Hisoblab yozish paytida;
D-t 8710-«Hisobot davridagi taќsimlanmagan foyda (ќoplanmagan zarar)»-110000 so‘m
K-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»-110000 so‘m.
Aktsiyalar bilan to‘lash paytida:
D-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»-110000 so‘m
K-t 8310-«Oddiy aktsiyalar»-100000 so‘m
K-t 8410-«Emission daromad»-10000 so‘m.
Dividendlar aktsiyalar bilan to‘langanidan keyin xususiy kapital ќuyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:
¨
nominal ќiymati 500 so‘mlik 10200 dona oddiy aktsiya - 5100000 so‘m;
¨
emission daromad - 410000 so‘m;
¨
taќsimlanmagan foyda - 289000 so‘m;
Jami xususiy kapital - 8400000 so‘m.
Aktsiyalar bilan dividendlar to‘langanida AJning majburiyatlari yoki aktivlarida o‘zgarish yuz
bermaydi, chunki dividendlar pul mablag‘lari ko‘rinishida to‘lanadigan holatdagi kabi korxona
mablag‘lari taќsimlanmaydi. Ya’ni dividendlar aktsiyalar bilan to‘langanida xususiy kapital hajmi
o‘zgarmaydi, faќat uning tuzilmasi o‘zgaradi. Bundan tashќari, aktsiyalar ko‘rinishida olingan
dividendlar jismoniy shaxslarda soliќќa tortishdan ozod ќilinadi.
Dividendlar, shuningdek, natura ko‘rinishida ham berilishi mumkin.
Misol. 200 ming so‘mlik summadagi dividendlarni tannarxi 160 ming so‘mga teng bo‘lgan tayyor
mahsulot bilan to‘lashga ќaror ќilindi.
Aktsiyadorlarga tayyor mahsulot dividend sifatida berilganida ham ЌЌS hisoblanadi. ЌЌS to‘lovchisi
bo‘lgan korxona esa mahsulot sotilishi bo‘yicha oborotdan ham ЌЌS hisoblashi kerak.
Dividendlar hisoblab yozildi:
D-t 8710-«Hisobot davridagi taќsimlanmagan foyda (ќoplanmagan zarar)»-200 ming so‘m
K-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»-200 ming so‘m.
ЌЌS bilan mahsulot sotilishi aks ettirilgan:
D-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»-200 ming so‘m
K-t 9010-«Tayyor mahsulot sotilishidan olingan daromadlar»-166,6 ming so‘m
K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha ќarzlar»-33,4 ming so‘m.
Tayyor mahsulot tannarxi hisobdan chiќarildi:
D-t 9110-«Sotilgan mahsulotning tannarxi»-160 ming so‘m
K-t 2810-«Ombordagi tayyor mahsulot»-160 ming so‘m.
Mazkur holatda ham 15%lik stavka bo‘yicha dividenddan soliќ hisoblanadi va aktsiyadorlar bu
summani korxona kassasiga to‘laydilar.
Dividendlardan 15%lik stavka bilan undiriladigan soliќ to‘lov manbaida bo‘ladi:
D-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»-30 ming so‘m
K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha ќarzlar»-30 ming so‘m.
Aktsiyadorlarga natura holida dividend berish natijasida moliyaviy natija aniќlandi:
D-t 9010-«Tayyor mahsulot sotilishidan olingan daromadlar»-166,6 ming so‘m
K-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»-166,6 ming so‘m
D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»-160 ming so‘m
K-t 9110-«Sotilgan mahsulotning tannarxi»-160 ming so‘m.
9900-hisobvaraќdagi saldo ushbu tadbirdagi foyda (zarar)ni ko‘rsatdi. Ushbu holatda 9900-
hisobvaraќ bo‘yicha kredit saldosi korxona tomonidan bu tadbirda olingan 6,6 ming so‘m summadagi
foydani aks ettiradi va korxona bu summadan soliќ to‘lashi lozim.
Dostları ilə paylaş: