guruhlanadi va ular asosida tegishli hisob registrlari tuziladi. Tayyor mahsulot harakatining pul
shaklida ifodalangan hisobi ombor hisobi ma’lumotlari asosida buxgalteriyada yuritiladi.
Tayyor mahsulotning sintetik hisobi quyidagi hisobvaraqlarda yuritiladi:
2810-«Ombordagi tayyor mahsulot»
2820-«Ko‘rgazmadagi tayyor mahsulot»
2830-«Komissiyaga berilgan tayyor mahsulot».
2810-«Ombordagi tayyor mahsulot» hisobvarag‘i korxonaning omborida mavjud bo‘lgan
tayyor mahsulot miqdorini bildiradi. Ushbu hisobvaraqning debeti 2010, 2110, 2310 va boshqa
hisobvaraqlarning krediti bilan korrespondentsiyada korxona omboriga qabul qilingan tayyor
mahsulotlar qiymatini ifodalaydi.
Hisob-kitobning jurnal-order shaklida tayyor mahsulotning analitik hisobi 16-qaydnomada
yuritiladi. Bu qaydnoma to‘rtta bo‘limdan iborat bo‘lib ular quyidagilardir:
Dostları ilə paylaş: