Xo‘jalik tegirmon va juvozxonalarda
don yanchish (maydalash) pattasi (kvitansiyasi)
(122-shakl) dastlabki hujjat bo‘lib hisoblanadi. U tegirmon (juvozxona) boshlig‘i tomonidan don
olingan vaqtda ikki nusxada to‘lg‘aziladi. Birinchi nusxasi yanchish uchun don topshirgan shaxsga
beriladi, ikkinchisi esa tegirmon (juvozxona)da qoladi.
Sabzavot va mevalarni qayta ishlash uchun sarflangan xom-ashyo, materiallar, idishlar va
boshqa materiallar, shuningdek, olingan tayyor mahsulotlarni rasmiylashtirishda
mahsulotni qayta
ishlash to‘g‘risidagi hisobot
(123-shakl) tuziladi. Bu hisobot ilova qilingan hujjatlar bilan birga
buxgalteriyaga topshiriladi. Hisobot ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, uning birinchi bo‘limida qayta
ishlash uchun qabul qilingan xom-ashyo va Materiallar ko‘rsatilsa, ikkinchi bo‘limida ishlab
chiqarilgan tayyor mahsulotlar aks ettiriladi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan hujjatlar, shuningdek «Ish va xizmatlarni hisobga olish jurnali»
ma’lumotlari asosida sex boshlig‘i oy oxirida sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha ishlab chiqarish
hisoboti to‘lg‘azadi. Buxgalteriyada tekshirib qabul qilingan
ishlab chiqarish hisoboti
ma’lumotlari 10-ASK jurnal-orderidagi tegishli schotlar bo‘yicha o‘tkaziladi.
Sanoat ishlab chiqarishiga xarajatlar qilinganda 2030-«Sanoat ishlab chiqarish» schoti
debetlanib quyidagi schotlar kreditlanadi:
0500-"Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schotlar" (0510-0590) nomoddiy
aktivlarga hisoblangan eskirish summasiga;
1000-«Materiallarni hisobga oluvchi schotlar» (1010-1090) –
sarflangan xom-ashyo va
Materiallar qiymatiga;
2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schoti - qayta ishlashga berilgan tayyor mahsulotlar
qiymatiga;
9110-«Sotilgan tayyor mahsulotlar tannarxi» schoti – o‘z xo‘jaligida yetishtirilgan qishloq
xo‘jalik mahsulotlari, o‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollarining shartnoma bahosiga;
6710 – «Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» schoti – hisoblangan
mehnat haqi summasiga va boshqa schotlar.
Qayta ishlash uchun boshqa tashkilotlar va aholidan qabul qilingan Materiallarga ishlov berish
tannarxini aniqlash uchun alohida analitik schotlarda hisobga olingan xarajatlarni qabul qilingan
Materiallar hajmiga bo‘lish kyerak.
Ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari reja tannarxida qabul qilinganda 2030 schot
kreditlanib quyidagi schotlar debetlanadi:
1010 – schot o‘z ishlab chiqarishi uchun xom-ashyo va Materiallar
sifatida kirimga olingan
mahsulotlar qiymatiga.
2810 – schot – sotish va qisman o‘z ehtiyojlari uchun foydalaniladigan sanoat mahsulotlari
qiymatiga;
9720 – schot – tabiiy ofatlar oqibatida to‘liq nobud bo‘lgan sanoat ishlab chiqarish
mahsulotlari uchun qilingan xarajatlar summasiga.
Yil oxirida mahsulotlarning haqiqiy tannarxi aniqlangandan so‘ng uni reja tannarx darajasiga
yetkazib qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: