Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Ta’sischilar bilan hisoblashishlar



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə246/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

Ta’sischilar bilan hisoblashishlar. 
Korxona ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng ro‘yxatdan o‘tkazilgan 
ustav kapitali summasiga korxona oldida muassislarning ќarzi vujudga keladi. Ta’sischilarning ustav 
kapitaliga bo‘lgan ќarzlari bo‘yicha olib boriladigan hisob-kitoblarning hisobi 4610-«Ustav 
kapitaliga badallar bo‘yicha ta’sischilarning ќarzlari» hisobvarag‘ida olib boriladi. 
4610-hisobvaraќ aktiv bo‘lib, debet saldosi ta’sischilarning oy boshiga bo‘lgan saldosini ko‘rsatadi. 
Debet oboroti hisobot oyida vujudga kelgan ta’sischilarning ќarzlarini aks ettirsa, kredit oboroti 
ta’sischilar tomonidan o‘tkazib berilgan pul mablag‘lari, moddiy ќiymatliklar va mulklar ќiymatini 
ko‘rsatadi. 


Ta’sischilar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning analitik hisobini yuritish uchun asos bo‘lib 
ta’sis hujjatlari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni ќabul-ќilish-topshirish dalolatnomalari, kirim 
kassa orderlari va boshќalar hisoblanadi. 
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali summasiga 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha 
ta’sischilarning ќarzlari» hisobvarag‘i debetlanib, 8310-«Oddiy aktsiyalar», 8320-«Imtiyozli 
aktsiyalar» va 8330-«Paylar va ulushlar» hisobvaraќlari kreditlanadi. 
 
 
 
4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha ta’sischilarning ќarzlari» hisobvarag‘i bo‘yicha 
hisobvaraќlar korrespondentsiyasi 

Xo‘jalik muomalalarining mazmuni 
Hisobvaraќlar 
korrespondentsiyasi 
 
 
debet 
kredit 
1. Ustav kapitaliga ulushlari bo‘yicha ta’sischilar ќarzlarining 
tashkil etilishi 
4610 
8310, 
8320, 
8330 
2. Ta’sischilar ќarzlarining asosiy vositalar tarzida to‘lanishi 
0110-0190 
4610 
3. Ta’sischilar ќarzlarining nomoddiy aktivlar tarzida to‘lanishi 0410-0490 
4610 
4. Ta’sischilar ќarzlarining pul mablag‘larini berish yo‘li bilan 
to‘lanishi 
5010, 
5110, 
5210 
4610 
5. Ta’sischilar ќarzlarining boshќa aktivlar tarzida to‘lanishi 
1010-1090, 
2910 
4610 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin