1-muomala . Mol yetkazib beruvchilarga shartnomaga muvofiq 15% bo‘nak o‘tkazildi.
Dt 4310-«TMQlar uchun mol yetkazib beruvchilar
va pudratchilarga berilgan bo‘naklar» schoti9180
Kt 5110-«Hisob-kitob schoti» schoti
9180
2-muomala . Mol yetkazib beruvchilardan quyidagi Materiallar korxonaga keltirilgan, so‘m
hisobida:
«A» Material – 20000 so‘m (1000 kg x 20 so‘m)
«B» Material – 40000 so‘m (1000 kg x 40 so‘m).
Jami 60000 so‘m
Materiallarni temir yo‘l orqali tashib keltirish qiymati korxona hisobiga mol yetkazib
beruvchilar tomonidan to‘langan.1200 so‘m
H a m m a s i: 61200 so‘m
Materiallarning shartnoma narxlari bo‘yicha sotib olinishi dastavval 1510-«Materiallarni
tayyorlash va xarid qilish» schotining debetiga yoziladi. Materiallarni temir yo‘l orqali tashib keltirish
uchun transport-tayyorlov xarajatlarining summasi ham ushbu schotga olib boriladi. Lekin ushbu
summalar alohida kolonkalarda aks ettiriladi (1510-schot). Ushbu muomala bo‘yicha 6010-«Mol
yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schoti kreditlanadi. Chunki, bu schot
passiv bo‘lib, sotib olingan Materiallar uchun mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan qarzlarning
ko‘payishi uning kreditida aks ettiriladi. Shunday qilib, mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan
qarzlarning umumiy summasi 61200 so‘mni tashkil etadi.
Dt 1510«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schoti
61200 so‘m.
Kt 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar»
schoti
61200 so‘m.
Ushbu muomalani rasmiylashtirishda 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schotida
sotib olingan Materiallarning shartnoma narxlari bo‘yicha qiymati – 60000 so‘m va transport-
tayyorlov xarajatlari – 1200 so‘m alohida aks ettiriladi.
3-muomala . Materiallarni temir yo‘l stansiyasidan korxona omboriga tashib keltirganligi
uchun transport tashkilotiga 3000 so‘m hisoblandi. Ushbu summa transport-tayyorlov xarajatlarini
aks ettiradi va olingan Materiallarning haqiqiy tannarxiga qo‘shilishi lozim. Ushbu xarajatlarning
ko‘payishi 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schotining debetida ham yozilish mumkin.
Ushbu summaga 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schoti
kreditlanadi, chunki uning kreditida transport tashkilotiga bo‘lgan qarzning ko‘payishi aks ettiriladi.
Dt 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schoti 3000 so‘m
Kt 6010-«Mol yetkazib beruvchilar
va pudratchilargi to‘lanadigan schotlar» schoti… … … 3000 so‘m