Qorako‘lchilikda bulardan tashqari, barra go‘shti bo‘lishi mumkin.
Qo‘ychilikning barcha tarmoqlaridan olingan mahsulotlar tannarxini hisoblashda hisobot
yilida qilingan xarajatlardan qo‘shimcha mahsulotlar qiymati normativ xarajatlar asosida
baholanib chegirib tashlanadi. Qolgan xarajatlar summasi olingan asosiy mahsulot turlariga
mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Tug‘ilgan qo‘zilar tannarxini hisoblashda asosiy podaga qilingan jami xarajatlardan
(qo‘shimcha mahsulot qiymati chegirib tashlangandan qolgani) quyidagi miqdorda ajratib
mahsulot birligiga (qo‘zilar bosh soniga) taqsimlanadi: jun-go‘sht va go‘sht – jun yo‘nalishidagi
qo‘ychilikda – 10%, romanov qo‘ychiligida – 12% va qorako‘lchilikda – 15%.
Umumiy xarajatdan qo‘zilar tannarxiga o‘tkaziladigan summa chiqarib tashlangandan
so‘ng qolgan summa qo‘ychilikdan olingan boshqa asosiy mahsulotlarning (1s ortgan vazn va 1 s
jun) realizatsiya bahosi bo‘yicha qiymatiga mutanosib taqsimlanadi. Tegishli summa esa mahsulot
miqdoriga bo‘linib, uning o‘lchov birligi tannarxi aniqlanadi.
Qo‘ychilikdan olingan ayrim mahsulotlar bir qancha qo‘shimcha xarajatlarni talab etadi.
Bular jun qirqish xarajatlari, junlarni saralash, joylash, markalash va jun qirqish punktlarining
xarajatlaridan iborat. Qorako‘l tyeri olishda esa qo‘zilarni so‘yish, dastlabki ishlov berish,
saralash, markalash xarajatlaridan tashkil topadi. Bunday xarajatlar alohida analitik schotlarda
hisobga olinib, tannarx hisoblashda bevosita jun va tyerilar tannarxiga o‘tkaziladi.
Qo‘zilarning sovlig‘idan ajratish paytidagi 1 sentner ortgan tirik vaznining tannarxi,
ularning tug‘ilgan paytdagi tannarxiga parvarishlash xarajatlari va yil davomida chetdan
keltirilgan qo‘zilar qiymatini qo‘shib qo‘zilarni sovlig‘idan ajratish vaqtidagi joriy yilga tegishli
bo‘lgan vazniga (nobud bo‘lgan qo‘zilar vazni ham qo‘shilgan holda) bo‘lish yo‘li bilan
aniqlanadi.
Echkichilikda ham olingan nasl, tirik vazn va jun tannarxi qo‘ychilikdagi kabi tartibda
(qorako‘lchilikdagidan tashqari) aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: