soliqning qolgan qismi shu hisob-kitobga muvofiq to‘lanadi.
Yagona yer solig‘ining hisoblangan summasi davr xarajatlariga olib boriladi. Byudjet bilan
olib boriladigan hisob-kitoblar 6410-«Byudjetga t¢lovlar b¢yicha qarzdorlik (turlari b¢yicha)»
schyotining «Yagona yer solig‘i» analitik schyotida yuritiladi. Hisoblangan soliqning summasi shu
schyotning kreditidan 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyotining debetiga olib boriladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha to‘langan bo‘naklar
to‘g‘risidagi axborotlar 4410-"Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari" schyotida
umumlashtiriladi. 4410-schyotning debetida bo‘nak sifatida to‘langan soliqlar, shu jumladan olingan
tovar-moddiy zahiralarga doir hisob-kitob hujjatlarida alohida ko‘rsatilgan QQS summasi ham aks
ettiriladi.
Byudjetga soliqlar va to‘lovlar bo‘nak tarzida o‘tkazilganda 4410-"Byudjetga soliqlar va
yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari" schyot debetlanadi va pul mablag‘larini
hisobga oluvchi
schyotlar (5110-5530) kreditlanadi.
№
Xo‘jalik muomalalari mazmuni
Schyotlar korrespondentsiyasi
Debet
Kredit
1
Materiallar,
tovarlar, ish va xizmatlarni olishdagi QQS
summasi
4410
6010,
6120,
6990
2
Soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha byudjetga bo‘naklar
o‘tkazilganda
4410
5110
3
Material qiymatliklar, tovarlar, ish va xizmatlarga doir
QQS hisobga olinganda
6410
4410
4
Soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha yakuniy hisob-kitob
6410
4410
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning byudjetga to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlari 6410-"Byudjetga
to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)" kreditida aks ettiriladi. 6410-schyot byudjetga to‘lovlar
bo‘yicha kreditlanganida xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar (4010), to‘lanadigan
dividendlar hisobga olinadigan (6610) schyotlar, mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar
(6710) va boshqa schyotlar debetlanadi. Yakuniy hisob-kitobda byudjetga soliqlar va yig‘imlar
bo‘yicha oldin o‘tkazilgan bo‘nak to‘lovlari 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari
bo‘yicha)" schyotning debeti va 4410-"Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari"
schyotining kreditida aks ettiriladi. Soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha byudjetga qarzlarning o‘tkazilishi
esa, 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)" schyoti debeti va pul mablag‘lari
hisobga olinadigan schyotlar (5110-5530) krediti bo‘yicha aks ettiriladi.
6410 schyot bo‘yicha analitik hisob soliqlar va yig‘imlarning turlari bo‘yicha yuritiladi.
№
Xo‘jalik muomalalari mazmuni
Schyotlar korrespondentsiyasi
Debet
Kredit
1
Davr xarajatlariga aloqador turli hisoblashishlar,
soliqlar
va yig‘imlar bo‘yicha byudjetga qarzdorlik
9430
6410
2
Tayyor mahsulotlar, tovarlar sotilganida, ish va xizmatlar
ko‘rsatilganida, shuningdek asosiy vositalar va boshqa
aktivlar sotilganida hisoblangan QQS
4010
6410
3
Mablag‘ byudjetdan qaytarilganda yoki kelgusi davr
to‘lovlari hisobiga o‘tkazilgan (yakuniy
qayta hisob-
kitoblarda)
5110, 5210,
5530, 4410
6410
4
Jismoniy shaxslar ish haqidan daromad solig‘i
ushlanganda
6710
6410
5
Hisoblangan
dividendlardan
daromad
solig‘i
hisoblanganda
6610
6410
6
Foydadan byudjetga to‘lovlar hisoblanganda
9810-9820
6410
7
Byudjetga o‘tkazilgan haqiqiy to‘lovlar
6410
5010-5530
8
Moddiy resurslar, tovarlar, ishlar va xizmatlarga taalluqli
QQS hisobga qabul qilinganda
6410
4410
9
Byudjetga qarzdorlik kredit va qarz olish yo‘li bilan
qoplanganda
6410
6810-6840
7810-7840
Byudjet bilan hisob-kitoblar 8-ASK jurnal-orderning 4410 va 6410 schyotlar kredit
oborotlarini debetlanuvchi schyotlar korrespondentsiyasi ko‘rsatilib, hisobga olish uchun tayinlangan
maxsus bo‘limida yuritiladi. Bu bo‘lim oborot vedomosti tamoyili asosida tuzilgan bo‘lib,
debet
oborotlari schyot bo‘yicha bir butun holda, kredit oborotlari esa korrespondentsiyalanuvchi schyotlar
bo‘yicha aks ettiriladi. 8-ASK jurnal-orderdagi 4410 va 6410-schyotlar bo‘yicha oylik kredit
oborotlari va oy oxiriga chiqarilgan qoldiq Bosh daftarga o‘tkaziladi.