Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Franko-ombor mol yetkazib beruvchi



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə217/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

Franko-ombor mol yetkazib beruvchi.
Bunda mahsulot ortib jo‘natish bilan bog‘liq 
bo‘lgan barcha xarajatlarini mol yetkazib beruvchi korxona to‘lov-talabnomasiga qo‘shadi 
(ombordagi ortib tushirish ishlarining qiymati temiryul tarifi va yetkazib berish xarajatlari). 
Franko-stantsiya jo‘natish shunday narxki
, u mol yetkazib beruvchi to‘lov-
talabnomasining summasi, temir yo‘l tarifi va mahsulotni vagonga ortish xarajatlari yig‘indisidan 
iborat. 
Belgilangan stantsiyagacha franko vagon shunday narxki
, bunda mol yetkazib beruvchi 
to‘lov talabnomasiga faqat temir yo‘l tarifi summasini qo‘shadi. 
Belgilangan stantsiyagacha franko.
Bunda jo‘natish bo‘yicha barcha xarajatlar temir yo‘l 
tarifi qo‘shilgan holda mol yetkazib beruvchi tomonidan to‘lanadi. 
Narxning franko ombor xaridor turida
mol yetkazib beruvchi ko‘rsatilgan xarajatlardan 
tashqari xaridorning stantsiyadagi ortib tushirish ishlari, uning ombordagi va omboriga yetkazib 
berish ishlari bo‘yicha xarajatlarni to‘laydi (qoplaydi). 
Bizning respublikamizda eng keng tarqalgan turi franko stantsiya jo‘natish hisoblanadi. 
Xo‘jalik shartnomasi
- bu korxonalarning xo‘jalik munosabatlari o‘rnatish haqidagi 
o‘zaro kelishuvidir. Shartnoma tomonlar majburiyati va huquqlarini belgilovchi asosiy hujjat 
hisoblanadi. Yuz bergan sharoitni hisobga olib vaqti-vaqti bilan shartnoma shartlari ko‘rib 
chiqilishi va ularga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Agar korxona belgilangan nomenklaturadagi 
mahsulotni jo‘natish yuzasidan shartnoma shartlarini buzsa, u holda ushbu korxonaga nisbatan 
jazo choralari qo‘llanadi. Demak, shartnoma bilan rasmiylashtirilgan har bir rejali buyurtma 
korxona xodimlari bajarishi shart bo‘lgan qonundir. Bunday tartib ishlab chiqarish samaradorligini 
oshirish, yuqori ish unumdorligiga erishishni ta’minlaydi. Belgilangan muddatda mahsulot sotish 
rejasining bajarilmaganligi uchun jarima to‘lash chorasi qo‘llaniladi. Jarima miqdori mahsulot 
sotish shartlariga qarab aniqlanadi.
 
Tayyor mahsulotlarni xaridorlarga jo‘natish xaridor bilan tuzilgan shartnomalar asosida 
amalga oshiriladi. Bu shartnomalarda jo‘natiladigan mahsulot muddati, miqdori, qiymati va hisob-
kitob shartlari keltiriladi. Jo‘natilgan mahsulot schyot-faktura, chiqim hujjati, to‘lov talabnomasi 
va boshqa hujjatlarda rasmiylashtiriladi. 
Mahsulotlar xaridorlarga jo‘natilganida jo‘natilgan tovar qiymatiga quyidagicha provodka 
beriladi: 
D-t 9110-«Sotilgan mahsulotning tannarxi» 
K-t 2810-«Ombordagi tayyor mahsulot». 


Jo‘natilgan tovarlarning analitik hisobi o‘z vaqtida bank inkassasiga berilgan hisob-kitob 
hujjatlari bo‘yicha, to‘lash muddati yetgan va to‘lash muddati yetmagan hisob-kitob hujjatlari 
bo‘yicha alohida hamda to‘lashga qabul qilinmagan, ma’sul shaxsda bo‘lgan jo‘natilgan tovarlar 
alohida hisobga olinadi.

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin