Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə220/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

tovar mahsuloti
deb 
nomlanadi. Tovar mahsuloti (ish, xizmat) tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: 
buyurtmachi va xaridorlarga sotilgan tayyor mahsulot (ish, xizmat) va korxonaning 
o‘zida ishlab chiqarilgan yarim fabrikat; 
xalq iste’moli tovarlari, chiqindilardan tayyorlangan ishlab chiqarish-texnika 
maqsadlariga mo‘ljallangan buyumlar, yarim fabrikatlar hamda mahalliy xom-ashyodan xalq 
iste’moli uchun tayyorlangan nooziq - ovqat (turlari) tovarlari; 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari; 
sanoat xususiyatidagi ishlar va xizmatlar; 
o‘z kapital qurilishi ehtiyojlariga sotiladigan mahsulot, ish va xizmatlar; 
o‘z xizmatidagi ishlab chiqarishlar va xo‘jaliklar ehtiyoji uchun berilgan mahsulot, 
sanoat xususiyatidagi bajarilgan ish va xizmatlar; 
sanoat xususiyatiga ega bo‘lmagan ishlar va xizmatlarning amalga oshirilishi, qiymati 
xaridorlar tomonidan to‘langan va komplektlash uchun sotib olingan buyumlar; 
o‘z kuchi bilan chetga bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari. 
Mahsulot (ish, xizmat) sotilishi hisobini tashkil qilishda sotilgan mahsulot, tovarlar, ish va 
xizmatlarning har birining alohida turi bo‘yicha yuritilib, sotilayotgan mahsulot, bajarilgan ish va 
xizmatlarning tarkibiy tuzilishi hamda ularning har birining umumiy sotilish summasidagi hissasi, 
har qaysining rentabellik darajasi va boshqa ma’lumotlar aks ettirilishi lozim. 
Sotilgan mahsulot 9010-«Mahsulot sotishdan olingan daromadlar», 9020-«Tovarlarni 
sotishdan olingan daromadlar», 9030-«Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan 
daromadlar» hisobvaraqlarida hisobga olinadi. 9040-«Sotilgan tovarlarning qaytarilishi» va 9050-
«Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar» hisobvaraqlarida sotilgan tovarlarning 
qaytarilishi hamda xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar aks ettiriladi. 
9010, 9020, 9030-hisobvaraqlarning kreditida 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan 
olinadigan schyotlar» hisobvarag‘i bilan korrespondentlangan holda mahsulot (ish, xizmat) lar 
sotishdan olinadigan sof tushum aks ettiriladi. Bu hisobvaraqlarda xaridorlarga jo‘natilgan 
mahsulot (ish, xizmat)lar bo‘yicha hisoblangan aktsiz solig‘i va O‘O‘S summalari aks ettirilmaydi. 


Tayyor mahsulotning sotilishida sotish bahosining aks ettirilishiga quyidagicha provodka 
beriladi: 
D-t 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» 
K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» 
K-t 9010-«Mahsulot sotishdan olingan daromad». 
4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» hisobvarag‘i aktiv bo‘lib, 
uning saldosi xaridor va buyurtmachilarning korxonadan sotilgan mahsulot (ish, xizmat) lar 
bo‘yicha qarzini ko‘rsatadi, debet oboroti hisobot oyida topshirilgan mahsulot, bajarilgan ish va 
ko‘rsatilgan xizmatlarning sotish qiymatini, kredit oboroti esa hisobot oyida xaridorlar tomonidan 
to‘langan summani ko‘rsatadi. 
Xaridorlarga yuklab jo‘natilgan mahsulotlar harakatining hisobi 16-qaydnomaning 2-
bo‘limida yuritiladi. Yuklab jo‘natilgan va sotilgan mahsulotlarning hisobvaraqlari bo‘yicha 
sintetik hisob 11-jurnal-orderda yuritiladi. Bu jurnal-order 2810, 9410, 9010, 9020, 9030, 9210, 
9220, 4010-hisobvaraqlarning kredit oborotlarini va 9010, 9020, 9030-hisobvaraqlarning analitik 
ma’lumotlarini yozish uchun mo‘ljallangan. 11-jurnal-order 15 va 16-vedomostlarning analitik 
ma’lumotlariga asosan to‘ldiriladi.
Hisobot davri yakunida 9010, 9020, 9030-hisobvaraqlar yopiladi: 
D-t 9010, 9020, 9030-hisobvaraqlar 
K-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija». 
Shu bilan birga sotilgan mahsulotning tannarxi ham hisobot davri yakunida yakuniy 
moliyaviy natijaga o‘tkaziladi: 
D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» 
K-t 9110, 9120, 9130. 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin