Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə245/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

ma’suliyati 
cheklangan jamiyat
deb ataladi. Bunday jamiyat ustav kapitalidagi bo‘lingan hissalar miќdori ta’sis 
hujjatlarida belgilab ќo‘yiladi, uning ishtirokchilari majburiyatlar bo‘yicha faќat o‘z mulki doirasida 
javob beradi. 
Ma’suliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali faќat muassislarning hissalari hisobiga tashkil 
topadi va uning ko‘payishi yoki kamayishi hammaning roziligi bilan hissa ќo‘shuvchilarning 
ko‘payishi yoki kamayishi bilan yuz berishi mumkin.
Jamiyat ishtirokchisi o‘z hissasini jamiyat ro‘yxatga olingan sanadan keyin bir yil davomida to‘lashi 
lozim. 
Ќo‘shma korxona
O‘zbekiston hamda xorij korxonalari hissalari asosida tashkil topadi. Ќo‘shma 
korxonaning ustav kapitaliga hissa tariќasida tabiat resurslaridan, intellektual mulkdan foydalanish 
huќuќi, nou-xau, moddiy va pul vositalari, shu jumladan, chet el valyutasi berilishi mumkin. 
 
19.3. Ustav kapitalining shakllanishi va foydalanilishi hisobi
Ustav kapitalini buxgalteriyada hisobga olish uchun ќuyidagi hisobvaraќlar ochilgan: 
8310-«Oddiy aktsiyalar» 
8320-«Imtiyozli aktsiyalar» 
8330-«Pay va ќo‘yilmalar». 
Ushbu hisobvaraќlar passiv hisoblanadi hamda davlat korxonalari ustav fondining, 
aktsionerlik jamiyatlar va shirkatlar ustav kapitalining shakllanishi va uning harakatini hisobga oladi. 
Aktsiyadorlik sarmoyasi ro‘yxatga olingan hajmda, biroќ hali tugallanmagan emissiya 
sifatida hisobda aks ettirilar ekan, e’lon ќilingan (chiќarilishga ruxsat etilgan), joylashtirilgan (ularga 
aktsiyadorlar obunasi amalga oshirilgan) hamda muomaladagi, ustavga muvofiќ ќo‘shimcha 
joylashtirilgan oddiy aktsiyalarning analitik hisobini yuritish lozim. 
Misol. «Bobur» AJ ustavida 100 so‘mlik nominal ќiymatga ega bo‘lgan 20000 dona oddiy aktsiyalar 
chiќarishga ruxsat etilgan.
E’lon ќilingan aktsiyadorlik kapitaliga ќuyidagicha provodka beriladi: 
D-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha muassislar ќarzlari»-2000000 so‘m 
K-t 8310-«Oddiy aktsiyalar»-2000000 so‘m. 
Keyin AJ nominal ќiymati bo‘yicha AJ a’zolariga 10000 dona aktsiya sotadi, deb faraz ќilaylik: 
D-t 5110, 5010-«Pul mablag‘lari»-1000000 so‘m 
K-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha muassislar ќarzlari»-1000000 so‘m. 
Ma’lum vaќt o‘tgach, AJ ќolgan 10000 dona aktsiyani har bir aktsiya uchun 120 so‘m evaziga boshќa 
investorga sotadi. Aktsiyalarning sotish va nominal ќiymatlari orasidagi farќ-20 so‘mni tashkil etadi 
va bu farќ 8410-«Emission daromad» hisobvarag‘ida aks ettiriladi: 
D-t 5110, 5010-«Pul mablag‘lari»-1200000 so‘m 
K-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha muassislar ќarzlari»-1000000 so‘m 
K-t 8410-«Emission daromad»-200000 so‘m. 
Aktsiyalarga to‘lovlar aktivlarni berish yo‘li bilan ham uzilishi mumkin. 
Misol. Ta’sischi aktsiya ќiymati evaziga avval foydalanishda bo‘lgan transport vositasini ustav 
kapitaliga hissa tariќasida kiritdi. Ushbu transport vositasi avval xizmat ќilganligi tufayli uning bozor 
bahosini aniќlash ќiyin bo‘ldi. Ta’sischilar o‘zaro kelishib, aktsiyadorga ushbu transport vositasi 


uchun 1000 ta oddiy aktsiya berishdi, aktsiyalarning nominal ќiymati 200 so‘m, bozor ќiymati 250 
so‘m. 
Mazkur holatda AJ hisobidagi transport vositasining ќiymati - 250000 so‘m (250*1000) bo‘ladi.
AJ mol-mulkidagi aktsiyador ulushi - 200*1000q200000 so‘m, aktsiyalarning bozor va nominal 
ќiymatlari orasidagi 50000 (250000-200000) so‘mlik farќ emission daromadni tashkil ќiladi. Ushbu 
muomalalarga ќuyidagicha provodka beriladi: 
D-t 0160-«Transport vositalari»-250000 so‘m 
K-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha muassislar ќarzlari»-200000 so‘m 
K-t 8410-«Emission daromad»-50000 so‘m. 
Aktsiyalar nominal ќiymatini oshirish yoki ќo‘shimcha aktsiyalarni joylashtirish yo‘li bilan AJ ustav 
kapitalini oshirish, aktsiyalar nominal ќiymatini kamaytirish yoki ularning umumiy sonini 
ќisќartirish, shu jumladan, aktsiyalarning ma’lum ќismini so‘ndirish yo‘li bilan jamiyatning o‘zi sotib 
olishi orќali ustav kapitalini ќisќartirish amalga oshiriladi. 
8610-hisobvaraќda sotib olingan xususiy aktsiyalar ustav kapitali hisobvarag‘iga nisbatan 
kontrpassiv hisoblanadi va u AJning kapitalini kamaytiradi va shu sababli balansda ustav 
sarmoyasidan chegiriladi. AJ ќuyidagi sabablarga ko‘ra o‘z aktsiyalarini ќayta sotib olishi mumkin: 
¨ 
aktsiyalar kursini maќbul darajada ushlab turish uchun; 
¨ 
har bir ќolgan aktsiyaga dividendlarni oshirish uchun; 
¨ 
o‘z xodimlari orasida aktsiyalarni tarќatish yoki ќolgan aktsiyalar nominal ќiymatini oshirish 
uchun; 
¨ 
boshќa firmalar tomonidan nazorat o‘rnatish uchun aktsiyalarning sotib olinishini bartaraf etish 
maќsadida. 
Xususiy aktsiyalar sotib olinganida ќuyidagicha provodka beriladi: 
D-t 8610-«Sotib olingan xususiy oddiy aktsiyalar» 
K-t 5110-«Hisob-kitob schЄti». 
Aktsiyadorlar ќaroriga ko‘ra ustav kapitali hajmini sotib olingan aktsiyalar nominal ќiymati 
summasiga ularni yo‘ќ ќilish yo‘li bilan kamaytirish mumkin: 
D-t 8310-«Oddiy aktsiyalar» 
K-t 8610-«Sotib olingan xususiy oddiy aktsiyalar». 
Davlat korxonalarining ustav fondining hajmi uning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun davlat 
tomonidan belgilangan mol-mulk summasiga mos keladi. Mazkur miќdor ta’sis hujjatlarida ќayd 
ќilingan miќdorga muvofiќ bo‘lishi lozim. 
Davlat korxonasi ustav fondini shakllantirish bo‘yicha provodka ќuyidagicha bo‘ladi: 
D-t 0110-0190-«Asosiy vositalar» 
D-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar» 
D-t 5010, 5110-«Pul mablag‘lari» 
K-t 8330-«Paylar va ulushlar». 
Ma’suliyati cheklangan jamiyat (MChJ) ustav kapitaliga ќo‘yilmalar ustav kapitalidagi 
ishtirokchilarning ulushini tashkil ќiladi. 
Misol. «Bobur» MChJni tashkil ќilish paytida 500000 so‘m miќdorida ustav kapitali ro‘yxatga 
olingan. Karimov A. va Jo‘raev B. MChJning muassislari hisoblanishadi. MChJning ustav kapitalida 
Karimov A.ning ulushi 60%ni, Jo‘raev B.ning ulushi 40%ni tashkil ќiladi. 
Hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan keyin bu muomala hisobda ќuyidagicha aks ettiriladi: 
D-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha Karimovning ќarzi»-300000 so‘m 
K-t 8330-«Paylar va ulushlar» Karimov ќo‘yilmasi-300000 so‘m 
hamda 
D-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha Jo‘raevning ќarzi»-200000 so‘m 
K-t 8330-«Paylar va ulushlar» Jo‘raev ќo‘yilmasi-200000 so‘m. 
Har bir ishtirokchi (muassis) MChJga ta’sis shartnomasiga muvofiќ biron-bir aktivni kiritadi. Ustav 
kapitalini shakllantirish bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari yakka egalikdagi yozuvlarga aynan o‘xshash 
bo‘ladi, muassislar bo‘yicha tahliliy hisobgina zarur. 
Misol. Karimov o‘z ќo‘yilmasini transport vositasi ko‘rinishida (300000 so‘m) kiritdi: 
D-t 0160-«Transport vositalari»-300000 so‘m 
K-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha Karimovning ќarzi»-300000 so‘m. 


Jo‘raev o‘z ќo‘yilmasini xom-ashyo ko‘rinishida (200000 so‘m) kiritdi: 
D-t 0110-«Xom-ashyo va materiallar»-200000 so‘m 
K-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha Jo‘raevning ќarzi»-200000 so‘m. 
Ta’sischilarning ќaroriga muvofiќ ustav kapitali miќdori oshishi mumkin. Ustav kapitalining 
oshirilishi ta’sischilarning ќo‘shimcha ќo‘yilmalari hisobiga yoki taќsimlangan foydadan ajratma 
ќilish hisobiga bo‘lishi mumkin. 
Ba’zi hollarda MChJga yangi muassis kelib ќo‘shlishi mumkin. Bu ќuyidagi yo‘llar orќali yuzaga 
keladi: 
¨ 
ustav kapitali ulushini bitta yoki bir necha sherikdan sotib olish yo‘li bilan; 
¨ 
ќo‘shimcha sarmoya kiritish yo‘li bilan. 
Biroќ har ikkala holatda ham yangi muassisning kelib ќo‘shilishi jamiyatning barcha a’zolari 
tomonidan ma’ќullanishi lozim. 
Birinchi holatda sarmoya sotib olingan ulushi oldingi muassis sarmoyasi hisobvarag‘idan 
yangisinikiga o‘tkaziladi. 
Misol. Karimov o‘zining 100000 so‘mlik miќdordagi ulushini Ergashevga sotdi: 
D-t 8330-«Ustav kapitali Karimov ќo‘yilmasi»-100000 so‘m 
K-t 8330-«Ustav kapitali Ergashev ќo‘yilmasi»-100000 so‘m. 
Ikkinchi holatda yangi muassis mavjud sarmoyaga ќo‘shimcha sifatida ustav kapitaliga o‘z ulushini 
ќo‘shganda muassislar ulushlarining foiz nisbati o‘zgaradi. 
Misol. 500000 so‘m miќdorida ro‘yxatga olingan ustav kapitaliga ega bo‘lgan va muassislari ulushi: 
Karimovniki-60%, Jo‘raevniki 40% bo‘lgan «Bobur» MChJ yangi a’zo Hasanov B.ni jalb etish 
hisobiga o‘z ustav kapitalini 600000 so‘mgacha oshirishga ќaror ќildi. Mazkur holatda ulushlar 
nisbati o‘zgaradi va ќuyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi: 
Karimov-50% (300000/600000); 
Jo‘raev-33,3% (200000/600000); 
Hasanov-16,7% (100000/600000). 
MChJ ustav kapitali miќdorining ko‘payishi taќsimlanmagan foyda hisobidan ham bo‘lishi mumkin. 
Bu holatda ќuyidagicha yozuv ќilinadi: 
D-t 8710-«Hisobot davridagi taќsimlanmagan foyda (ќoplanmagan zarar)» 
K-t 8330-«Paylar va ulushlar». 
MChJda muassis jamiyat tarkibidan chiќishga hamda o‘z ulushini olishga ќaror ќilganda ќuyidagi 
provodkalar beriladi: 
D-t 8330-«Paylar va ulushlar» 
K-t 6620-«Chiќib ketayotgan muassislardan ulushlari bo‘yicha ќarzlar». 
Agar muassis chiќib ketayotgan paytda MChJ ma’lum jamYoarilgan foydaga ega bo‘lsa, u holda 
ta’sis hujjatlariga belgilangan nisbatga muvofiќ muassislarning unga ham haќќi bor. 
D-t 8720-«Jamg‘arilgan foyda» 
K-t 6620-«Chiќib ketayotgan muassislardan ulushlari bo‘yicha ќarzlar». 
Muassis chiќib ketayotganida olgan jamYoarilgan foyda summasidan olgan jismoniy shaxslardan 
undiriladigan daromad soliYoini to‘lashi lozim. 
Muassis ustav sarmoyasidan o‘z ulushini olib chiќib ketayotganida hech ќanday chegirma va 
ajratmalarsiz ham olib chiќib ketishi mumkin. 
Muassis chiќib ketayotganida uning ќarzining so‘ndirilishiga ќuyidagicha provodka beriladi: 
D-t 6620-«Chiќib ketayotgan muassislardan ulushlari bo‘yicha ќarzlar» 
K-t 5010, 5110-«Pul mablag‘lari». 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin