Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

4-muomala.
Sotib olingan Materiallar shartnoma bahosi bo‘yicha (60000 so‘m) omborga 
kirim qilindi. Ularning kirimi 1010-«Xom-ashyo va Materiallar» aktiv schotining debetida aks 
ettiriladi. 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schoti debetida avval aks ettirilgan faktura 
qiymati (60000 so‘m) uning krediti bo‘yicha hisobdan chiqariladi.
D-t 1010-«Xom-ashyo va Materiallar» schoti
– 60000 so‘m. 
K-t 1510-«Materiallarni tayyorlash va 


xarid qilish» schoti
– 60000 so‘m 
Muomalalarni sintetik schotlarda aks ettirish bilan bir vaqtning o‘zida «A» va «B» 
Materiallarni hisobga oladigan analitik schotlarda ham ularning ulgurji baholari bo‘yicha, ya'ni «A» 
Material – 20000 so‘m va «B» Material 40000 so‘m aks ettiriladi. 
5-muomala.
Mol yetkazib beruvchilardan olingan Materiallar bo‘yicha transport-tayyorlov 
xarajatlariga to‘g‘ri keladigan farq summa (4200 so‘m) aniqlandi (2-muomala bo‘yicha 1200 so‘m Q 
3-muomala bo‘yicha 3000 so‘m). Ushbu summa 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» 
schotining debet oboroti (64200 so‘m) va kredit oboroti (60000 so‘m) ni solishtirish natijasida 
aniqlanadi. Mazkur schotni yopishda farq summa (4200 so‘m) 1610-«Materiallar qiymatidagi 
farqlar» schotining debetiga olib boriladi, ya'ni: 
D-t 1610-«Materiallar qiymatidagi
farqlar» schoti
4200 so‘m 
K-t 1510-«Materiallarni tayyorlash 
va xarid qilish» schoti
4200 so‘m 
6-muomala.
Mol yetkazib beruvchilarga shartnomaga muvofiq o‘tkazilgan 15 foizlik oldin 
to‘lov (bo‘nak) – 9180 so‘m hisobga qabul qilindi: 
D-t 6010-"Mol yetkazib beruvchilar va
pudratchilarga to‘lanadigan schotlar" –
9180 so‘m 
K-t 4310-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga 
to‘langan bo‘naklar» schoti– 9180 so‘m. 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin