar manbalariga bo‘linadi.
Korxonaning o‘z mablag‘lari manbalari 
xususiy kapital, maqsadli tushumlar
hamda 
kelgusi davr 
xarajatlari va to‘lovlari uchun zaxiralar
dan iborat.
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq korxonaning xususiy kapitali: ustav kapitali, 
qo‘shilgan kapital, zaxira kapitali va taqsimlanmagan foydalan tarkib topadi.

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin