XXIII MAVZU. YURIDIK SHAXSLARDAN OLINADIGAN FOYDA SOLIG`I
23.1. Foyda solig‘ini to‘lovchilar, soliqqa tortish ob’ekti va jami daromad tarkibi.
Yuridik xaxslarning to‘laydigan soliqlari ichida ularning foydasiga soliq byudjet daromadlari
tarkibida katta o‘rinni egallaydi. Bu soliq xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri
moliyaviy axvoli bilan bog‘liq, unga kata ta’sir etadi. Shuning uchun, bu soliqning byudjet
daromadlaridagi salmog‘ini davlat yildan-yilga kamaytirish va soliq stavkasini pasaytirish siyosatini
olib bormoqda. Masalan: soliq stavkasi avvallari 36% bo‘lgan bo‘lsa, 2003 yilda 20%, 2004 yilda
18%, 2005 yilda 16%, 2006 yilda 12%, 2007-2008 yillarda 10% tashkil etgan.
Foyda solig‘i to‘lovchi yuridik shaxslar quyidagilardir:
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari;
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan yoki
hosil bo‘lish manbai O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan daromadlarni oladigan
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari.
Quyidagilar yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i to‘lovchilar bo‘lmaydi:
notijorat tashkilotlar. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotganda notijorat tashkilotlar
o‘zi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olingan foydadan soliq to‘lovchi bo‘ladi;
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining ob’ekti quyidagilardir:
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni
doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining foydasi;
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining va O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga
chegirmalar qilinmagan holda to‘lov manbaida soliq solinadigan daromadlari.
Soliq solinadigan baza jami daromaddan chegirib tashlanadigan xarajatlar o‘rtasidagi farq
sifatida, soliq solinadigan foydaning kamaytirilishi hisobga olingan holda hisoblab chiqarilgan soliq
solinadigan foydadan kelib chiqib belgilanadi.
O‘tgan soliq davrlariga tegishli, joriy soliq davriga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan zararlar mavjud
bo‘lsa, soliq solinadigan bazaga muvofiq taqsimlab o‘tkaziladigan zararlar summasiga kamaytiriladi.
Jami daromadga quyidagilar kiradi:
229
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar;
boshqa daromadlar.
Soliq to‘lovchining qiymati chet el valyutasida ifodalangan daromadlari milliy valyutada
olingan daromadlar bilan jamlangan holda, buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan tartibda hisobga olinadi.
Quyidagilar soliq to‘lovchining daromadi sifatida qaralmaydi:
1) ustav fondiga (ustav kapitaliga) olingan hissalar, shu jumladan aktsiyalarni (ulushlarni)
joylashtirish bahosining ularning nominal qiymatidan (dastlabki miqdoridan) ortiq summasi,
birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha birlashtiriladigan
mablag‘lar;
2) muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqilayotganda (chiqarilayotganda), shuningdek
tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki uning muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasida
taqsimlanayotganda ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa doirasida olingan mablag‘lar (mol-mulk
yoki mulkiy huquqlar);
3) oddiy shirkat shartnomasi sherigining (ishtirokchisining) shartnoma sheriklari
(ishtirokchilari) umumiy mulkidagi ulushi qaytarib berilgan yoki bunday mol-mulk bo‘lingan
taqdirda, hissasi miqdorida olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);
4) realizatsiya qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun boshqa shaxslardan dastlabki
haq (bo‘nak) tarzida olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);
5) qonun hujjatlariga muvofiq majburiyatlarni ta’minlash tariqasida garov yoki zakalat tarzida
olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar) ularga bo‘lgan mulk huquqi boshqa shaxsga
o‘tadigan paytga qadar;
6) byudjetdan berilgan subsidiyalar;
7) agar mablag‘larni (mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni) boshqa shaxsga o‘tkazish, ishlarni
bajarish, xizmatlar ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida yuz berayotgan bo‘lsa, tekin olingan mablag‘lar
(mol-mulk yoki mulkiy huquqlar), ishlar va xizmatlar;
8) olingan grantlar;
9) yuridik shaxsning – aktsiyadorning qo‘shimcha aktsiyalar qiymati yoki ustav fondini
(ustav kapitalini) ko‘paytirish uchun o‘tgan yillardagi taqsimlanmagan foydani yo‘naltirishda
aktsiyalar nominal qiymatining ko‘payishi tarzida olingan daromadlari;
10) notijorat tashkilotlar tomonidan ustav faoliyatining ta’minoti va uni amalga oshirish uchun
olingan, belgilangan maqsadga ko‘ra va (yoki) tekin kelib tushgan mablag‘lar;
11) sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta tovoni (sug‘urta summasi) tariqasida olingan
mablag‘lar;
12) vositachiga yoki boshqa ishonchli vakilga vositachilik, topshiriq shartnomasi yoki
vositachilik xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan boshqa shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish
munosabati bilan, shuningdek vositachi yoki komitent yoxud boshqa ishonchli boshqaruvchi uchun
boshqa ishonchli vakil tomonidan qilingan chiqimlarni qoplash hisobiga kelib tushgan mol-mulk (pul
mukofotlari bundan mustasno);
13) ijaraga beruvchi (lizing beruvchi) ijara (lizing) to‘lovining qismi tariqasida olgan ob’ekt
qiymatining qoplamasi;
14) telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining tekin olingan texnik
vositalari, shuningdek mazkur vositalardan foydalanishga hamda ularga xizmat ko‘rsatishga doir
xizmatlardan olingan daromadlar;
15) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ekti muassislaridan (ishtirokchilaridan) ularning
majburiyatlarini bajarish uchun olingan mablag‘lar. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan
muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili to‘xtatilgan va faoliyat qayta boshlangan
taqdirda, ushbu mablag‘lar jami daromad tarkibiga kiritiladi hamda soliqqa tortiladi;
16) investor va davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi o‘rtasida tuzilgan
shartnomaga binoan investitsiya majburiyatlari sifatida kiritilayotgan mol-mulk.
230
O‘zbekiston Respublikasidagi to‘lov manbaida soliq solinadigan dividendlar va foizlar jami
daromaddan chegirib tashlanadi.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan, shu jumladan yordamchi xizmatlar
tomonidan realizatsiya qilishdan qo‘shilgan qiymat solig‘i va aktsiz solig‘i chegirib tashlangan holda
olingan tushum tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromaddir.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan tushum yuklab jo‘natilgan
tovarlar (bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar) qiymatidan kelib chiqqan holda tovarlarni
jo‘natish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish hollarini tasdiqlovchi hujjatlar asosida belgilanadi.
Vositachilik faoliyatidan daromadlar oladigan yuridik shaxslar uchun tushum deyilganda
ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olinishi lozim bo‘lgan haq summasi tushuniladi.
Uzoq muddatli kontraktlarni bajarishdan olinadigan daromadlar ularning haqiqatda
bosqichma-bosqich bajarilishiga taalluqli qismida hisobot davri mobaynida hisobga olinadi.
Uzoq muddatli kontraktning hisobot davri oxirida haqiqatda bajarilganligi kontraktni
bajarishga kirishilganidan e’tiboran qilingan xarajatlarning kontraktni bajarish uchun ketadigan
xarajatlarning umumiy summasidagi solishtirma salmog‘ini hisob-kitob qilish asosida belgilanadi.
Hisobot davri oxiridagi daromad kontrakt bo‘yicha qilingan xarajatlarning hisoblangan
solishtirma salmog‘i va jami daromad summasining (kontrakt bahosining) hosilasi sifatida
aniqlanadi. Mazkur kontrakt bo‘yicha ilgari hisobga olingan daromadlar joriy hisobot davrida
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadni aniqlashda chegirib
tashlanadi.
Qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy
ishlar (xizmatlar) bo‘yicha, shuningdek ob’ektlarni foydalanishga tayyor qilib qurish chog‘ida
shartnomaviy baholardan kelib chiqib haq to‘lash uchun hisob-kitob hujjatlari taqdim etilgan,
buyurtmachilar tomonidan bajarilgan (ko‘rsatilgan) va tasdiqlangan ishlarning (xizmatlarning)
qo‘shilgan qiymat solig‘i kiritilmagan qiymati daromadga qo‘shiladi.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) tannarxidan yoki tovarlar olingan bahosidan past baholarda
(tovarni olish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olgan holda) realizatsiya qilinganda, shuningdek
tovarlar (ishlar, xizmatlar) bepul topshirilganda soliq solish maqsadlari uchun tovarlarni (ishlarni,
xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tannarxi
yoki tovarlar olingan baho asosida (tovarni olish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olgan holda)
aniqlanadi.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadga quyidagi
hollarda tuzatish kiritiladi:
1) tovarlar to‘liq yoki qisman qaytarilganda;
2) bitim shartlari o‘zgarganda;
3) baholar o‘zgarganda, sotib oluvchi siylovdan (skidkadan) foydalanganda;
4) bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlardan voz kechilganda.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadga ushbu
moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tuzatishni kiritish bir yillik muddat ichida, kafolat
muddati belgilangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha esa, kafolat muddati doirasida amalga
oshiriladi.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadga tuzatish kiritish
hollar yuz berganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Bunda tovarni (ishni,
xizmatni) yetkazib beruvchi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan
daromadga tuzatish kiritishgan tartibda amalga oshiradi.
Boshqa daromadlarga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish
bilan bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan olinadigan daromadlar kiradi, ular quyidagilardan iborat:
1) soliq to‘lovchining asosiy vositalari va boshqa mol-mulki chiqib ketishidan olinadigan
daromadlar;
2) mol-mulkni operativ ijaraga berishdan olinadigan daromadlar;
3) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni moliyaviy ijaraga berishdan olinadigan daromadlar;
231
4) tekin olingan mol-mulk, mulkiy huquqlar, shuningdek ishlar va xizmatlar;
5) inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovar-moddiy zaxiralar hamda boshqa mol-mulk
qiymati tariqasidagi daromadlar;
6) hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi daromadlar;
7) majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olinadigan daromadlar;
8) o‘zganing foydasiga voz kechish shartnomasi bo‘yicha olingan daromadlar;
9) jami daromaddan ilgari chegirib tashlangan xarajatlar yoki zararlarning o‘rnini qoplash
tarzida olingan daromadlar;
10) xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan olinadigan daromadlar;
11) birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishdan olinadigan daromadlar;
12) undirib olingan yoki qarzdor tomonidan tan olingan jarimalar va penya;
13) valyuta hisobvaraqlari bo‘yicha kursdagi ijobiy farq, shuningdek chet el valyutasidagi
operatsiyalar bo‘yicha olingan daromadlar;
14) dividendlar va foizlar;
15) royalti;
16) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bevosita
bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan olinadigan boshqa daromadlar.
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan asosiy vositalar,
nomoddiy aktivlar, qimmatli qog‘ozlarning (ulushning, payning), tovar-moddiy zaxiralar va boshqa
mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan foyda asosiy vositalar va boshqa mol-mulkning chiqib
ketishidan olinadigan daromaddir.
Ijara to‘lovining summasi mol-mulkni operativ ijaraga berishdan olinadigan daromaddir.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni moliyaviy ijaraga berishdan olinadigan daromad
ijaraga beruvchining foizli daromadidir.
Mol-mulk, mulkiy huquqlar tekin asosda olinayotganda oluvchi shaxsning daromadlari bozor
qiymati bo‘yicha belgilanadi.
Mol-mulkning, mulkiy huquqlarning bozor qiymati hujjatlar bilan yoki baholovchi tomonidan
tasdiqlanadi. Hujjatlar bilan tasdiqlash deb quyidagilar e’tirof etiladi:
jo‘natish (etkazib berish) hujjatlari;
etkazib beruvchilarning narxlarga oid ma’lumotlari (prays-varaqlar);
ommaviy axborot vositalaridan olingan ma’lumotlar;
birja ma’lumotlari;
davlat statistikasi organlarining ma’lumotlari.
Majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi:
fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq da’vo muddati o‘tgan hisobdan chiqarilgan
majburiyatlar;
sudning yoki vakolatli davlat organining qaroriga binoan hisobdan chiqarilgan majburiyatlar.
Soliq to‘lovchining byudjet va davlat maqsadli jamg‘armalari oldidagi qarzining qonun
hujjatlariga muvofiq hisobdan chiqarilgan summalari daromad tarkibiga kiritilmaydi.
Talablardan o‘zganing foydasiga voz kechish shartnomasi bo‘yicha olinadigan daromadlar
asosiy qarz talablari bo‘yicha qarzdor tomonidan to‘langan summalar, shu jumladan qarzdor
tomonidan asosiy qarzdan tashqari to‘langan summalar bilan soliq to‘lovchi tomonidan olingan qarz
qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq tarzida aniqlanadigan daromadlardir.
Qoplash tarzida olinadigan daromadlarga ilgari jami daromaddan chegirilgan va joriy soliq
davrida o‘rni qoplangan xarajatlar va (yoki) zararlar kiradi.
Qoplash summasi qaysi soliq davrida olingan bo‘lsa, o‘sha soliq davrining daromadi bo‘ladi.
Soliq solinadigan bazani aniqlashda ilgari chegirib tashlanmagan xarajatlarning va (yoki)
zararlarning o‘rnini qoplash summasi jami daromad tarkibiga kiritilmaydi.
Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar deganda faoliyati soliq to‘lovchining asosiy faoliyatiga
xizmat ko‘rsatishga qaratilgan va mazkur soliq to‘lovchining maqsadi bo‘lgan tovarlar ishlab
chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan xo‘jaliklar tushuniladi.
232
Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarga yordamchi xo‘jaliklar, uy-joy-kommunal xo‘jaligi, ijtimoiy-
madaniy soha ob’ektlari, oshxonalar va bufetlar, o‘quv kombinatlari hamda shunga o‘xshash
xo‘jaliklar, o‘z xodimlariga yoki boshqa shaxslarga xizmatlarni realizatsiya qilishni amalga
oshiruvchi ishlab chiqarishlar va xizmatlar kiradi.
Uy-joy-kommunal xo‘jaligi ob’ektlariga uy-joy fondi, mehmonxonalar (turistik
mehmonxonalar bundan mustasno), boshqa joydan keluvchilar uchun uylar va yotoqxonalar, tashqi
obodonlashtirish ob’ektlari, sun’iy inshootlar, suv havzalari, plyajlar uchun inshoot hamda jihozlar,
shuningdek aholini gaz, issiqlik va elektr bilan ta’minlash ob’ektlari, uy-joy-kommunal xo‘jaligi,
ijtimoiy-madaniy soha, jismoniy tarbiya va sport ob’ektlariga texnik xizmat ko‘rsatish hamda
ta’mirlash uchun mo‘ljallangan uchastkalar, tsexlar, bazalar, ustaxonalar, garajlar, maxsus mashinalar
va mexanizmlar, omborxonalar kiradi.
Ijtimoiy-madaniy soha ob’ektlariga sog‘liqni saqlash, madaniyat ob’ektlari, bolalar
maktabgacha tarbiya ob’ektlari, bolalar dam olish oromgohlari, sanatoriylar (profilaktoriylar), dam
olish bazalari, pansionatlar, jismoniy tarbiya va sport ob’ektlari (shu jumladan treklar, otchoparlar,
otxonalar, tennis kortlari, golf, badminton o‘yinlari uchun maydonchalar, sog‘lomlashtirish
markazlari), aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish sohasining ishlab chiqarishga oid bo‘lmagan
ob’ektlari (hammomlar, saunalar, kir yuvish, tikish hamda maishiy xizmat ko‘rsatuvchi boshqa
ustaxonalar) kiradi.
Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan olinadigan daromadlar xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar
tomonidan xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan (olinadigan) mablag‘lar summasi va xizmat
ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar summasi o‘rtasidagi ijobi farq sifatida
aniqlanadi.
Valyuta hisobvaraqlari bo‘yicha, shuningdek chet el valyutasidagi operatsiyalar bo‘yicha
kursdagi ijobiy farq buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi hollarda
daromadlar tarkibiga kiritiladi:
chet el valyutasiga bo‘lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o‘tayotgan sanada shu chet el
valyutasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursdan yuqori bahoda
sotilganda;
chet el valyutasiga bo‘lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o‘tayotgan sanada shu chet el
valyutasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursdan past bahoda sotib
olinganda;
chet el valyutasi kursidagi o‘zgarish munosabati bilan balansning valyutaga oid moddalari
tegishli hisobot davri uchun qayta baholanganda.
Tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) chet el valyutasida baho belgilaydigan, o‘zaro hisob-
kitoblarni esa milliy valyutada amalga oshiradigan soliq to‘lovchilar uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar)
realizatsiya qilingan sanadan ushbu tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun haq to‘langan sanagacha
bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursdagi o‘zgarish
munosabati bilan yuzaga keluvchi ijobiy farq tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun haq to‘langan
sanadagi daromadlar tarkibiga buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: |