Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 MAVZU. TURLI DEBITOR VA KREDITORLAR BILAN HISOB-KITOBLAR HISOBI



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə228/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

15 MAVZU. TURLI DEBITOR VA KREDITORLAR BILAN HISOB-KITOBLAR HISOBI 
15.1. Turli debitorlar bilan hisob-kitoblar hisobi 
Har xil tashkilot va shaxslar bilan o‘zaro hisob-kitob munosabatlarida korxonada 
tugallanmagan hisob-kitoblar bo‘yicha debitorlik va kreditorlik qarzlari yuzaga keladi.
Debitor
– muayyan korxonadan pul qarzi bo‘lgan korxona, tashkilot yoki shaxs. Tovarlar 
yuklab jo‘natilgan, ishlar bajarilgan, xizmatlar ko‘rsatilgan kundan boshlab 90 kun mobaynida, 
yetkazib berilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar hamda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun mablag‘ kelib 
tushmagan vaqtda debitorlik qarzi muddati o‘tkazib yuborilgan hisoblanadi. 


Kreditor
bu shunday korxona, tashkilot yoki shaxski, uning oldida boshqa korxonalarning 
hisob-kitoblar bo‘yicha majburiyatlari bo‘ladi. Turli debitor va kreditor qarzlar quyidagi hollarda 
yuzaga keladi: 

korxonaning o‘zidan yoki uning mehnat jamoasi a’zolaridan ijro varaqalariga asosan pul 
undiriladigan bo‘lsa; 

kommunal xizmati, turar joy haqi, turar joy bo‘lmagan xonalarning ijara haqlari bo‘yicha; 

mehnat jamoasi a’zolarining buyrug‘i bilan bankka va boshqa joylarga pul o‘tkazish bo‘yicha; 

boshqa hollarda. 
Korxonada debitorlik va kreditorlik majburiyatlari yuzaga kelishining asosiy sababi - 
hisob-kitoblarda to‘lovlar muddati yoki sanasining turli hisobot davriga tushib qolishidir. Bunga har 
qanday holatda ham yo‘l qo‘yiladi. Agarda mahsulot ortib jo‘natish orqali sotiladigan bo‘lsa, bunda 
to‘lovlar amalga oshish sanasiga qadar majburiyat, qarz sifatida aks ettiriladi. 
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining undirish muddati 3 oy yoki 90 kun qilib 
belgilangan. Ushbu muddatdan so‘ng debitorlik va kreditorlik majburiyatlari nazoratga olinadi va 
ularning holati bo‘yicha amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlik shartlari (ma’muriy va 
moliyaviy) belgilanadi.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini hisobdan chiqarish muddati sifatida yuridik shaxslar 
o‘rtasida ham, korxona bilan jismoniy shaxslar o‘rtasida ham 3 yil muddat belgilangan. Ushbu 
muddatda to‘lanmagan yoki undirib olinmagan majburiyatlar, qarzlar korxonaning foyda va 
zararlariga olib boriladi. Muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik majburiyatlari davlat tomonidan 
nazoratga olinadi. Muddati o‘tkazib yuborilgan kreditorlik majburiyatlari korxona foydasiga 
qo‘shiladi va umumiy asosda soliqqa tortiladi. Muddati o‘tgan debitorlik majburiyatlarini zararga olib 
borish soliqqa tortiladigan foyda summasini kamaytirmaydi. 
Da’volar bo‘yicha hisoblashishlar 4860-«Da’volar bo‘yicha olinadigan schyot (to‘lovlar)» 
hisobvarag‘ida yuritiladi. Bu hisobvaraq mol yetkazib beruvchilarga, pudratchilarga, transport va 
boshqa tashkilotlarga bildirilgan e’tirozlar, shuningdek, ularga taqdim etilgan va tan olingan 
jarimalar, o‘simlar va beqarorliklar bo‘yicha hisoblashishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 
umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. 
Bundan tashqari, turli debitorlar tarkibida moliyaviy va operativ lizinglar bo‘yicha olinadigan 
to‘lovlar, olinadigan foizlar va dividendlar, royalti (

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin