Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Tayyor mahsulot sotishning analitik va sintetik hisobi



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə219/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

12.6. Tayyor mahsulot sotishning analitik va sintetik hisobi 
Mahsulotning sotilishi korxona mablag‘lari aylanishining yakunlovchi jarayonidir. Bu 
jarayon korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning xalq xo‘jaligi iste’molida o‘z o‘rnini
topganligini anglatadi. Hozirgi paytda korxona ishini baholashda mahsulotning sotilishi asosiy 
ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib hisoblanadi. 
Xalqaro hisobda mahsulot, tovarlar sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan 
olinadigan tushumni belgilashning ikki usuli mavjud: 

Kassa usuli
– bunda sotuvdan olingan tushum, yuklab jo‘natilgan mahsulot uchun haq 
sifatida pul kelib tushishiga qarab e’tirof etib boriladi. 

Yuklab jo‘natish usuli
– bunda mahsulot xaridorlarga jo‘natilib, ularga hisob-kitob 
hujjatlari (schyot-faktura, transport yuk xatlari va boshqa shunga o‘xshash hujjatlar) 
topshirilishiga qarab bu mahsulot sotilgan hisoblanadi. 
Kassa usuli qo‘llanilganda mahsulotni topshirish va uning haqini to‘lashga doir xo‘jalik 
operatsiyalari bajarilgandan keyingina mahsulot sotish ishlari tugatilgan hisoblanadi. Agar 
mahsulot jo‘natilib, uning puli xaridorlardan kelib tushmagan bo‘lsa, sotish ishi yakunlangan deb 
hisoblanishi mumkin emas. 
Yuklab jo‘natish usuli qo‘llanilganda mahsulot va tovar jo‘natilib, ishlar va xizmatlar 
bajarilganidan keyin, ularning hisob-kitob hujjatlari xaridor (buyurtmachi)ga taqdim etilgan 
bo‘lsa, ana shunday mahsulot (ishlar, xizmat)lar va tovarlar sotilgan hisoblanadi. Hisob-kitob 
hujjatlari xaridor (buyurtmachi)ga shartnomada ko‘zda tutilgan usulda berilgan vaqtdan e’tiboran 
bu hujjatlar xaridor (buyurtmachi)ga taqdim etilgan hisoblanadi. Agar shartnoma shartlariga ko‘ra 
xaridor (buyurtmachi) mahsulotni bevosita ishlab chiqaruvchi korxonaning o‘zida qabul qilsa, u 
holda bunday mahsulot xaridor (buyurtmachi) ga topshirilib, shartnomada ko‘zda tutilgan hujjatlar 
rasmiylashtirilib, hisob-kitob hujjatlari xaridor (buyurtmachi)ga yoxud uning vakiliga taqdim 
etilganidan keyin sotilgan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 24 apreldagi sessiyasida tasdiqlangan 
va 1998 yil 1 yanvardan boshlab amalda qo‘llash uchun tavsiya etilgan O‘zbekiston Respublikasi 
Soliq kodeksining 10-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Davlat Soliq 
qo‘mitasining 1998 yil 4 yanvardagi «Korxona va tashkilotlarni soliqqa tortish tartibiga 
o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi xatiga binoan ham yuridik shaxslar daromadlaridan 
olinadigan soliq hisoblash usuliga ko‘ra amalga oshiriladi. Bunga ko‘ra korxona va muassasalar 
jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar yuzasidan ushbu mahsulot, ish va xizmatlar 
qiymatini to‘lash vaqti hamda haqiqatan pul kelib tushishidan qat’iy nazar, jo‘natilgan mahsulot 
ish va xizmatlar qiymatidan davlat byudjetiga soliq hisoblashlari va uni buxgalteriya hisobida 
o‘sha hisobot davrida aks ettirishlari lozim. Demak, yuqorida aytilganlar asosida shunday xulosa 
qilish mumkinki, hozirgi xo‘jalik yuritish sharoitida 1998 yil 1 yanvardan boshlab korxona va 
muassasalarda ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar pulning qachon kelib 
tushishidan qat’iy nazar, ular xaridor korxonalarga jo‘natilgan vaqtdan boshlab realizatsiya 
qilingan deb hisoblanadi. 
«Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromad» nomli 2-son BHMAga muvofiq quyidagi 
shartlar bajarilganda tovarlarni sotishdan tushgan daromadlar tan olinadi (12 – band): 

xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tovarlarga egalik qilishning xatarlari va afzalliklarining 
ancha qismini xaridorga topshirganida; 



xo‘jalik yurituvchi sub’ekt, odatda, mulkka egalik qilish bilan bog‘liq bo‘lgan 
darajadagi rahbarlik davomiyligini ham, sotilgan tovarlarni nazorat qilish samaradorligini ham 
saqlab qolmaganida; 

daromad miqdori ishonchli darajada baholanganida; 

xo‘jalik yurituvchi sub’ekt bitim bilan bog‘liq iqtisodiy naf olish ehtimoli mavjud 
bo‘lganida; 

bitim bilan bog‘liq qilingan yoki kutilayotgan xarajatlar ishonchli darajada 
aniqlanadigan bo‘lganida. 
Asosiy xo‘jalik faoliyatidan tushgan daromad operatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy naf 
xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan olingan taqdirdagina tan olinadi. Daromadga kiritilgan 
miqdorni undirish xususidagi noaniqlik vujudga kelgan taqdirda, qaytarilmagan miqdor yoki olish 
mumkin bo‘lmagan miqdordagi pul dastlab tan olingan daromad miqdorining o‘zgartirilishi 
sifatida emas, balki xarajat sifatida tan olinadi. 
Korxona ishini sotish rejasining bajarilishiga qarab baholash korxona rahbarlarini mahsulot 
sotish va moliyaviy faoliyat masalalariga ko‘proq e’tibor berishga chaqiradi hamda korxonaning 
bir maromda ishlashiga va yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bular 
esa, o‘z navbatida, korxonadagi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini 
beradi. 
Xaridorlar tomonidan to‘langan pul mol yetkazib beruvchi korxonaning hisob-kitob 
schyotiga kelib tushadi. Mol yetkazib beruvchi tashkilotlarning tayyor mahsuloti xaridorlar 
tomonidan shu mahsulotni tayyorlovchi korxonaning o‘zida bevosita qabul qilib olinsa yoki u 
mahsulot tranzit usuli bilan (ta’minot sotish tashkilotlarining ishtirokisiz) jo‘natilsa, mahsulotning 
xaridorga topshirilishi tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi va u moliyaviy natijalarga 
kiritiladi. 
Korxonada sotish uchun mo‘ljallangan mahsulot (ish, xizmat) 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin