Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Buxgalteriya hisobining avtomatlashtirilgan shakli



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

Buxgalteriya hisobining avtomatlashtirilgan shakli. 
Hisobning avtomatlashtirilgan shakli 
elektron hisoblash mashinalari(EHM)dan foydalanish asosida buxgalteriya hisobini to‘liq 
avtomatlashtirish va kompyutyerlashtirishga asoslanadi. 
Hisob ma’lumotlariga ishlov berish uchun EHMdan foydalanishni ikki bosqichga bo‘lish 
mumkin. Birinchi bosqichda ishlab chiqilgan buxgaltyerlik hisobini EHMda to‘liq 
avtomatlashtirishning namunaviy loyihasi buxgaltyerlik hisobini EHMda to‘liq avtomatlashtirishning 
xususiyatlari saqlanib qolinganligi uchun EHM imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmagan. Bunda 
shartli doimiy ma’lumotlarning ko‘p qismi bevosita hujjatlardan kiritiladi. Natijada, u har bir 
muayyan holda mashinaga kiritilganligi uchun o‘zgaruvchan ma’lumotga tenglashtirilganday bo‘ladi. 
Bundan tashqari, ma’lumotlarni to‘plash va ro‘yxatga olish hamda hujjatlarga hisoblash-ishlov berish 
avtomatlashtirilmagan. 
Ikkinchi bosqichda hisob vazifalarini to‘liq avtomatlashtirish va pyerifyerik texnikadan keng 
foydalaniladi. Bunda dastlabki ma’lumotlarnigina qayd qilishni avtomatlashtirish, uni aloqa 
shahobchalari va boshqa usullar yordamida EHMga uzatishga imkon yaratiladi. Bu vaqtda 
ma’lumotlarga hisoblash-ishlov berish, axborotlarni saralash, mashinagrammalarni pechatlash, 
hamda nazorat qilish bilan aloqador bo‘lgan barcha ma’lumotlar avtomatlashtiriladi. 
Avtomatlashtirilgan hisob shaklining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: ma’lumotlarni 
yig‘ish va qayd qilish vositalaridan foydalanish; shartli-doimiy ma’lumotlarga o‘zgaruvchan 
ma’lumotlar bilan birgalikda ishlov berilganda, ulardan ko‘p marta foydalanish uchun EHMning 
xotirasida to‘plash va dastlabki hujjatlardan barcha shartli-doimiy rekvizitlarni chiqarish hisobiga 
ularning mazmunini soddalashtirish; dastlabki ish hujjatlarining ma’lumotlari va ma’lumot (EHMga 
kiritilgan shartli-doimiy ma’lumot) massivlari asosida ma’lumotlarning oraliq massivlarini 
shakllantirish; avtomatik nazorat qilish va xatolarni ma’lumotlarga ishlov berish texnologik 
jarayonining barcha bosqichlarida tuzatib borish: natijaviy ma’lumotlar registri sifatida zarur 
ko‘rsatkichlar oldindan harflar bilan belgilangan mashina hujjatlari-mashinagrammalardan 
foydalanish. 
Oraliq massivlar natijaviy ma’lumotlar olish uchun berilgan dastur bo‘yicha o‘zgartiriladi, 
ma’lumotlarni xos raqami (kod) bilan belgilash ayrim nomenklatura darajasida va to‘plamida ham 
bir xil amalga oshiriladi. Ular mashina xotirasiga rasmiylashtirilgan, tasniflagich ko‘rinishida 
kiritiladi. Bunda buxgalteriya hisobining asosiy tamoyili – 
xo‘jalik muomalalarini schotlarda ikki 
yoqlama aks ettirish
to‘liq saqlanib qoladi. Natijaviy ma’lumot mashina chiqargichlarida va displey 
ekranida chiqishi mumkin. Elektron hisoblash mashinalari (EHM) asosida ishlab chiqarishni 
boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish buxgaltyerlik hisobi oldiga yangi talablar 
qo‘yadi. 
Shunga ko‘ra, buxgalteriya hisobining shakllarini rivojlantirishga zaruriyat kuchaymoqda. Bu 
rivojlanish hisobni zamonaviy elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish negizida to‘la 
kompyutyerlashtirish yo‘lidan bormoqda. 
Hisoblash texnikasini qo‘llash jarayonining butun tizimini takomillashtirish,ya'ni dastlabki 
hisobdan to davriy va yillik hisobotlar tuzgunga qadar nazorat, ishlab chiqarishni ilmiy rejalashtirish 
va boshqarish oldiga quyiladigan zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirilib borilishi lozim 
(3.5-rasm).

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin