Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə247/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

19.4. Ќo‘shilgan kapital hisobi
Korxonada ќo‘shilgan kapital hisobi ќuyidagi hisobvaraќlarda yuritiladi: 
8410-«Emission daromad» 
8420-«Ustav kapitalini shakllantirish bo‘yicha kursdagi farќ». 
Ushbu hisobvaraќlar passiv bo‘lib, ular oddiy va imtiyozli aktsiyalar bo‘yicha nominal ќiymatdan 
yuќori bahoda olingan summalarni va ularning harakatini umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. 
Korxonada 
ќo‘shilgan kapital
ќuyidagi operatsiyalar natijasida vujudga kelishi mumkin: 
¨ 
emission daromadni yuzaga keltiruvchi nominal ќiymatdan yuќori bahoda aktsiyalar 
birlamchi sotilishida; 
¨ 
kursdagi farќni keltirib chiќaruvchi xorijiy investitsiyali korxonalar ustav kapitalini 
shakllantirish paytida. 
Misol. Nominal ќiymati 600 so‘m bo‘lgan aktsiyalar 850 so‘mga sotildi. 
D-t 5110-«Hisob-kitob schЄti»-850 so‘m 
K-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha muassislar ќarzlari»-600 so‘m 
K-t 8410-«Emission daromad»-250 so‘m. 
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, 8410-«Emission daromad» hisobvarag‘i krediti bo‘yicha faќatgina 
aktsiyalarning birlamchi emissiyasi paytidagi nominal ќiymatidan ortiќcha summa hisobga olinadi. 
Mazkur summa foyda soliYoiga tortish ob’ekti bo‘lib hisoblanmaydi. 
Sotish bahosidan past narxlarda sotib olingan aktsiyalarni sotishda va summalar kamomadida 8410-
«Emission daromad» hisobvarag‘ida zarar aks ettiriladi. 
Misol. 200 so‘mlik nominal ќiymatli, dastlab 240 so‘mdan sotilgan aktsiyalar 260 so‘mdan sotib 
olindi, keyin esa ikkinchi marta 200 so‘mdan sotildi: 
D-t 5110-«Hisob-kitob schЄti»-200 so‘m 
D-t 8410-«Emission daromad»-40 so‘m 
D-t 9690-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshќa xarajatlar»-20 so‘m 
K-t 8610-«Sotib olingan xususiy oddiy aktsiyalar»-260 so‘m. 


Ќo‘shma korxonaning ustav kapitalini shakllantirishda ta’sis hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish 
paytidagi va ustav kapitaliga amalda valyuta va valyuta boyliklariga oid badallarni kiritish paytidagi 
valyuta kurslarining farќlanishi natijasida kursdagi tafovut yuzaga keladi. 
Misol. Ta’sis shartnomasiga muvofiќ ќo‘shma korxonaning ustav kapitalida chet ellik muassisning 
ulushi 200 ming dollardan iborat. Hujjatlarni ro‘yxatda olish paytida 1$ 300 so‘mga teng 
bo‘lganligini hisobga olgan holda, uning ulushi 60000 ming so‘m, deb baholandi. Biroќ pul 
mablag‘lari bilan badallar to‘lash paytida 1$ 310 so‘mga teng bo‘lgan. Bu esa korxona so‘m hisobida 
200 ming dollarni olib, 60000 ming so‘m emas, balki 62000 so‘mga ega bo‘ladi, degan ma’noni 
anglatadi. Bu tafovut 2000 (62000-60000)ming so‘m ќo‘shimcha sarmoyaga kiritiladi: 
D-t 5210-«Mamlakat ichkarisidagi valyuta mablag‘lari»-62000 ming so‘m 
K-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha muassislar ќarzlari»-60000 ming so‘m 
K-t 8420-«Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farќ»-2000 ming so‘m. 
Biroќ keyinchalik xorijiy valyutadagi pulga oid moddalar har bir hisobot davri yakunlanadigan 
sanada ќayta baholanadi, bu ќayta baholash natijasi kelgusi davrlar daromadi yoki xarajatlariga 
o‘tkaziladi.

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin