19 MAVZU. XUSUSIY KAPITAL HISOBI 19.1. Kapital, rezervlar va taќsimlanmagan foydani hisobga olishning vazifalari Bozor iќtisodiyoti sharoitida yangi tashkil etilayotgan korxonalar o‘z moliyaviy va moddiy
resurslarini mustaќil shakllantiradi. Bunday resurslar, odatda, korxona ta’sischilari tomonidan o‘z
xususiy mulklarini ustav kapitaliga ulush sifatida ќo‘shish bilan yaratiladi.
Ustav kapitali - huќuќlar va imtiyozlar olish uchun korxona muassislari tomonidan ta’sis hujjatlariga
muvofiќ ќo‘shilgan (to‘langan) hamda korxonaning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur
bo‘lgan moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va xarajatlar majmuidir.
Ustav kapitalini tashkil ќilish amaldagi ќonunlar va ta’sis hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Ustav kapitaliga hissa shaklida ќo‘shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar kelishuviga
yoki yuridik shaxs ijroiya organining ќaroriga ko‘ra baholanadi va hisobga olinadi.
Barcha mulk shakllaridagi korxonalarda kapital, rezervlar va taќsimlanmagan foyda bo‘yicha
buxgalteriya hisobining vazifalari ќuyidagilardan iborat:
¨
Ustav kapitalini shakllanishi va undan foydalanishni nazorat ќilish;
¨
Korxona muassislari, kapitalning shakllanish bosќichlari va aktsiyalar turlari bo‘yicha axborot
to‘plash;
¨
Ustav kapitalining holati va harakati xususida hisobot tuzish bo‘yicha ma’lumotlar olishni
ta’minlash;
¨
Ќo‘shilgan kapital hamda rezerv kapitalining shakllanishi bilan boYoliќ muomalalarni o‘z
vaќtida hisobda aks ettirish;
¨
Korxona sof foydasining shakllanishi va uning taќsimlanishini o‘z vaќtida hisobga olish
hamda nazorat ќilish.
19.2. Turli mulkchilik shaklidagi korxonalarda ustav kapitalini shakllantirish xususiyatlari Bugungi kunda respublikamizda turli mulkchilik shaklidagi korxonalar o‘z faoliyatlarini amalga
oshirib kelmoќda. Bularga davlat mulki shaklidagi, aktsiyadorlik jamiyati shaklidagi, ma’suliyati
cheklangan jamiyat shaklidagi, ќo‘shma korxona shaklidagi va boshќa korxonalar kiradi.