Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va ishlab chiqarishdagi o‘rni



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

1.3.Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va ishlab chiqarishdagi o‘rni 
«Qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish» fanini o‘rganish “Iqtisodiyot nazariyasi”, 
“Oliy matematika”, “Pul, kredit va banklar”, “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Qishloq xo‘jalik 
iqtisodiyoti va menejmenti” kabi fanlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, mazkur fanlardan yetarli bilim va 
ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi. 
“Qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish” fani ishlab chiqarish jarayoni bilan 
bevosita bog‘langan. Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish
aktivlar, xususiy kapital va majburiyatlar hisobini tashkil qilish, daromad va xarajatlar, foyda va zararlar 
hisobini yuritish, inventarizaytsiya, moliyaviy va soliqqa doir hisobotlarni tuzish va taqdim etish, qishloq 
xo‘jalik korxonalari to‘laydigan soliqlarni to‘g‘ri hisoblash va to‘lash bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish 
asosida amalga oshiriladi. 
 
1.4.Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar 


Talabalarning Qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish fanini o‘zlashtirishlari 
uchun o‘qitishning zamonaviy usullaridan foydalanish, ilg‘or axborot va pedagogik texnologiyalarni tatbiq 
qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, 
texnologiyalar majmuasi, elektron materiallar foydalaniladi. Ma'ruza, amaliy mashg‘ulot darslarida mos 
ravishdagi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalaniladi. 
“Qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish” fanini loyihalashtirishda quyidagi asosiy 
konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi: 
Shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim.
Bu ta'lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta'lim jarayonining barcha 
ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta'limni loyihalashtirilayotganda, albatta, 
ma'lum bir ta'lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq 
o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin