4.
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan davr xarajatlarini o‘z vaqtida
aniq hisob-kitob qilish;
5.
Sotilgan mahsulot uchun olingan tushumni aniq hisob-kitob qilish, foyda summasini
to‘g‘ri aniqlash va boshqalar.
Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi korxonaning bir maromda ishlashiga, ombor
xo‘jaligi va mahsulot sotishni to‘g‘ri tashkil qilishga, xo‘jalik operatsiyalarining hujjatlarda o‘z
vaqtida rasmiylashtirilishiga bog‘liqdir.
«Tovar-moddiy zahiralar» nomli 4-son BHMAga muvofiq (5.3-band)
tayyor mahsulot
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda bo‘lgan aktivlar hisoblanadi va ular xo‘jalik yurituvchi
sub’ektning kundalik faoliyatida sotish uchun mo‘ljallangan tayyor mahsulot, tovarlar sifatida
korxonaning tovar-moddiy zahiralari tarkibiga kiradi.
Tayyor mahsulotni hisobga olish shu mahsulotning
ishlab chiqarishdan olinishi, uning
harakati, sotilishi va xaridorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: