Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Tayyor mahsulotni jo‘natishni hisobga olish



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

 
12.4. Tayyor mahsulotni jo‘natishni hisobga olish 
Ombordan tayyor mahsulot xaridorlarga korxonaning sotish bo‘limi buyrug‘iga asosan 
jo‘natiladi. Mahsulotni sotish xaridor korxonalar bilan tuzilgan shartnoma va jo‘natish grafigiga 
muvofiq amalga oshiriladi. 
Sotish rejasini bajarishda xaridorlarga jo‘natilgan mahsulot hisobini to‘g‘ri tashkil qilish 
muhim ahamiyatga egadir. Buni mahsulot ortib jo‘natishdan tortib to uning uchun xaridorlardan 
pul kelib tushguncha bo‘lgan tovar mahsulotning harakatini doimiy ravishda kuzatib turish kerak. 
Bunday nazorat har bir dastlabki hujjat bilan jo‘natilgan tovar mahsulot bo‘yicha alohida yuritilib, 
shu mahsulotning qachon va kimga jo‘natilganligi, uning yo‘ldagi harakatiga qancha vaqt ketishi 


kerakligi va haqiqatda qancha vaqt ketganligi, qanday xaridorlar mahsulotni qachon qabul qilib 
olganliklari va qachon pulni to‘lash kerakligi, qanday xaridorlar ularga jo‘natilgan mollar uchun 
pul to‘lamagan va nima uchun to‘lanmaganligini, xullas, yo‘ldagi barcha tovar mahsulotning 
taqdiriga doir masalalar haqida xabardor bo‘lib turish imkonini beradi. 
Mahsulotning ombordan ketishini rasmiylashtiruvchi hujjat asosida xaridorlarga 
jo‘natilayotgan tayyor mahsulotga schyot, to‘lov talabnomasi yoziladi va tovar oluvchi korxonaga 
xizmat qiluvchining bankiga topshiriladi. 
To‘lov-talabnoma.
Mol yetkazib beruvchining schyot-fakturaga mos ravishda ortib 
jo‘natilgan mahsulot qiymati uchun xaridorning hisob-kitob schyotidan pulni o‘tkazib berish 
to‘g‘risida bankka bergan buyrug‘idir. Unda ortib jo‘natilgan mahsulot qiymati va sotish bahosi, 
soni, assortimenti qayd qilinadi (bu holatda schyot-faktura, albatta, to‘lov-talabnomasiga ilova 
qilinishi lozim). 
Schyot-faktura yoki to‘lov talabnomasining alohida bo‘lmasida tara va qadoqlash qiymati
hamda xaridor tomondan to‘lanadigan temir yo‘l bo‘yicha tarif summasi ko‘rsatiladi. Ba’zida 
xaridor tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan temir yo‘l tarifi bo‘yicha summaga umumiy 
mahsulotning sotish bahosi qo‘shib ko‘rsatilishi mumkin. Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi 
alohida bo‘lmada ko‘rsatiladi. Mol yetkazib beruvchi bilan xaridor o‘rtasida tuzilayotgan 
shartnoma vaqtida 
franko joy
to‘g‘risida to‘xtalib o‘tiladiki, bunda mahsulotni ortib jo‘natish 
bilan bog‘liq xarajatlarni mol yetkazib beruvchi o‘z zimmasiga oladi. Franko joyning quyidagi 
turlari mavjud: 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin